Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Adabiyotlar
2. Норматов У. Истиқлол илҳомлари. С.Аҳмаднинг “Қоракўз мажнун” 
китобига ёзилган сўзбошидан. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001.
3. Ғ а ф у р о в И.. Прозанинг шоири. Тошкент. 1981.
4. Foziljon Kiyikboyev “ Badiiy asarning muammoli tahlili” (otalar va bolalar 
munosabatlari asosida. 2010.
5. Saydulla Mirzayev “XX asr o‘zbek adabiyoti” Toshkent «Yangi asr avlodi» 
2005.313-b 
8. Xurshid davron.uz 
 


109 
 
SAID AHMAD ASARLARIDA BEGONALASHISH KONSEPTI 
Akram XAMRAQULOV 
ToshDO‘TAU talabasi. 
 
XX asr o‘zbek adabiyoti rang-barang va xilma-xilligi bilan boshqa 
davrlardan farq qiladi. Ayniqsa, ustoz-shogird an’anasining bardavom bo‘lishi asr 
oshgan nodir asarlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Xususan, ma’rifatparvar 
jadidlarimiz boshlab bergan ustoz-shogird an’anasi Oybek, G‘afur G‘ulom, 
Abdulla Qahhor singari XX asrning zabardast yozuvchi va shoirlarining ham 
diqqat markazida bo‘ldi. Uchinchi oqim, ya’ni o‘rta avlod vakillari ham adabiyot 
ostonasiga dadil qadamlarini qo‘ya boshladilar. Said Ahmad, Asqad Muxtor, Erkin 
Vohidov, Abulla Oripov, Omon Matjon, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev 
kabi adabiyot namoyondalari o‘zlarining yangi asarlari bilan keng kitobxonlar 
mehrini qozona oldi. Bu davr o‘zbek adabiyotiga yangi ruh, yangi nafasni olib 
kirdi. Zero, oqsoqol adiblardan olingan ta’lim, gurkirab rivojlanayotgan iste’dod 
zamonaviy asar syujetlarining yaralishiga turtki bo‘ldi. Jadid adabiyoti boshlab 
bergan roman janri endi bu davrga kelib, asta-sekin sayqallanib, o‘zbek 
romanchiligining rivojlanishini jadallashtirdi. Nafaqat she’riyatda, balki nasrda 
ham modernizm uchqunlari ko‘rina boshladi. Yozuvchi-shoirlar asarlari orqali 
inson ruhiy ichki kechinmalarini o‘z asarlarida singdira boshladi. Buning natijasi 
o‘laroq, adabiyotga yangi oqim va atamalar kirib kela boshladi. Misol qilib, Erkin 
Vohidovning “Ikkinchi tumor” tragikomediyasini keltirishimiz mumkin. 
Tragikomediya hali Sobiq Ittifoq davri uchun adabiyotning o‘lik atamasi edi. Erkin 
Vohidov ijodida esa atama bo‘lmasa ham, uning ma’naviy qolipi bor edi. 
Adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarov “Ikkinchi tumor” tragikomediyasiga bir 
maqolasida shunday degan edi: “Hech mubolag‘asiz, mas’uliyatni his etgan holda, 
men bu asarni muallif ijodi va hatto, o‘zbek adabiyotigina emas, umuman, sho‘ro 
zamoni adabiyoti va istibdodi, uning imperiyachilik siyosati zimdan, tagzaminli 
uslubda, keskin fosh etilishi jihatidan ХХ asr adabiyotining o‘z vaqtidagi noyob 


110 
namunalaridan biri, deb baholagim keladi”[1]. Demak, bundan kelib chiqadiki, 
shoir o‘z dard-sitamlarini yashirin tarzda ifoda etib, o‘zbek adabiyotiga yangi 
tragikomediya atamasini olib kirdi va biz XX asr adabiyotini hali-hanuz yetarlicha 
sharhlay olganimizcha yo‘q.
Begonalashish – kuchli hodisa! Uning qamrovi faqat salbiy fikrlar bilan 
o‘ralashmasligi kerak. Zero, Islom dinida tasavvuf ilmi bo‘lgani kabi, tasavvufda 
ham begonalashishning go‘zal ko‘rinishlari mavjud. Alloh visoliga yetishish 
ilinjida uning bizga bergan barcha in’omlaridan voz kechib, tarki dunyo qilgan 
insonlarning hikmatli va ibratli umrlari hali yodimizdadir. Zamonaviy 
adabiyotshunoslik begonalashish tushunchasi G‘arbga XIX asrda kirib keldi, deb 
tahmin qiladi. Lekin mashhur yunon faylasufi va shoiri Gomerning “Illiada” va 
“Odissey” asarlarida ham begonalashish tushunchasining uchqunlarini yaqqol 
ko‘rishimiz mumkin. Demak, kun va tun, yaxshilik va yomonlik kabi 
begonalashish ham xoh ijobiy ma’noda, xoh salbiy ma’noda olam paydo 
bo‘lgandan buyon yashab kelmoqda. XIX asr deb belgilanishiga sabab aynan shu 
davrda begonalashish atamasining fanda Gegel, Fauerbax, Marks ta’limotlari 
paydo bo‘la boshlagan. Gegel ta’limoti bilan Fauerbax ta’limoti nisbatan o‘xshash. 
Chunki Fauerbax Gegel ta’limotidagi barcha fikrlarni yoqlagan va o‘zi tomonidan 
ham yangi fikrlarni asos qilib qoldirgan. Ya’ni, Gegel begonalashish insonning 
ruhiy kechinmalariga bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. Fauerbax esa ruhiy 
begonalashish tibbiy kasallik emasligi va u turlarga ajralishini Gegel ta’limotining 
to‘ldirilganligiga ishora sifatida yozib qoldirgan. Marks ta’limoti esa Gegel va 
Fauerbax ta’limotidan anchagina farq qilib turadi. Marks begonalashishda ruhiy 
asosni rad etgan. Marksning begonalashuvi haqidagi tushunchalarni Kostas Axelos 
to‘rt turga ajratdi: iqtisodiy va ijtimoiy begonalashish, siyosiy begonalashish
odamni begonalashtirish, mafkuraviy begonalashtirish. Marksning begonalashtirish 
nazariyasi kapitalizm sharoitida sanoat ishlab chiqarish jarayonida ishchilar 
muqarrar ravishda o‘zlarining hayotlarini nazorat qilishdan mahrum bo‘lishlarini 
anglatadi. Bu holatda esa kapitalistik jamiyatlarda begonalashish ro‘y beradi, 
chunki ishda har bir kishi umumiy boylikka hissa qo‘shadi, lekin ular har bir 


111 
shaxsning ushbu ijtimoiy jihatini faqat ijtimoiy emas, balki xususiy mulkka ega 
bo‘lgan ishlab chiqarish tizimi orqali ifodalashlari mumkin, ular uchun har bir 
kishi vosita sifatida emas, balki asbob sifatida ishlaydi. Begonalashish atamasi 
asrlar davomida turli xil, ba’zan qarama-qarshi ma’nolar bilan ishlatilgan. Qadimgi 
tarixda bu dunyoning cheklangan mavjudligidan ijobiy ma’noda begonalashib 
yuqori darajadagi tafakkurga erishishning metafizik ma’nosini anglatgan. Bunday 
tushuncha G‘arb dunyosida Platon kabi neoplatonik faylasuflar tomonidan 
ko‘rsatilgan, ya’ni ayrim ruhiy e’tiqodlarda ikki tomonlama ijobiy va salbiy 
begonalashish hissi keng namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib esa begonalashish 
tushunchasi bir muncha salbiy ma’noda qo‘llaniladi. Said Ahmad ijodida 
begonalashish tushunchasining ikki xil ko‘rinishini kuzatishimiz mumkin, ya’ni 
o‘zidan begonalashish; jamiyatdan begonalashish. 
XX asr o‘zbek adabiyotida satirik asarlari, ocherk va xotiralari, adabiy-
tanqidiy maqolalari bilan shuhrat qozongan Said Ahmad o‘z asarlariga inson 
ruhiyatini jo aylagan. Uning satira va yumorga boy hikoyalarida ham, hattoki, 
ruhiy kechinmalar tahlilini kuzatishimiz mumkin. Hozirgi kunda G‘arb adabiyotida 
keng tahliliy qarashlar bilan o‘rganilayotgan begonalashish konsepsiyasi ham Said 
Ahmad asarlaridagi ayrim obrazlarda gavdalanyapti. Insonning o‘zidan 
begonalashishi turli ruhiy kechinmalarga bog‘liq. Bunda odam misli ko‘rilmagan 
darajada tushkunlik botqog‘iga botib, salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishi 
mumkin. Said Ahmad ijodida “Ufq” trilogiyasidagi Tursunboy obrazi o‘zidan 
begonalashishning yorqin ifodasidir. Urushga bormay, butazorda yashirinib, har 
kuni onasidan faqatgina ovqat kutadigan, asta-sekinlik bilan insoniylik 
chegarasidan o‘tib, tushunarsiz maxluqot qismatiga sho‘ng‘ib borayotgan 
Tursunboy o‘zidan begonalashib, yangi odamsimon 
maxluq qiyofasini 
yaratayotgan edi. Aslida uning bu ahvolga kelishiga kim sababchi? Onasining 
tobutini ko‘tarib ketayotgan odamlarni ko‘rsa-da, lom-lim demasligiga sabab 
nima? Onasining o‘lganligini bilganida xayolida “endi menga kim ovqat olib 
keladi?” degan maxluqni kim yaratdi? Bu savollarning barchasiga javob oilaviy 
muhitning noto‘g‘ri yuritilganligida emasmi?! Jannat xola yakka farzandim deb 


112 
avaylaganidan yoshligidan husni bilan hammani maftun etgan bu yigit butazor 
maxluqiga aylandi. Xo‘sh, Tursunboy urushga borganida, balki ko‘ksi medalga 
to‘lib kelmasmidi? Lekin unda jur’at yo‘q edi. Sababi hayotning yengil qismatini 
tatigan Tursunboy urushga borsa, o‘lib ketishini bilardi. Aslida u allaqachon ruhan 
o‘lib bo‘lgandi. G‘arb dunyosida begonalashish atamasini ko‘p hollarda inson 
hayotiga yangi kirib kelgan tanishlargina keltirib chiqaradi, deb izohlashadi. Sharq 
olamida esa tarbiyaning o‘rni yuqoriligi, agar tarbiya to‘g‘ri va favqulodda kerakli 
paytda berilmasa, Tursunboy singari qanchadan-qancha avlod nafaqat jamiyatdan, 
balki o‘zidan ham begonalashib ketishiga olib keladi. Sharq xalqlarining dunyo 
sivilizatsiyasidagi o‘rni ham tarbiyaning nechog‘lik ahamiyatliligidadir, 
nazarimda.
Said Ahmad asarlariga bevosita begonalashish tushunchasining qamrovi bilan 
yondashar ekanmiz, uning “Qorako‘z majnun” hikoyasidagi Bo‘rixon obraziga 
ta’rif berish joiz, albatta. Jamiyatdan begonalashish – bu g‘ayriodatiy va 
tushunarsiz holat. Lekin Said Ahmadning o‘tkir qalam sohibi ekanligiga yana bir 
dalil shuki, jamiyatdan begonalashish qanday bo‘lishini Bo‘rixon obrazi orqali 
badiiy mahorat bilan tasvirlab bergan. Saodat aya armiyadan qaytib kelmagan 
Bo‘rixon o‘g‘lini kutib yashaydi. Dardi yarimta emasmi, qizi Qumrining ahvoli 
ham achinarli. Farzand ko‘rmay qaytib kelgan ayol onasiga yostiq bo‘lib yuribdi. 
Saodat ayaning anduhlari Bo‘rixon o‘g‘li kelganda ko‘tarilishi uning xayoliga ham 
kelmasdi. Bo‘rixon keldi, endi u umuman o‘zbek tilida gapirolmaydigan rus bo‘lib 
keldi. Yoshligidan qoniga singgan salom berish odatini ham unutib yuborgan o‘g’il 
onasiga “salyam” deb qilgan murojaati ona yuragini sirqiratib shilmaganmikan? 
O‘g‘li o‘z dinidan voz kechib, boshqa dinga o‘tgani ona yuragini 
nimtalamaganmikan? Sobiq Ittifoqning maqsadi insonlarni o‘z jamiyatidan 
uzoqlashtirib, bir-biriga begona bo‘lgan insonlar qismatini yaratish emasmidi?! 
Xuddi M.Bulgakovning “Ityurak”idek jamiyatda bir-biriga begona va manqurt 
insonlar qamrovini kengaytirish edi. Said Ahmad aynan shu narsani tushungan 
holda Bo‘rixon obrazi orqali insonlar o‘z taqdiriga befarq bo‘lmasliklarini yana bir 
bor ta’kidlagan.


113 
Said Ahmad asarlarida begonalashish tushunchasining yangi qirralari keskin 
namoyon qilingan. Ya’ni, Said Ahmad asarlarini Marks ta’limoti qoliplariga 
soladigan bo‘lsak, mafkuraviy begonalashtirish yaqqol namoyon bo‘ladi. Lekin biz 
buni Marksning ruhiy asosni rad etishiga aralashtirmasligimiz kerak. Chunki Said 
Ahmad asarlaridagi qahramonlar qismati aynan ruhiy illatlar bilan bog‘liq 
ekanligini guvohi bo‘lib turibmiz. Demak, Said Ahmad asarlaridagi obrazlar ikki 
ta’limotning kesishuvida yaratilganligi bilan ham asar qahramonlarining zalvorini 
bosib turadi.
Umuman olganda, o‘zbek adabiyotida, ayniqsa, XX asr adabiyotida hali 
chuqur tahlil qilinmagan asarlar bisyor. Tahlil qilingan asarlarda ham hozirgi 
kunda turli o‘zgartirishlar yoki talaygina qo‘shimchalar qo‘shish holatlari 
ko‘paymoqda. Bunga sabab o‘sha davrda foydalanilgan tahlilning yaxshi yoki 
yomon qilinganligida emas, adabiyotning yangilanayotganligida, turli janr va 
oqimlarning kirib kelayotganligidadir. Bu rad etib bo‘lmaydigan asos esa asrlar 
davomida o‘zgarmas qolipga aylanib boraveradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling