Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
“ivirsib”, “qalang’i-qasang’i”, “o’lgur”
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “xo’rozqandni ham chet elniki bo’lsa yalayman”
- Shpion bu o’lgur
- Sleduyushiy
- “Kirim daftari”
“ivirsib”, “qalang’i-qasang’i”, “o’lgur” kabi qo’pol jumlalar yengil kulgi hosil
qilishda muhim o’rin tutadi. Shu o’rinda Said Ahmad mahoratiga xos bir xususiyatni ta’kidlash kerak bo’ladiki, adib asarlarida kulgi hosil qiluvchi so’z va iboralarning ikki-uch xilidan bir yo’la bir matnning o’zida foydalana oladi. Masalan, yuqoridagi matnda kulgi hosil qilish uchun “xo’rozqandni ham chet elniki bo’lsa yalayman” iborasi orqali asarga betakror, o’ziga xos joziba baxsh etilgan va matndagi kulgining haqiqiy ta’sir kuchi ortgan. Ushbu komediyada boshqa tildagi so’zni to’g’ridan-to’g’ri keltirish bilan ham kulgi hosil qilishga erihsilgan. Kulgi hosil qilish va nutq ta’sirchanligini oshirish maqsadida yozuvchi ovsinlarning o’zaro suhbatida chetdan kirgan so’zlarni o’zbekcha so’zlarga aralashtirib qo’llaydi: Sotti. Hozir issiq suv chapishtirib beraman, oyijon. Bo’ston.(chiqib ketarkan) Patxalim o’lgur. Shu desangiz… Bashorat. Suykalmay joning chiqsin.( Hali ham yelkasida dasturxon bilan turgan Nigoraga) Mana shu Sottixon ovsiningizga ehtiyot bo’ling. Aslo sir ayta ko’rmang, darrov sotadi. Ishonmagin do’stingga somon tiqar po’stingga. Muhayyo. Shpion bu o’lgur, shpion! Mehri. Bu shpion o’lgur hammamizni nervniy qilib qo’ygan [Said Ahmad, 1976: 2-bet]. 116 Ushbu matnda “patxalim”, “shpion”, “nervniy” kabi ruscha so’zlarni o’zbekcha so’zlarga aralashtirib, qahramonlar nutqida o’ziga xos, samimiy kulgi hosil qilingan. Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida Farmonbibining o’gillari nutqida ham ruscha so’zlarni qo’llash orqali o’ziga xos beozor kulgi yaratilgan: Farmon bibi chiqadi. Xamyonini ochib. Komil.Oyim taslim bo’lyapti. Asqar. Bu bir taktika. Oyim arslonga o’xshab ish tutadilar. Biq qadam orqaga chekinib turib, sakrab hamla qiladilar [Said Ahmad, 1976: 7-bet]. Matndagi taktika so’zi “Farmonbibining o’z usuli bor” degan ma’noda kulgi hosil qilmoqda. Farmonbibi ana shunday taktikalardan bir nechasini qo’llab, yetti o’g’ilni yolg’iz o’zi o’qitib, tarbiyalab, uylantiradi. Farmonbibi o’g’il va kelinlarining yurish-turishi-yu, qo’lidagi olib kelgan narsasigacha tekshirib turadi. Bu holatni yozuvchi “obisk qilmoq” qo’shma fe’lini ishlatish orqali tasvirlaydi. Natijada Farmonbibining o’ta sinchkov ayol ekanligi yana bir bor samimiy kulgi ostiga olinadi: Asqar. Komil to’g’ri aytadi. O’sha o’lgurni ichmasalaring biror narsa bo’lib qolasizlarmi? To’xta. Nima keragi bor? Oyim bilib qolsalar xafa qiladilar. Hakim. To’g’ri sira iloji yo’q. Oyim eshikdan “obisk qilib” kiritadilar [Said Ahmad, 1976: 9-bet]. Bu kabi so’zlashuv nutqiga xoslangan iboralarning shakllanishi ham kitobxon qalbiga yengil kulgi hadya etadi. Asarda Farmonbibi va Sotti nutqida ham ruscha so’zlarni o’zbekcha so’zlarga aralashtirib qo’llash hamda shu asosda qo’shma fe’llarning bir qismi chettan kirgan so’zlar orqali hosil bo’lishi mumkinligi kuzatiladi: Farmon. Nima, borib bo’lmaydimi? Or qiladimi? Kimsan palkovnik. Uchragan militsiya zoti bo’lsa, hammasi yog’ochdek tik qotib, chest beradi. O’zingga nima kerak? 117 Lutfi. Hech narsa kerakmas. Sotti. Sleduyushiy [Said Ahmad, 1976: 12-bet]. Asarda ishlatilgan “chest bermoq” qo’shma fe’lining tarkibi bir qismi ruscha, bir qismi o’zbekcha ekanligi va oddiy xalq tiliga yaqinligi uchun ham kulgi uyg’otishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ham odamlar orasida o’z nutqida boshqa tildagi so’z va iboralarni aralashtirib gapirish «moda» tusiga kirgan, ayniqsa, rus tilidan so’z va ibora qo’shib, bilsa-bilmasa gapirish ham kulgi (satiraga yaqin) uyg’otadiki, bu salbiy odat, afsuski, u yoki bu tarzda davom etib kelmoqda. Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida meditsina kasbiga oid atamalardan foydalanib ham kulgi hosil qilinganligini kuzatish mumkin. Masalan, Mehri har bir gap orasida meditsinaga oid qarashlar yoki inson organizmi uchun kerakli vitaminlar haqida gap ochadi. Bu bilan yozuvchi uning o’ziga xos komik xarakterini namoyon etadi. Asarda Farmonbibining o’g’li Mahkam nutqi orqali ham meditsina kasbiga oid atamadan foydalanib, betakror kulgi yaratadi: Ma’mur. Obbo siz-ey. Doim shunaqa suv qo’shilmagan gaplarni topasiz. Mahkam. Ha, endi, akasi… Ko’pni ko’rganmiz-da. Zarur bo’lgan paytda xotiniga chap berib, aroqdan klizma qilganlarni ham ko’rganmiz [Said Ahmad, 1976: 10-bet]. Matndagi “aroqdan klizma” qilish jumlasi shu o’rinda kulgi yaratibgina qolmay, aroqning xumori tutgan ichuvchi odamlar har qanday yo’l bilan bo’lsa ham uni ichishi mumkinligi, bu og’uni ichish yaxshi emasligi yumor orqali tasvirlangan. Nutqda shunday so’zlar borki, ular o’z nomi bilan atalsa hech qanday yslubiy ma’no aks ettirmaydi. Agar ularni biror qo’shimcha nom bilan atalsa, shu nom tufayli bu so’z kulgi hosil qiladi. Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni’ komediyasida ham xuddi shu holatni uchratish mumkin, masalan, asarda oddiy daftardan ikkitasi yuritiladi. Bu daftarlarga Sotti tomonidan oila xarajatlari, ya’ni kirim-chiqim yozib boriladi: Farmon. O’rgilay, Sottiniso, “Kirim daftari”ni yoping. Endi “Chiqim Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling