Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
93 SAID AHMADNING “UFQ” ROMANIDA MILLIYLIK Alloqov FARRUX Buxoro viloyat Qorako‘l tuman 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi. Yaxshiqulova MOXINUR TTYMI talabasi. XX asr o‘zbek nasrining yetuk namoyondalaridan bo‘lmish Said Ahmad adabiyotshunos olimlarimiz ta’biri bilan aytganda, Oybekning psixologik tasvir mahorati, ustozi G ʻafur Gʻulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamlashtirgan yuksak iqtidor sohibidir. Adibning o‘z ustozlari G'afur G'ulom va Abdulla Qahhorga chuqur ehtiromi, ijodlariga nisbatan esa cheksiz hurmatini "Yo'qotganlarim va topganlarim" nomli xotiralardan iborat kitobini varaqlab anglash mumkin. Bu romanni mutolaa qilar ekanmiz, qahramonlar xarakteriga singdirilgan milliylik, qadim an'analarga sodiqlik prinsiplari bevosita o’quvchining diqqatini o’ziga jalb etadi. "Ufq" romonida 2-jahon urushi davridagi xalqimizning front ortidagi mehnatini, mashaqqatli va ziddiyatlarga to'la hayotini Ikromjon, Azizxon, Nizomjon, Asrora, Zebi, Tog'a, Jannat xola, Dildor, To'lanboy kabi yorqin obrazlar timsolida ko'rish mumkin Ustoz adib Abdulla Qahhor yozuvchining ushbu romanidagi yuksak mahoratini shunday e’tirof etadi: "Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo'g'ilmasdan o'qib chiqadi... Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg'usi, quvonchi, muhabbati, g'azabi, og'zidan chiqadigan har bir so'zi rost..." Darhaqiqat, yozuvchi o'z xotiralarida roman qahramonlari haqida shunday yozadi: "... Dunyoga faqat azob chekish uchun kelgan Ikromjonning hayoti sizni jindek o'ylantirib qo'ydimi, yo'qmi, shuni bilmoqchiman. Og'ir mehnatdan o'zining butun ayollik xislatlarini yo'qotib qo'ygan, erkakka aylanib ketgan, Inoyat oqsoqol "ot qiz" deb atagan Asrora, yolg'iz farzandining dog'ida kuyib, yonib, o'rtanib, faryod urib jon bergan Jannat xola, xalq rizqidan yulib yiqqan boyliklari alangasida o'zi yonib jizg'anak bo'lib o'lgan Inoyat oqsoqol, sevgilisini tortib 94 olgan surbet akasidan bezgan, tug'ilgan uyidan mosuvo bo'lgan, ota qarg'ishi bir umr qulog'ida qolgan Nizomjon, balog'at yoshiga yetib, butun vujudidan muhabbat hidi anqib turgan va lekin sevgisi sarobga yo'liqqan Dildor, yigitlik umrining so'ngi to'qaylarda bir vahshiydek yakunlangan, bu ham yetmagandek shon- sharafsiz ko'milgan go'ri lovillab yongan Tursunboy...". Romanda ifodalangan milliylikni romanning deyarli barcha sahifalarida yaqqol ko‘rish mumkin. Ayniqsa, asarning boshida tasvirlangan Rasul buvaning vafoti, unda qishloq ahlining urush davri dalada mehnat qaynab turganiga qaramay ta'ziyaga to'planishi, marhumni so'nggi manzilga kuzatish jarayoni xalqimizga xos milliylikning ufurib turganidan dalolat beradi: "Bu qadim o'zbek odatini, ayniqsa, zirillamaliklar qattiq ushlashardi. So'nggi yo'lga ketayotgan inson oldidagi buyuk qarz deb bilishardi. Oxunboboyev ham navbatma-navbat dastani yelkaga olar, marhum siymosida o'z otasini eslardi. Ular bir-birlari bilan qalin do'st bo'lishgan. Rasul buva do'sti Oxunbobo vafot etganida qabriga o'z qo'li bilan qo'ygandi. Shunda Yo'ldoshvoy bu odamga alohida bir mehr, alohida yaqinlik sezgan, bu sezgi chol olamdan o'tgunga qadar qalbini tark etmagandi...". Romanda ijobiy qahramon sifatida talqin qilinmagan esa-da, biroq o'zining andishasi, tog'larga teng g'ururi bilan ajralib turgan Akbarali obraziga e'tibor beraylik. Singlisi Lutfinisa o'z nikoh to'yi kuni non sindirilgan kuyovga tegmay, sevgani Azizxon bilan qochib ketganda Akbarali naqadar ayanchli ahvolga tushadi, yuzi shuvut bo’ladi, biroq xotinsiz qolgan kuyov oldidagi g'ururini, andishasini ming azob bo'lsa-da saqlab qolishga urinadi: "… - Bozor Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling