Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
104 OTA VA FARZAND OBRAZI TAHLILI Hakimjonova SADOQAT ToshDO‘TAU talabasi O‘zbek otasi obrazini juda ko‘plab asarlarda uchratish mumkin. Said Ahmad – ulkan yozuvchi. Uning asarlari badiiyligi, xalq hayotini yorqin ranglarda ifoda etishi, voqealarning ziddiyatli tus olishi, asar qahramonlarining ruhiy holatining ochib berilishi bilan kitobxonni o‘ziga rom etadi. Shu o‘rinda, dastlab, yozuvchining adabiy tilga munosabati haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli, sababi ijodkor har bir asarini yaratishda, qahramonlarining ichki dunyosini ochib berishida, voqea-hodisalarni baholashda bundan ustalik bilan foydalanganligi hech bir kitobxonga sir emas. Adabiy tilning badiiy mukammallikka milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida so‘z san’atkorlarining mashaqqatli xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Abdulla Avloniy: ”Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘an oynai hayoti til va adabiyotdir”, - degan edi. Said Ahmad asarlari bugungi kun ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, qalbimizda milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi desam, yanglishmayman. Adibning ona tiliga kuyunchaklik bilan bo‘lgan munosabati, uning boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usini uning yozgan maqolalari, hikoya va qissalari, romanlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Xalq shevalarining bor go‘zalligini ko’rsata olishi, xalq ruhiyatining yaxshigina bilimdoni ekanligini ham ko‘rishimiz mumkin. “Uning hikoyalarida yaratgan qahramonlari ma’naviy dunyosi keng va ko‘p qirraliligi bilan, hayotiyligi, oddiyligi va yuksak insoniy sifatlari bilan kitobxonda chuqur taassurot qoldiradi”. Darhaqiqiat, adib har bir asariga yondashar ekan, unga butun mehri va diqqatini jalb etadi. Asarlaridagi voqealar esa tabiiyligi bilan kishini lol qoldiradi. 105 Iste’dodli adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov haqqoniy ta’kidlaganidek: “Said Ahmad prozasi odamni ham kuldiradi, ham yig‘latadi, shu bilan birga, yuraklarga ezgulik nash’asini olib kiradi, ya’ni ham sevishga, ham nafratlanishga o‘rgatadi, shu bilan birga, shu proza boshdan -oyoq insonga shafqat va muruvvat bilan sug‘orilgan bo‘lib, u o‘z ibrati bilan odamni ham olijanob, ham insonga mehrli bo‘lishga chaqiradi”. Ijodkor o‘z asarlari orqali kitobxon diqqatini tortadigan shunday obrazlar yaratganki, ular o‘quvchini nafaqat fikrlash va mushohada qilish bilan birgalikda, xulosa olishga ham undaydi. “Qora ko‘z majnun”, “Azroil o‘tgan yo‘llarda”, “Sarob” hikoyalari, “Ufq” trilogiyasidagi ota va farzand o‘rtasidagi munosabatlar, tarbiya masalasi, o‘zbek otalarining ulkan qalbini ko‘rsatib berganligi bilan ajralib turadi. “Azroil yurgan yo‘llarda” hikoyasi o‘z o‘g‘lining dunyoga kelgan soatlariga la’natlar o‘qib, undan ma‘nan voz kechgan ota haqida. Jalol polvon kuragi yerga tegmagan, oriyatli kishi. Biroq zamon hamisha insonga kulib boqavermaydi, bir kam dunyo uning o‘qitib voyaga yetkazgan, avaylagan farzandi tomonidan qaddini bukadi. Oxringi kurashda yigirma yoshli yigitning ko‘zlaridagi yoshni ko‘rib, o‘zining davomchi bo‘lishini anglagan, hozirda yutqazib bermasa bolaning ko‘ngli sinishini o‘ylagan polvon o‘z farzandining qing‘ir ishlari sabab sinishi va taqdir uni o‘g‘lining vafotidan so‘ng, farzandi bosib o‘tgan yo‘llarni ko‘rsatishga majbur qilishini kutmagan edi. Bu yo‘llarni qoplagan tikanaklar Jalol polvon qo‘ynida chayon saqlab yashaganini namoyon etadi. Buni kelini Gulandomga aytgan quyidagi fikrlari yaqqol ko‘rsatib bergan: “Polvon buyumlarni joy-joyiga qo’yib, chamadon qopqog’ini yopti. - Mana, bolam, - dedi Polvon Gulandomga. - Qo’ynimizda chayon bor ekan. Topgan narsasini iniga tashiydigan kalamush bor ekan” . Ota uchun bu so‘zlarni aytish oson emas, biroq polvon ota qachon farzandi bu holatga keldi, undagi ajdaho nafs odamlarning boshiga nimalarni solmadi, qancha insonning umriga, yoshligiga va tinchligiga raxna soldi. Oxir-oqibat ota pushtikamarining hayotini ko‘zgu qilgan hodisalar bilan yuzlashdi. 106 Said Ahmad Qo‘chqorning tabiatini hikoya boshida ikki og‘iz misra bilan ochib bera olgan. Qo’chqor nima qilishini bilmay dadasiga qarab turgach: – Yigitchilik – itchilik ekan-da, dada, – dedi. – Bu ahmoq, erimni turmadan chiqarmasang, o’zimni suvga tashlayman, deb... – Durust, durust... Bir odamgarchilik qipsan-da, barakalla! “Asarda xalqimiz boshiga kulfatlar keltirgan sho’ro “desantchilari”ning ityalog’i bo’lib xizmat qilgan tergovchi Qo’chqor Jalolovning hamyurtlarimiz boshiga solgan qora kunlari, ruhiy, jismoniy azoblari, ochko‘zlik bilan tortib olib, qo’yniga urgan harom boyliklari, buzuqlik va qotilliklari hikoya qilinadi. Qo’chqorni haromxo’rlik, maishiy buzuqlik halok qiladi. Hikoyada ota Jalol Polvon bilan bola Qo‘chqor o‘rtasidagi ochiq va keskin to’qnashuvlar, kelishmovchiliklar jarayoni emas, o’g’lining qilmishlari oqibatida ota ruhiyatida kechayotgan shiddatli tug’yonlar silsilasi o’z ifodasini topgan.” Hikoyada bitta emas, bir necha otalar obrazini ham uchratamiz. Nuram sartaroshning o‘g‘li Sobit Namangannning Olmos qishlog‘idan o‘g‘irlab kelgan qiz Odina tufayli ancha tarbiyasida ijobiy o‘zgarishlar sezadi. Sobit ham yolg‘iz farzand. Biroq, erkalik o‘z ishini qildi. “Davrada shivir-shivir gap aylanib qoldi: «Yong’oqzorda Sobit zo’r Qo’chqor bilan Odinani otib ketibdi...» Ikki marta o’q otilgandayoq Jalol polvonning yuragi mudxish voqea yuz berganini sezgandi”. “Tarbiya ona qornidan boshlanadi”, – deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, “Ufq” romanidagi Ikromjon Tursunov ham yillar davomida Allohdan tilab olgan farzandini yer-u ko‘kka ishonmaydi. Og‘ir mehnatga o‘rgatmaydi va natijada farzand otaning noroziligiga uchraydi. O‘zbek xalqi azal-azaldan bolajon xalq va yolg‘iz farzandning o‘rni alohida bo‘lishini e’tirof etish o‘ylaymanki o‘rinli. Ikki asarda ham adib aynan yolg‘iz farzand obrazini olishi bekorga emas. Adib ushbu asarlari orqali tarbiya masalasiga alohida e’tibor berganini bilishimiz mumkin. Ota-farzand o‘rtasidagi ushbu holatlar ko‘plab uchrashi, avvalo, zamon va ana shu davrga ham taalluqli deb yondashsak, ko‘plab yechimlarni topgan bo‘lamiz. Said Ahmad psixologik tasvir ustasi sifatida ham gavdalanadi. “Ufq” romanidagi birgina Ikromjonning sa’y-harakatlarini, ezgu niyatlarini, ichki kechinmalarini, 107 ruhiy holatlarini to‘liq asoslab berishga va tabiiy qilib ko'rsatishga muvaffaq bo‘lganligi fikrimning dalilidir. Ikromjonning qochoq o‘g‘li Tursunboy bilan tasodifan uchrashib qolgan paytdagi ruhiy holati, uning qalbida bir paytning o‘zida ham mehr-muhabbat, ham qahr-g‘azabning alanga olishi, otalik mehri bilan Tursunboyni bag‘riga bosishi-yu, bu mehr o‘rnini tezda haqli ravishda qahr-g‘azab egallab o‘g‘lini la’natlashi, uni xoin sifatida o‘ldirmoqchi bo‘lgani buni yaqqol ko‘rsatib beradi. Asarda o‘zbeklarga xos bo‘lgan bolajonlik, oriyatlilik Tursunboyning ota- onasi orqali ochib berilgan, biroq yozuvchi bunga zid tarzda tarbiyaning mahsulini ham kitobxonga yetkaza oldi. Abdulla Qahhor: «Ufq» qochoq haqidagi roman emas, aksincha, qochoqni bag‘riga sig‘dira olmagan xalq haqidagi asardir»,- deb bu romanga yuqori baho bergan edi. Yozuvchi ushbu kamchiliklarni bayon qilish barobarida, farzandni iymonli va vijdonli qilib tarbiyalash orqali yaxshi nom va zurriyod qoldirishga undaydi. Zero, o‘quvchi ko‘z o‘ngida bunday farzanddan na otaga, na jamiyatga foyda bor. Ular o‘z umrlariga qo‘shib, otasining yillarini ham o‘g‘irlaydigan nobakorlardir demoqchidek go‘yo. Yana bir «Sarob» hikoyasida rossiyalik pioner Pavlik Morozovning o‘z otasini fosh etib, ko‘rsatgan «jasorat»ini takrorlagan Kimsan nomli oqpadarning o‘z buzrukvoriga qarshi qilgan yovuzligi va buning ayanchli oqibati mohirona aks etgan. Shu fojiali voqea misolida sho‘rolar davridagi ijtimoiy adolatsizliklar, nopokliklar, kommunistlarning o‘z qora niyatlarini amalga oshirishda bolalarni otalariga qarshi qayrab ish yuritishdan ham qaytmaganliklari ochib tashlangan. Ushbu hikoya orqali ham ota va bola o‘rtasidagi tuzatib bo‘lmas ishlarni amalga oshirgan, otasiga qarshi bosh ko‘tarib, familiyasini ham o‘zgartirgan, sobiq tuzum davri uchun jonini tikkan, biroq qonini so‘rib, tuflab yuborilgan, abgor holatda vafot etgan oqpadar farzand haqida hikoya qilingan. Adib bunda ishontirish san’atidan ustalik bilan foydalanib, lagerda ko‘rishib qolgan ota-farzand epizodi orqali o‘quvchini larzaga soladi. Ularni xushyorlikka, padarini rozi qilishga, yaxshi va yomonni ajratishga chaqiradi. 108 “Qorako‘z majnun” hikoyasida esa o‘z dinidan chiqqan, armiyaga ketib, yo‘qolib ketgan zurriyod haqida hikoya qilinar ekan, bunda asosiy urg‘u onaning iztiroblariga qaratilgan. Sadoqat timsoli it obrazi orqali bayon qilingan. Bo‘rixon u yonboshidan bu yonboshiga ag‘darildi. Shunda... shunda uning ustidagi oq choyshab sirg‘alib yelkalari, ko‘ksi ochilib qoldi. Kampir badanidan chayon o‘rmalagandek seskandi. O‘zini orqaga tashladi. Bo‘rixonning bo‘ynidagi zanjir uchida but yaltiradi. Kampirning ko‘zlari tindi. Bir dam uni shuur tark qildi. Telbadek sapchib o‘rnidan turdiy-u ayvon tomonga chekindi... 1970- yilning kech kuzida bir musulmon bolasi dindan chiqdi... Oh, otaginasi tirik bo‘lganda shu supa ustida bolta bilan chopib tashlardi-ya! Kampir ayvon tomon tisarilib borar ekan, ana shunday o'ylardi. U ayvonga yetolmay hushidan ketib yiqildi. Qorako‘z uning atrofida yurib aylanardi. Ushbu hikoyada ham milliy, islomiy ruhiyatdan chekinish holatlarining ildizi mustabid tuzum siyosati, mafkurasi va axloqiy aqidalariga borib tutashganligiga guvoh bo’lamiz. Sho’ro armiyasida xizmatni o’tagach, rus qiziga oshiq bo‘lganligi tufayli ona yurti, ota-onasi, tili, xatto dini, imon-e’tiqodidan voz kechgan o’zbek yigiti Bo’rixonning achinarli taqdiri hikoya qilinib beriladi. Yuqoridagi asarlar orqali yozuvchi ota va farzand o‘rtasidagi tafovut va ziddiyatlar bilan birga, davr muhitining ta’siri, la’nati urushning oqibatlari, inson ruhiyatining anglab bo‘lmas holatlari bilan o‘quvchini tanishtiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling