Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

ko'rgan singlingni endi dallolga ber!" – deydi, unga kuyov bo'lguchi. Akbarali esa 
o'z navbatida shunday javob beradi: " - Menga nojo'ya gap aytdingiz, kuyov. Agar 
boshqa odam shu gapni aytganda ichagini boshiga salla qilib qo'yardim. Singlim 
boshimni egib ketdi. Ammo men yigitlik belbog'imni boshimga solganim yo'q. 
Qayting orqaga... To'y tarqamaydi. Otam meni o'g'il bola qilib tug'dirgan
Akbarali bunday andisha va g'urur bilan hatto o'zining voyaga yetmagan 15 yashar 
qizini kuyov bo'lguchi Normatga nikohlab berishga ham tayyor edi. Undan keyin 
singlisini olib qochgan Azizxonning ota-onasi Akbaralidan uzr so'rashga 


95 
chiqqanlarida ham, u oqsab qolgan g'urur otidan tushmaydi: "-Bu ish na nikoh 
bilan, na pul bilan bitadi. Oraga nomus tushdi. Endi bu dog'ni qon bilan yuvaman. 
Ketinglar. Meni hech qanaqa singlim yo'q. U o'lgan. Marhum ota-onam nomidan 
uni oq qildim" Ha. Aynan Akbaralining chinakam o'zbek yigitiga xos g'ururi xuddi 
yapon samuraylarining or-nomus yo’lida o'zini "Xarakiri" qilishiga o'xshab uni 
ham, uni el-yurt oldida boshini eggan singlisini ham bu dunyodan bevaqt olib 
ketadi. 
Sevgilisi Lutfinisa bilan Farg'onaning Kuyganyoriga kelib qolgan Azizxon va 
u yerning kuragi yer ko'rmagan Esh polvoni o'rtasidagi ziddiyatlarga e'tibor 
qaratsak, qadim o'zbekining qon-qoniga singib ketgan insoniy tuyg'ularini, 
kurashchi polvonlar uchun raqibidan yengilish o'limdan-da og'ir ekanligini yana 
bir bor ko'rish mumkin. Ya'ni Esh polvonning arzimagan hazil gapi Azizxonning 
yigitlik nafsoniyatiga shunday tegdiki, u Esh polvonni butun Kuyganyor ahli 
ichida kuragini yerga tekkizadi. Bir necha kundan keyin esa bu isnodga 
chidolmagan Esh polvon yashirincha Azizxonning oldiga keladi va shunday deydi: 
"-Ukajon, gaplarimni malol olmaysan. O'sha kungi voqeadan beri qishloqqa 
borolmay yuribman... Atayin qoshni qoraytirib, el ko'zidan yashirinib bemahalda 
oldingga keldim. Sen hali yoshsan, bilmaysan. Yigit kishining boshi egilguncha 
ho'kizning bo'yni sinsin, deydilar. Mening boshimni sen egib qo'yib qo'yding. Esh 
akangning, yelkasi yaqin orada yer iskamagan edi. Meni o'ldirding, bola"  
Yozuvchi esa bu o'rinda Esh polvonning holatini shunday tasvirlaydi: "Esh 
polvonning ko'zlaridan duvva yosh oqib ketdi. Oriyatidan boshini teskari o'girib 
belbog'ini yechdi. Ko'z yoshlarini arta boshladi. -O'ldirding meni, bola, 
o'ldirding.." O'z navbatida bunday kutilmagan vaziyatdan g'alati ahvolga tushgan 
Azizxon ham Esh polvonni yupatishni juda istardi, unga rahmi kelardi. Esh 
polvonning niyati esa ular xalq oldida yana kurashga tushishi va Azizxon yengilib 
berishi, hech bo'lmaganda durang qilishga uni ko'ndirish edi. Azizxon esa rozilik 
berganday bo'ladi, biroq davraga tushgach, yigitlik, polvonlik jo'sh urib turgan
qoni yengilishga monelik qiladi. Azizxon va Esh polvon o'rtasidagi ziddiyatlar shu 
tarzda davom etadi. Katta Farg’ona kanali qazilishida ham ular o’rtasidagi 


96 
ziddiyatlar ularni yuksak martabalarga olib chiqishga xizmat qiladi. Bu orada 
sevgani Lutfinisadan ayrilgan, hayotining alamli damlarini boshidan o'tkazayotgan 
Azizxon qishlog'iga qaytishdan oldin Esh polvnonning huzuriga boradi. Ular 
o'rtasigi suhbat shu darajada ta'sirliki, bunday xarakterdagi insonlar faqat va faqat 
o'zbekning bag'rikeng polvonlariga xosdir: "-Esh aka! Tentak ukangizni kechira 
olasizmi?.. Davra to'rlarida yurgan, birovga so'zini bermagan sizdek odamni yurt 
oldida uyatga qo'ydim. 
-Esi yo'q bola ekansan. Nahotki, Esh akangning kimligini shu paytgacha 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling