Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
ko'rgan singlingni endi dallolga ber!" – deydi, unga kuyov bo'lguchi. Akbarali esa
o'z navbatida shunday javob beradi: " - Menga nojo'ya gap aytdingiz, kuyov. Agar boshqa odam shu gapni aytganda ichagini boshiga salla qilib qo'yardim. Singlim boshimni egib ketdi. Ammo men yigitlik belbog'imni boshimga solganim yo'q. Qayting orqaga... To'y tarqamaydi. Otam meni o'g'il bola qilib tug'dirgan" Akbarali bunday andisha va g'urur bilan hatto o'zining voyaga yetmagan 15 yashar qizini kuyov bo'lguchi Normatga nikohlab berishga ham tayyor edi. Undan keyin singlisini olib qochgan Azizxonning ota-onasi Akbaralidan uzr so'rashga 95 chiqqanlarida ham, u oqsab qolgan g'urur otidan tushmaydi: "-Bu ish na nikoh bilan, na pul bilan bitadi. Oraga nomus tushdi. Endi bu dog'ni qon bilan yuvaman. Ketinglar. Meni hech qanaqa singlim yo'q. U o'lgan. Marhum ota-onam nomidan uni oq qildim" Ha. Aynan Akbaralining chinakam o'zbek yigitiga xos g'ururi xuddi yapon samuraylarining or-nomus yo’lida o'zini "Xarakiri" qilishiga o'xshab uni ham, uni el-yurt oldida boshini eggan singlisini ham bu dunyodan bevaqt olib ketadi. Sevgilisi Lutfinisa bilan Farg'onaning Kuyganyoriga kelib qolgan Azizxon va u yerning kuragi yer ko'rmagan Esh polvoni o'rtasidagi ziddiyatlarga e'tibor qaratsak, qadim o'zbekining qon-qoniga singib ketgan insoniy tuyg'ularini, kurashchi polvonlar uchun raqibidan yengilish o'limdan-da og'ir ekanligini yana bir bor ko'rish mumkin. Ya'ni Esh polvonning arzimagan hazil gapi Azizxonning yigitlik nafsoniyatiga shunday tegdiki, u Esh polvonni butun Kuyganyor ahli ichida kuragini yerga tekkizadi. Bir necha kundan keyin esa bu isnodga chidolmagan Esh polvon yashirincha Azizxonning oldiga keladi va shunday deydi: "-Ukajon, gaplarimni malol olmaysan. O'sha kungi voqeadan beri qishloqqa borolmay yuribman... Atayin qoshni qoraytirib, el ko'zidan yashirinib bemahalda oldingga keldim. Sen hali yoshsan, bilmaysan. Yigit kishining boshi egilguncha ho'kizning bo'yni sinsin, deydilar. Mening boshimni sen egib qo'yib qo'yding. Esh akangning, yelkasi yaqin orada yer iskamagan edi. Meni o'ldirding, bola" Yozuvchi esa bu o'rinda Esh polvonning holatini shunday tasvirlaydi: "Esh polvonning ko'zlaridan duvva yosh oqib ketdi. Oriyatidan boshini teskari o'girib belbog'ini yechdi. Ko'z yoshlarini arta boshladi. -O'ldirding meni, bola, o'ldirding.." O'z navbatida bunday kutilmagan vaziyatdan g'alati ahvolga tushgan Azizxon ham Esh polvonni yupatishni juda istardi, unga rahmi kelardi. Esh polvonning niyati esa ular xalq oldida yana kurashga tushishi va Azizxon yengilib berishi, hech bo'lmaganda durang qilishga uni ko'ndirish edi. Azizxon esa rozilik berganday bo'ladi, biroq davraga tushgach, yigitlik, polvonlik jo'sh urib turgan qoni yengilishga monelik qiladi. Azizxon va Esh polvon o'rtasidagi ziddiyatlar shu tarzda davom etadi. Katta Farg’ona kanali qazilishida ham ular o’rtasidagi 96 ziddiyatlar ularni yuksak martabalarga olib chiqishga xizmat qiladi. Bu orada sevgani Lutfinisadan ayrilgan, hayotining alamli damlarini boshidan o'tkazayotgan Azizxon qishlog'iga qaytishdan oldin Esh polvnonning huzuriga boradi. Ular o'rtasigi suhbat shu darajada ta'sirliki, bunday xarakterdagi insonlar faqat va faqat o'zbekning bag'rikeng polvonlariga xosdir: "-Esh aka! Tentak ukangizni kechira olasizmi?.. Davra to'rlarida yurgan, birovga so'zini bermagan sizdek odamni yurt oldida uyatga qo'ydim. -Esi yo'q bola ekansan. Nahotki, Esh akangning kimligini shu paytgacha Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling