Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet145/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Sa'diy Sheroziy kim? Qayerda yashab ijod etgan? Qanday asar- larini bilasiz?
2.«Guliston» va «Bo'ston» asarlari haqida qanday ma'lumotlarga egasiz?
3.Sa'diy hayotidagi voqealar aks etgan qaysi hikoyalarni bilasiz? Aytib bera olasizmi?
4.«Ayb qidirmaslik haqida»gi she'riy hikoyatda shoir o'quvchining qanday inson bo'lishini xohlaydi?


III. YANGI MAVZU BAYONI.

Hikoyat


Eshitdim adolatli bir podsho, Kiyarkan astar-u avra bo'z qabo.
Biri debdi: «Shohim, to'ning juda j o'n, Xitoyi shohidan tiktir yaxshi to'n!»
Debdi: «Bul kiyimda tanga osoyish, Bundan ortig'idir zeb-u oroyish...
Mening boshimda ham yuz-yuzlab havas, Lekin g'azna tanho meniki emas.
Qo'shunlar haqidir boylig-u gavhar, Shoh ziynati uchun emas siym-u zar.
Gar askar boTmasa shohidan rizo, Vatan chegarasi qolur xavf aro.
Dehqon eshagini talab ketsa yov, Nechuk soliq olar Sulton beayov.
G'animlar talasa, shohi olsa boj, Ne iqbol ko'radi unday taxt-u toj.
Yiqilganga zo'rlik muruwat yemas, A'lo qush chumoli donini yemas...
Kishvar olish mumkin soz xulqing bilan, Qon to'kma jang qilib o'z xalqing bilan.
Qasam mardlik haqqi butun keng jahon, Sira arzimaydi yerga tomsa qon.
Eshitdim, baxtiyor Jamshid podisho Buloq boshga yozmish shunday bir ma'no:
«Ko'plar ham bu chashma boshiga yetdi, Suv ichdi, dunyodan ko'z yumib ketdi.
Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go'rga o'zi ketdi, olgani qoldi».


Hikoyat
Bir itga duch keldi birov sahroda, Tashnalikdan yotar jonsiz aftoda.
Dastorin arqondek quduqqa soldi, Uchiga qalpog'in boy lab suv oldi.
Xizmatga belini mahkam bog Tab u, Majolsiz kuchukka qoMdan berdi suv.
Uning bu ishidan topibon xabar, Qozidan gunohin so'rar payg'ambar.
Hushyor boT, zulmdan qilgil andisha, Vafo-yu karamni qilmag'il pesha.
Yaxshilik mukofot topdi itdan ham, Gar odamga qilsang boTmas undan kam.
QoTingdan kelgancha karam qil, karam, Karamli boTmagay hech kimsadan kam.
Biyobonda quduq qazolmasang, boq, Qabristonga kirib bitta chiroq yoq.
«MUFRADOT» dan
Arablarda bir so'z bordir, yaxshi boq, Odobsiz boladan yo'g'i yaxshiroq.
Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil, Yaxshiga yaxshilik yaxshi — buni bil.
Niholin o'sdirar daraxt ko'p zamon, Bir zumda qo'porib tashlaydi bo'ron.
Davlating borida ishing sol yo'lga, O'tib ketaj akdir u qo' ldan qo' lga



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling