Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet39/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Hamid Olimjonning shoir bo'lib yetishishidagi eng muhim sa- bablarni izohlashga harakat qiling.
2.Hamid Olimjonga zamondosh yana qaysi ijodkorlarni bilasiz? Ularning ijodi va taqdiri to'g'risida eshitganmisiz?
3.Siz o'qigan ertak va afsonalarda bir-biriga o'xshash voqealar uch- raydimi? Bu o'xshashliklarning sababi nimada, deb o'ylaysiz?
III. YANGI MAVZU BAYONI.
OYGUL BILAN BAXTIYOR
(Ertak-doston)
Doston, hikoyamiz boshida aytganimizdek, shoirning bolalik davri esdaliklari bilan boshlanadi. Uzun tunlar jim yotib onasidan tinglagan ertaklarni eslar ekan, shoir ularning kuchini o'zida sezganini aytadi.
Gap shundaki, dunyodagi barcha insonlarda qandaydir iste'dod, qobiliyat yashiringan bo'ladi. Kimdir yerni yaxshi ko'rsa, boshqa bolani osmondagi yulduzlar qiziqtiradi. Bir bola eshitgan qo'shig'ini darrov yod olib, borayotgan yo'lida xirgoyi qilib yursa, yana bir bola o'yinchoq kubiklardan chiroyli imoratlarni yasab zerikmaydi. Hamma gap o'sha qobiliyatni tinimsiz rivojlantirib borishdadir. Buning uchun esa har bir odam, birinchi navbatda, o'zi harakat qilmog'i, qiziqqan narsasini oxiriga qadar bilib olmaguncha tinib-tinchimasligi kerak. Agar shunday qilinmasa, qobiliyat so'nishi yoki o'smay qolishi mumkin.
Demak, yosh Abdulhamidda tug'ma shoirlik iste'dodi bo'lgan, u o'zidagi iste'dodga jiddiy qarab, uni doimiy rivojlantirishdan charchamagan ekan-da. Onasining ertaklari, maktab va o'quv yurtla- rida mutolaa qilgan kitoblari esa bu iste'dodning yanada charx- lanib, o'tkirlashib borishiga zamin yaratgan. Shuning uchun, garchi shoir «Oygul bilan Baxtiyor» ertagini onasidan eshitganini aytsa- da, bugun Siz o'qiyotgan ertak-dostonning chuqur mazmuni, go'zal satrlari uni badiiy qayta ishlagan shoir mahoratining mevasi ekanini unutmasligimiz kerak.
Endi yana dostonning o'ziga qaytamiz.
XI
Go'zal yurt Susambilda
Bir podachi bor edi. U mashhur edi elda, Nomi Baxtiyor edi. Go'zal edi va chinor Qomatiga edi zor.
Ko'kraklari butun bir Oftobni yashirardi. Tanlarida bir umr
O't lovullab turardi. Qilichday o'tkir edi, Rustam kabi zo'r edi. Ammo elda xor edi,
Kambag'al, nochor edi... Har tomonga qararkan, Baliq ovlab daryoda Yurganlarga yo'liqdi. Shu choqda uning sodda Ko'ngli juda toliqdi: «Jinday non bormi?» dedi. Baliqchi tanti edi: «Yo'qdir berar nonimiz, Lekin kuyar jonimiz. Mayli shu safar to'rga Chiqqanin ol o'zingga. Uzun umring bor bo'lsin, Bola, baxting yor bo'lsin».
Rozi bo'ldi Baxtiyor Va toleyida shu bor Jayhun ilinib qoldi, Ulkan baliqni oldi. Ikki ho'kizga ortib, Oldindan o'zi tortib, Uyga tomon yo'l soldi, Baliqchi kulib qoldi. Hovliqib tolib keldi, Uyiga olib keldi.
XII
«Ota», - dedi u, darhol - Hozir bo'ldi qari chol Va ota-bola ikkov Baliqqa soldilar dov. Otasi pichoq soldi, O'g'li oybolta soldi. Baliq qornin yorganda, Pichoq belga borganda, Chol birdan cho'chib qochdi, Baxtiyor g'azab sochdi. Baliq qornida shu on Tebranib u yon-bu yon, Oygul ko'zini ochdi Va Baxtiyorni ko'rdi. Boshiga qon yugurdi. Qora ko'zlari yonib, Bir muhabbat uyg'onib, Qalbi jizillab qoldi, Qizardi, begap qoldi. Cholga gapi ko'p edi: «Ota, qabul qilsangiz,
O'g'lingizga tegayin, Siz har narsa desangiz, Men bo'ynimni egayin». Chol dovdirab hang-u mang, Javobiga qoldi tang: «Qizim, bizda hech pul yo'q, Mol-u dunyo butkul yo'q. Qandayin to'y qilamiz? Seni nima bilamiz?» «Men dunyo so'ramayman, Boy odamga bomiayman. Siz xohlasangiz agar, Boshingizga to'kay zar...»
XIV
... Oygul daryoda baliq Qornida yotganida, Ikki katta halqalik Gavhar topuvdi unda. Qadrini bilgan edi, Ehtiyot qilgan edi. Tongda u yo'qlab chohii, Arz etdi ushbu holni. Chol o'zini unutdi, «Mana buning birini Bozorga sotib keling. Bilib uning sirini, Oltinga botib keling». U bozorga jo'nadi, Yursa yo'li unadi. Chol ushlagancha gavhar Bozorda yurar ekan, Xaridor so'rar ekan,
Bitta katta savdogar Xabardor bo Tib qoldi, Cholga yopishib oldi, Gavharga changal soldi. Bir sandiq oltin berib, Cholni jo'natib qoldi...
XV
Oltinni otga ortib, O'zi kuchanib tortib, Susambilga boshladi, Devday qadam tashladi. Oltinlarning barini To'plab yosh-u qarini Chaqirib go'zal Oygul,
Yashnab misoli bir gul, Baxtiyori yonida, Otash yonib qonida Kattakon kengash ochdi, Lablaridan dur sochdi... Ertasi to'da-to'da, Guros-guros bo'lib el, Kela berdi bog Tab bel. Xotinlar, yosh bolalar, Bareha amma-xolalar Kela berdilar ishga. Oygul yangi turmushga Boshlab, osh-u non berdi, Jonsizlarga jon berdi... Yori Baxtiyor bilan Susambilni jannatmisol yurtga aylantirgan Oygulning yodidan o'z eli Jambil, uning ezilgan xalqi, nohaq o'ldirilgan otasining xotirasi ketmas edi. Xalqini xon zulmidan xalos qilish niyatida u katta qo'shin bilan Jambilga hujum qiladi va g'alabaga erishadi. Qonxo'r xondan qutulgan elga Tarlon otani rahbar etib tayinlaydi, o'zi esa kelin bo'lib borgani Susambilga - suygan yori Baxtiyor yurtiga qaytadi:
Qui Tarlon shodligidan To'xtolmadi yig'idan, Barcha hayron edilar. Ular kelib Oygulga: «Bizlarni Susambilga Olib ketgin, - dedilar. - Bu xonlardan kuydik ko'p, Beklardan o'rtandik xo'p, Biz Jambilda turmaymiz, Bu yerlarda yurmaymiz.
Bizni qo'sh o'z elingga, El bo'lamiz biz senga...» Oygulga alamini, Barcha chekkan g'amini El aytib yig'lar edi. Oygul nazar tashladi, Shunday bir so'z boshladi: «Zolim xon quchdi o'lim, Endi sizga yo'q zulm. El, osoyish yasharsiz,
Va bekoyish yasharsiz. Susambilni qo'yinglar Va Jambilni suyinglar, Siznikidir tuprog'i, Sizniki tosh-u tog'i, Xon bo'lmasa Jambilda, Qayg'u ham bo'lmas dilda. Mana bu ota Tarlon Hammangizga bosh bo'lur, Sizlar uchun berar jon, Har yerda yo'ldosh bo'lur». Oyguldan jahon-jahon El barcha rozi bo'ldi, Qalbi shodlikka to'ldi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling