Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Adabiyotlar
1. Said Ahmad “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobi. “Sano-standard” 
nashriyoti. Toshkent-2014. 
2. Said Ahmad “Ufq” romani. – Toshkent: Sano-standart, 2015. 
3. Artukmetov Z. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild. 2000 
4. Усманходжаев В., Кузъмин М. Болъшой Ферганский канал имени 
Усмана Юсупава . – Toshkent: 1972 
 
 
SAID AHMAD IJODI: O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI 
Tuyboyeva GULNOZA  
Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi 
Teshayeva MARJONA
Buxoro davlat universiteti talabasi. 
O
ʻzbekistonda yozuvchi Said Ahmadni tanimagan, ularning kitoblarini 
o
ʻqimagan inson topilmasa kerak. Nashriyotlar ustozning kitoblarini qayta-qayta 
nashr etib turganiga qaramasdan, kitob do
ʻkonlari peshtaxtalarida topish oson 
emas. Shuni o
ʻzidan xalqimiz ustozning asarlarini naqadar sevib oʻqishini bilsa 
bo
ʻladi. Oʻtgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida bir qancha 
adabiyotshunoslar S.Ahmad ijodi bo
ʻyicha jiddiy ilmiy ishlar yozib, ijodini chuqur 
tahlil qilishgan edi. Ayniqsa, professor Umarali Normatovning “Said Ahmad. 
Adabiy portret”, “Ufqlarning chin oshig
ʻi” monografiyalari, taniqli adabiyotshunos 
Ibrohim G
ʻofurovning “Prozaning shoiri” nomli yirik ilmiy asarini alohida qayd 
etgim keladi. Shular qatorida K.Pirmatovning “Said Ahmad mahorati”, 
Sh.Ahmedovaning “Yumor jilolari” ilmiy ishlarini, O
ʻtkir Hoshimovning “Said 
Ahmad safarda” va Nosir Fozilovning “Said Ahmad noming baland” nomli 


101 
xotiralarini adib haqida yozilgan e
ʼtiborga sazovor asarlar deb ayta olaman. Shu 
paytgacha filologiya va jurnalistika fakultetlarining talabalari shu ilmiy ishlar va 
adabiy xotiralardan foydalanib kelishmoqda. 
So
ʻnggi yillarda S.Ahmad ijodini oʻrganish, uni tadbiq qilish birmuncha 
sustlashib qolganday. Negaki, yaqin yigirma-o
ʻttiz yil ichida matbuotda bu buyuk 
shaxsning ijodiga bag
ʻishlangan bironta yirik ilmiy izlanishni uchratmadim. 
Menimcha, yozuvchi qoldirgan adabiy merosni chuqur tahlil qiladigan, mahoratini 
o
ʻrganib “Said Ahmad mahorat maktabi”ni tashkil qiladigan davr keldi. Agar 
“Kelinlar qo
ʻzgʻoloni” komediyasini aytmasa, ustozning bironta yirik asari shu 
kungacha ekranlashtirilmagan. Vaholanki, uning “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” 
romanlari kitobxonlar eng sevib mutolaa qilib kelayotgan asarlar sirasidandir. Agar 
ular ekranlashtirilsa, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, “O
ʻtkan kunlar”, 
G
ʻafur Gʻulomning “Shum bola”si singari ajoyib milliy badiiy filmlar yaratilishiga 
shubha yo
ʻq. Chunki har bir muvaffaqiyatli badiiy filmning ortida vaqt sinovidan 
o
ʻtgan yaxshi adabiy asar turadi. Kino ustalari yaqin orada ustozning “Ufq” va 
“Jimjitlik” romanlariga e
ʼtibor berib, shu asarlar asosida badiiy filmlar yaratib 
qolishsa ajab emas. 
Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan bo'lsa-da, 
mehnat faoliyatini barvaqt boshlagan. 30-yil boshlaridayoq yosh jurnalist va 
ijodkor sifatida qishloq xo‘jaligi kollektivlashuvida va aholining savodsizligiga 
barham berishda faol ishtirok etgan. Katta xalq qurilishlarida muxbir bo‘lib 
ishlagan.30-yil boshlari, 40-yil oxirlarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 
sahifalarida, “Mushtum” va “Sharq yulduzi” jurnallarida o‘zining ocherk va 
hikoyalarini chop etadi, radioda ham faol ishlaydi 
30-yil oxirlaridan Said Ahmad badiiy nasr janrida samarali ijod qiladi, uning 
birinchi hikoyalar to‘plami “Tortiq” 1940 yil nashr etilgan. “Jimjitlik” romanida 
turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. 40-yillar uning “Er yurak” (1942), “Farg‘ona 
hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan.50-yillar 
boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga 
ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya 


102 
janri rivojida muayyаn o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi 
mavzu alohida e’tiborga loyiq – bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z yerlarini 
o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, 
“Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, 
bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari 
hisoblanadi.Said Ahmad o‘zini nasrning yirik janrlarida ham sinab ko‘rgan. U 
“Hukm” qissasini yozgan. Shuningdek, o‘zbek nasrida nisbatan sust rivojlangan 
detektiv janri asosidagi “Sud” qissasini yaratib, unda axloqiy-tarbiyaviy 
muammolarni ilgari ko‘taradi. Va nihoyat, “Ufq” trilogiyasini yozadi. Ushbu 
trilogiya yozuvchi ijodida alohida o‘rin tutadi — zamonaviy o‘zbek nasridagi yirik 
hodisa. Said Ahmad ushbu romanlar ustida 15 yil mehnat qilgan. Ular 
yozuvchining butun hayot yo’lini qamrab olgan – urushdan oldingi, urush 
davridagi va urushdan keyingi yillarni. Roman asosida chin tarixiy voqealar yotadi 
- Katta Farg‘ona kanalining qurilishi va Markaziy Farg‘ona kanalining egallanishi. 
Ushbu tarixiy hodisalar asosida yozuvchi xalqning ma’naviy dunyosini ochib
qadimdan ularga hos mehnatkashlikni, to‘g‘riso‘zlik, jasorat - xalqaro 
ittifoqdoshlik va jamoaviylikni ko‘rsatib beradi – bular esa inson qalbiga xos 
olijanob va himmat manbalari sanaladi. “Ufq” o‘zbek va rus tillarida ko‘pkarra 
nashr etilgan, qardosh xalqlarga bir necha bor tarjima qilingan. Kitobxonlar orasida 
shubhasiz, shuhrat qozongan mazkur trilogiya uchun muallif 1978 yil Hamza 
nomidagi O‘zbek SSRning Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad 
dramaturgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham samarali ijod qiladi. Said 
Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasining shuhrati juda baland bo‘lgan. 
Ushbu komediya spektakli hanuz O‘zbekiston va qardosh xalqlarning teatr 
sahnalarida namoyish etiladi.So‘nggi yillar Said Ahmad o‘zi yaqindan tanigan va 
bilgan yozuvchilar haqida yodnomalar yozgan. Uning G‘ofur G‘ulom, Abdulla 
Qodiriy va Saida Zunnunovalar haqidagi xotiralari “Sharq yulduzi” jurnalida chop 
etilgan. Said Ahmad “O‘zbek SSR xalq artisti” unvoniga loyiq topilgan, “Xalqlar 
do‘stligi” ordeni va SSSR medallari, O‘zbek SSR Oliy Kengash Faxriy yorliqlari 
bilan taqdirlangan. Istiqlol yillari keyingi mukofotlar bilan mukofotlangan: 


103 
“Do‘stlik” ordeni (1995), “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (1990). Ammo uning 
xizmatlari uchun eng oliy mukofot 1999 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston 
qahramoni” unvoni bo‘lgan. 
Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G
ʻafur Gʻulom 
yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir. U hikoyalarida 
tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik 
ta
ʼsirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga 
intiladi. “Cho
ʻl burguti”, “Oʻrik domla”, “Lochin”, “Odam va boʻri”, “Boʻston”, 
“To
ʻyboshi” kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, oʻzbek nasrida ham 
yangilik bo
ʻlgan.
Xulosa o'rnida aytganda, ustozning ijodda o
ʻziga xos tili, yoʻli, oʻziga xos 
uslubi bor edi. Uning yozuvchi bo
ʻlib shakllanishida ustozlari Abdulla Qahhor, 
G
ʻafur Gʻulomning taʼsiri kuchli boʻlgan. Xuddi otamning asarlaridan Abdulla 
Qahhorning nafasi ufurib turganday, O
ʻtkir Hoshimovning, Neʼmat Aminovning 
asarlarida esa S.Ahmadning nafasini his qilganday bo
ʻlaman. Albatta, bu mening 
subyektiv fikrim. Mana shu ikki adibni ustozning chinakam izdoshlari, shogirdlari 
deb atagim keladi. S.Ahmad ham ularning ijodiga alohida mehr va e
ʼtibor bilan 
qaragan. Bugungi kunda nasr yo
ʻnalishida oʻz uslubiga ega yozuvchi va 
dramaturglar talaygina. Bu adiblarning har biri haqida uzoq gapirish mumkin. 
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan adabiyot namoyandalariga katta e
ʼtibor 
berilyapti. Ayni paytda yurtimizda adabiyot ahliga qaratilayotgan e
ʼtibordan, 
e
ʼzozdan koʻnglim togʻdek koʻtariladi. Qolaversa, S.Ahmad xotirasi uchun qilishim 
kerak bo
ʻlgan ishlar koʻp. Uy-muzey ochilsa, oldinda meni ancha ishlar kutib 
turibdi. Xudo xohlasa, barcha o
ʻylagan ishlarim amalga oshadi, deb umid qilaman. 
Buyuk shxsning o'chmas ijodi hamon qalbimizda mangu yashaydi! 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling