Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet103/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


III. YANGI MAVZU BAYONI.


Asqad Muxtor
1 920-1997
O'zbekistonimizning Asqad Muxtor degan yozuvchisini eshit- ganmisiz, aziz o'quvchi? Eshitmagan bo'lsangiz, bilib qo'ying. O'nlab nasriy, she'riy asarlarning muallifi, qadimgi Yunoniston, Hindiston, Ukraina va Rossiya adabiyotining mashliur namoyandalari asarlarining taijimoni, bir necha sahna asarlari yaratib o'zbek teatri ravnaqi uchun ham ko'p xizmatlar qilgan atoqli o'zbek yozuvchisi bo'ladi Asqad Muxtor.
Adib 1920- yil 23- dekabrda Farg'ona viloyatining Farg'ona shah- rida tug'ilgan. Otasidan yosh paytida yetim qolgan Asqad asosan bola­lar uyida tarbiya topgan. O'rta maktab, O'rta Osiyo Davlat universitetida o'qigan. Uning she'riy mashqlari yoshligida boshlangan. O'n besh yosh- larida ilk she'rlari gazetada e'lon qilingan. Asqad Muxtorning shundan keyingi yillarda ellikdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. «Po'lat quyuv- chi», «Hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonim», «Sizgaaytar so'zim» kabi she'riy to'plamlari, «Daryolar tutashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi», «Bo'ronlarda bordek halovat», «Buxoroning jin ko'chalari» qissalari, «Opa-singillar», «Tug'ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» kabi qator romanlari dunyo yuzini ko'rdi.
Asqad Muxtor o'zbek teatr san'ati uchun ko'p xizmatlar qilgan deb aytdik. Buning isboti uning «Mardlik cho'qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik», «Zar qadri», «Samandar» pyesalaridir. Shu bilan birga u Sofokl, Evripid, Lermontov, Aleksandr Korneychuk kabi jahon dramaturgiyasi namoyandalarming sahna asarlarini tarjima qilib ham sahna san'atimiz rivojiga hissa qo'shgan.
Asqad Muxtor o'zbek bolalar adabiyoti tarixida ham o'z o'rniga ega adib edi. «Chin yurakdan» nomli she'rlar to'plami, «Hayotga chaqiriq», «Dunyo bolalari» hikoyalar to'plamlari ellik yillar awal nashr bo'lganiga qaramay o'sha vaqtda ham, hozirgi davrda ham o'z o'quvchilariga ega kitoblardir. Shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1974- yilda «Chinor» romani uchun Davlat mukofo- tiga sazovor bo'lgan. Unga O'zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan edi. O'zbekistonning ana shunday atoqli va ardoqli vakili Asqad Muxtor 1997- yil 17- aprelda vafot etdi.
Yuqorida adibning siz bolalarga atab yozilgan maxsus she'riy va hikoyalar to'plamlari nashr etilganini aytdik. Bu asarlar turli mavzularga bag'ishlangan, qiziq-qiziq voqealardan, ibratli hodisalar- dan iborat kichik-kichik asarlar to'plamlaridir. Keling, yaxshisi Asqad Muxtorning aynan sizlarning yoshingizga mos ma'rifiy she'r- laridan ayrimlarini mutolaa qilaylik.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling