Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
Adabiyotlar
1. Said Ahmad “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobi. “Sano-standard” nashriyoti. Toshkent-2014. 2. Said Ahmad “Ufq” romani. – Toshkent: Sano-standart, 2015. 3. Artukmetov Z. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild. 2000 4. Усманходжаев В., Кузъмин М. Болъшой Ферганский канал имени Усмана Юсупава . – Toshkent: 1972 SAID AHMAD IJODI: O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI Tuyboyeva GULNOZA Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Teshayeva MARJONA Buxoro davlat universiteti talabasi. O ʻzbekistonda yozuvchi Said Ahmadni tanimagan, ularning kitoblarini o ʻqimagan inson topilmasa kerak. Nashriyotlar ustozning kitoblarini qayta-qayta nashr etib turganiga qaramasdan, kitob do ʻkonlari peshtaxtalarida topish oson emas. Shuni o ʻzidan xalqimiz ustozning asarlarini naqadar sevib oʻqishini bilsa bo ʻladi. Oʻtgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida bir qancha adabiyotshunoslar S.Ahmad ijodi bo ʻyicha jiddiy ilmiy ishlar yozib, ijodini chuqur tahlil qilishgan edi. Ayniqsa, professor Umarali Normatovning “Said Ahmad. Adabiy portret”, “Ufqlarning chin oshig ʻi” monografiyalari, taniqli adabiyotshunos Ibrohim G ʻofurovning “Prozaning shoiri” nomli yirik ilmiy asarini alohida qayd etgim keladi. Shular qatorida K.Pirmatovning “Said Ahmad mahorati”, Sh.Ahmedovaning “Yumor jilolari” ilmiy ishlarini, O ʻtkir Hoshimovning “Said Ahmad safarda” va Nosir Fozilovning “Said Ahmad noming baland” nomli 101 xotiralarini adib haqida yozilgan e ʼtiborga sazovor asarlar deb ayta olaman. Shu paytgacha filologiya va jurnalistika fakultetlarining talabalari shu ilmiy ishlar va adabiy xotiralardan foydalanib kelishmoqda. So ʻnggi yillarda S.Ahmad ijodini oʻrganish, uni tadbiq qilish birmuncha sustlashib qolganday. Negaki, yaqin yigirma-o ʻttiz yil ichida matbuotda bu buyuk shaxsning ijodiga bag ʻishlangan bironta yirik ilmiy izlanishni uchratmadim. Menimcha, yozuvchi qoldirgan adabiy merosni chuqur tahlil qiladigan, mahoratini o ʻrganib “Said Ahmad mahorat maktabi”ni tashkil qiladigan davr keldi. Agar “Kelinlar qo ʻzgʻoloni” komediyasini aytmasa, ustozning bironta yirik asari shu kungacha ekranlashtirilmagan. Vaholanki, uning “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” romanlari kitobxonlar eng sevib mutolaa qilib kelayotgan asarlar sirasidandir. Agar ular ekranlashtirilsa, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, “O ʻtkan kunlar”, G ʻafur Gʻulomning “Shum bola”si singari ajoyib milliy badiiy filmlar yaratilishiga shubha yo ʻq. Chunki har bir muvaffaqiyatli badiiy filmning ortida vaqt sinovidan o ʻtgan yaxshi adabiy asar turadi. Kino ustalari yaqin orada ustozning “Ufq” va “Jimjitlik” romanlariga e ʼtibor berib, shu asarlar asosida badiiy filmlar yaratib qolishsa ajab emas. Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan bo'lsa-da, mehnat faoliyatini barvaqt boshlagan. 30-yil boshlaridayoq yosh jurnalist va ijodkor sifatida qishloq xo‘jaligi kollektivlashuvida va aholining savodsizligiga barham berishda faol ishtirok etgan. Katta xalq qurilishlarida muxbir bo‘lib ishlagan.30-yil boshlari, 40-yil oxirlarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining sahifalarida, “Mushtum” va “Sharq yulduzi” jurnallarida o‘zining ocherk va hikoyalarini chop etadi, radioda ham faol ishlaydi 30-yil oxirlaridan Said Ahmad badiiy nasr janrida samarali ijod qiladi, uning birinchi hikoyalar to‘plami “Tortiq” 1940 yil nashr etilgan. “Jimjitlik” romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. 40-yillar uning “Er yurak” (1942), “Farg‘ona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan.50-yillar boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya 102 janri rivojida muayyаn o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi mavzu alohida e’tiborga loyiq – bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z yerlarini o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, “Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari hisoblanadi.Said Ahmad o‘zini nasrning yirik janrlarida ham sinab ko‘rgan. U “Hukm” qissasini yozgan. Shuningdek, o‘zbek nasrida nisbatan sust rivojlangan detektiv janri asosidagi “Sud” qissasini yaratib, unda axloqiy-tarbiyaviy muammolarni ilgari ko‘taradi. Va nihoyat, “Ufq” trilogiyasini yozadi. Ushbu trilogiya yozuvchi ijodida alohida o‘rin tutadi — zamonaviy o‘zbek nasridagi yirik hodisa. Said Ahmad ushbu romanlar ustida 15 yil mehnat qilgan. Ular yozuvchining butun hayot yo’lini qamrab olgan – urushdan oldingi, urush davridagi va urushdan keyingi yillarni. Roman asosida chin tarixiy voqealar yotadi - Katta Farg‘ona kanalining qurilishi va Markaziy Farg‘ona kanalining egallanishi. Ushbu tarixiy hodisalar asosida yozuvchi xalqning ma’naviy dunyosini ochib, qadimdan ularga hos mehnatkashlikni, to‘g‘riso‘zlik, jasorat - xalqaro ittifoqdoshlik va jamoaviylikni ko‘rsatib beradi – bular esa inson qalbiga xos olijanob va himmat manbalari sanaladi. “Ufq” o‘zbek va rus tillarida ko‘pkarra nashr etilgan, qardosh xalqlarga bir necha bor tarjima qilingan. Kitobxonlar orasida shubhasiz, shuhrat qozongan mazkur trilogiya uchun muallif 1978 yil Hamza nomidagi O‘zbek SSRning Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad dramaturgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham samarali ijod qiladi. Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasining shuhrati juda baland bo‘lgan. Ushbu komediya spektakli hanuz O‘zbekiston va qardosh xalqlarning teatr sahnalarida namoyish etiladi.So‘nggi yillar Said Ahmad o‘zi yaqindan tanigan va bilgan yozuvchilar haqida yodnomalar yozgan. Uning G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qodiriy va Saida Zunnunovalar haqidagi xotiralari “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan. Said Ahmad “O‘zbek SSR xalq artisti” unvoniga loyiq topilgan, “Xalqlar do‘stligi” ordeni va SSSR medallari, O‘zbek SSR Oliy Kengash Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Istiqlol yillari keyingi mukofotlar bilan mukofotlangan: 103 “Do‘stlik” ordeni (1995), “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (1990). Ammo uning xizmatlari uchun eng oliy mukofot 1999 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston qahramoni” unvoni bo‘lgan. Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G ʻafur Gʻulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta ʼsirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. “Cho ʻl burguti”, “Oʻrik domla”, “Lochin”, “Odam va boʻri”, “Boʻston”, “To ʻyboshi” kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, oʻzbek nasrida ham yangilik bo ʻlgan. Xulosa o'rnida aytganda, ustozning ijodda o ʻziga xos tili, yoʻli, oʻziga xos uslubi bor edi. Uning yozuvchi bo ʻlib shakllanishida ustozlari Abdulla Qahhor, G ʻafur Gʻulomning taʼsiri kuchli boʻlgan. Xuddi otamning asarlaridan Abdulla Qahhorning nafasi ufurib turganday, O ʻtkir Hoshimovning, Neʼmat Aminovning asarlarida esa S.Ahmadning nafasini his qilganday bo ʻlaman. Albatta, bu mening subyektiv fikrim. Mana shu ikki adibni ustozning chinakam izdoshlari, shogirdlari deb atagim keladi. S.Ahmad ham ularning ijodiga alohida mehr va e ʼtibor bilan qaragan. Bugungi kunda nasr yo ʻnalishida oʻz uslubiga ega yozuvchi va dramaturglar talaygina. Bu adiblarning har biri haqida uzoq gapirish mumkin. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan adabiyot namoyandalariga katta e ʼtibor berilyapti. Ayni paytda yurtimizda adabiyot ahliga qaratilayotgan e ʼtibordan, e ʼzozdan koʻnglim togʻdek koʻtariladi. Qolaversa, S.Ahmad xotirasi uchun qilishim kerak bo ʻlgan ishlar koʻp. Uy-muzey ochilsa, oldinda meni ancha ishlar kutib turibdi. Xudo xohlasa, barcha o ʻylagan ishlarim amalga oshadi, deb umid qilaman. Buyuk shxsning o'chmas ijodi hamon qalbimizda mangu yashaydi! Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling