Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “fonus”
- “sirli fonus”
- Yursa, yer titrardi. Yo’talsa, daraxtdagi qushlar pir etib
daftari”ni oching.
118 Sotti. Mana, tayyorman,oyijon. Sleduyushiy [Said Ahmad, 1976: 14-bet]. “Kirim daftari”, “Chiqim daftari” kabi detallar asar qahramonlarining xarakterini yoritish bilan birga o’ziga xos samimiy kulgi uyg’otmay qolmaydi. Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida Farmonbibining rahmatli turmush o’rtog’i Azimsher xarakterini yoritib berishda ham bir ajoyib detaldan foydalanilgan. Bu detal “fonus” bo’lib, uning nomini Azimsher “Sirli fonus” deb atab, uni doim o’zi bilan birga olib yuradi. Bu “Sirli fonusga” o’zidan boshqa hech kim qo’l tekkizmasligi lozim. Azimsher vafotidan keyin ham Farmonbibi bu fonusni ko’z qorachig’iday asraydi. Kunlarning birida Farmonbibining tushiga kirgan Azimsher bu fonusni katta o’g’illari O’rinboyga berib qo’yishni aytadi.Tasodifni qarangki, Farmonbibi bu “sirli fonus”ning xislati haqida o’zi ko’rgan tushini Usta Boqiga aytib bergach bilib oladi va rosa xunobi chiqadi: Usta Boqi. Otamning fonuslari “sirli fonus” edi. Menga aytingchi, otam o’sha fonuslarini biron marta yoqqanlarini ko’rganmisiz? Farmon. Yo’g’-e. Qirq yil birga umr ko’rib, biron marta fonus yoqqanini ko’rmaganman. Ammo bir minut yonidan qo’ymasdi. Kunduzlari ham fonus o’lgurni ko’tarib yurardi. Kechasi boshiga qo’yib yotardi. Bir marta fonusiga kerosin quyganimda, mendan so’ramay nega yog’ quyasan, deb rosa qiyomat qilgandi. Jahli chiqib fonus piligini sug’irib tashlab, ichini chayqab, boshqatdan yog’ quydirgani ko’chaga chiqib ketgandi. Usta Boqi. Ha, balli, otam rahmatli fonusning ichiga kerosin quymasdilar. Aroq quyardilar, holiroq burchaklarda to’xtab fonus piligini “miq-miq” qilib so’rardilar. Kechalari bosh ko’tarib, bir-ikki pilik so’rib qo’yardilar. Farmon. Voy, qurib ketsin. Nega og’zingizdan qo’lansa hid keladi, desam jigarim kasal derdi. Gap buyoqda ekan-da. Usta Boqi. O’lganning orqasidan yomonlab bo’lmaydi. Tushga kirganning gapidan chiqib bo’lmaydi. Otam nima degan bo’lsalar shuni qiling. Kelinlarni ozod qiling. “Sirli fonus”ni O’rinboyga bering. Shunda tushingizga kirmay qo’yadilar [Said Ahmad, 1976: 23-bet]. 119 Farmonbibining turmush o’rtog’i Azimsher ham a’noyi kishi bo’lmaganligi shu “sirli fonus”orqali ochiladi. Komik xarakterdagi asar qahramonlarining ma’naviy olamini yoritishda Said Ahmadning san’atkorlik mahorati, yumorga ustaligi bu o’rinda yana bir bor ko’zga tashlanadi. O’zbek komediyalarida personajlarning tashqi ko’rinishi yoki xarakter xususiyatlari tasvirlanar ekan, ba’zan mubolag’a yordamida ham kulgi hosil qilinadi. Tilshunoslikda bu hodisani grotesk deb ataladi. Grotesk satirada haqiyqiy holni fantaziya bilan qo’shib, vahimali hamda kulgili tarzda bo’rtirib tasvirlashdir [Quronov D., 2018: 16-bet]. Masalan, Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida Azimsher haqida yozuvchi quyidagi mubolag’alardan foydalanib, betakror lavha yaratadi: Farmon. Otang rahmatlik erkaklikni o’rniga qo’yardi. Rahmatlikni hamma Azimsher deb atardi. Yursa, yer titrardi. Yo’talsa, daraxtdagi qushlar pir etib Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling