Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet109/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.O'tkir Hoshimov haqida nimalarni bilasiz? Gapirib bering.
2.«Dunyoning ishlari» qissasining umumiy mazmuni haqida so'zlab bering.
3.Asarda tasvirlangan ona obrazi bilan barchamizning onalarimiz o'rtasida qanday o'xshashliklar ko'ramiz.


III. YANGI MAVZU BAYONI.


DUNYONING ISHLARI
(Qissadan boblar) ALLA
Qabriston g'ishtin devor bilan o'ralgan. Darvozaning narigi tomo- nida - go'rkovning hujrasi. Berigi tomonida - tashqarida uning hovlisi.
Darvozaga yaqin kelishim bilan ichkaridan - hujra tomondan tilovat sadosi eshitildi. Xuddi shu payt hovli tomondan alia ovozi yangrab ketdi:
Alla-yo, alia, jonim bolam-a, alia...
Kim bo'ldi bu? Go'rkovning kelinimi? Qizimi?.. U hamon sokin tovushda davom etardi:
Uxla, qo'zim, alla-yo, shirin qizim, alia...
Ertalab yomg'ir yog'gan edi. Darvozaning temir panjaralarida suv tomchilari yaltiraydi. Ko'lmakda quyosh jilolanadi. Muzdek tutqichdan ushlagancha turib qoldim. Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alia. Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo'shilib bahor nafasiga to'lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi:
«Rabbano-o, rabbano-o-o...» «Alla-yo, alla»...
Bir xil bo'lib ketdim. Panjarador darvozaga suyanib uzoq turib qoldim.
Onam beshigim ustida alia aytganini eslay olmayman. Esimni taniganimda beshikda yotmaydigan bo'lgan edim. Biroq oyim ukamga alia aytganini eshitganman. Ko'p eshitganman.
Qish kechalari sandalga suqilib tizilishib yotardik. Uy nim qorong'i. Piligi pastlatib qo'yilgan chiroq xira nur sochadi. Shiftda lampa shisha uchidan chiqqan nur doirasi ko'rinadi. Chiroq doim bir joyda turgani uchun shiftning o'sha yeri sarg'ayib qolgan. Hamma yoq jimjit. Shu qadar jimki, dadamning hujrasidagi soatning chiqillayotgani ham eshitiladi. Tashqarida bo'ron guvullaydi. Quruq qorning derazaga chirsillab urilishi eshitilib turadi. Ukamning beshigi g'ichirlaydi. Onam alia aytadi.
Alia, bolam, uxlay qola-a, alia, Quchog'imda orom ol, alia...
Yo'q, bu qo'shiq emas. Oyimning ovozida qandaydir boshqa narsa bor. Mungmi, iltijomi...
Tog'lardagi shunqorim-ey, alia, Beshikdagi qo'chqorim-ey, alia...
Ukam ovunib qoladi. Oyimning o'zi ham beshikni quchoqlagancha mudrab ketadi. Bir mahal beshik ustidagi qo'li shilq etib yoniga tushdi. Ukam uyg'onadi, beshik yana g'ichirlaydi. Oyim ham cho'chib ko'zini ochadi. Beshikni ohista tebratadi:
Yigitlarning sardori bo'l, jonim-a, Yuragimning madori bo'l, alia...
Yana jimlik cho'kadi. Soat chiqillaydi, qor derazaga chirsillab uriladi. Sekin-sekin ko'zim uyquga ketarkan, qulog'im ostida yana o'sha ma'yus sado eshitiladi.
Oq uy - ola bargaklarda jonim-a, Yonib turgan chirog'imsan, alia...
Keyin... katta bo'lganimda ham qayerda alia eshitsam, negadir yuragim shirin orziqish bilan talpinib ketar, nega bunaqa bo'layotganini o'zim bilmas edim. Bir yili uch-to'rt qalamkashlar olis tog' qishlog'iga bordik. Mashina yurmas edi. Ot minib o'rganmaganim uchun charchab qoldim. Manzilga yetmasimizdan qorong'i tushdi. Yaylovdagi qirg'iz o'tovida tunab qolishga to'g'ri keldi. Qimiz ichdik, sovuq suzma yedik. Keyin birimiz namatga, birimiz po'stakka yonboshlagancha uxlab qolibmiz. Bir mahal sovuq qotib uyg'onib ketdim. Atrof jimjit. Faqat olisda it akillaydi. O'tov keragasidan shorn yegan oy mo'ralaydi. Shu payt qo'shni o'tovda chaqaloq yig'isi, ketidan ayol kishining alia aytayotgani eshitildi. Men uning so'zlarini aniq bilmasam ham alia aytayotganini his qilib turardim. Negadir yuragim shirin orziqib ketdi. Ayolning ovozimi, alia ohangimi, xuddi onamga o'xshab ketardi. Negadir shu ohang bilan qalbimga orom kirganday bo'ldi- yu, o'z-o'zidan ko'zlarim yumilib keta boshladi. Go'yo qirg'iz ayol bolasiga emas, menga alia aytayotganday... Yaqin orada bunaqa shirin uxlamagan edim.
Oradan uch-to'rt yil o'tgach, shunaqa holatni yana bir marta boshimdan kechirdim. Kislovodskka dam olishga borgan edik. To'rtta o'zbek yig'ilsa osh qilish harakatiga tushib qoladi. Sanatoriy yaqinidagi xonadondan qozon topdik. Bu yerning aholisi yoz paytida uyiga dam oluvchilarni ijaraga qo'yadi. Bu xonadonda ham sibirlik juvon ijarada o'tirarkan. Sap-sariq sochli, barvasta gavdali, yuzini sepkil bosgan juvon qishloq ayollariga xos soddadillik bilan bizga darrov elakishib ketdi. Kichkintoy o'g'ilchasini ko'tarib goh sabzi archishadi, goh idishlarni yuvadi. O'zbek palovining ta'rifini ko'p eshitsa ham hech yemaganini dilkashlik bilan aytib kuladi.
Birgalashib osh yedik, ko'k choy ichdik. Keyin sibirlik juvon kichkintoyini ko'tarib uyga kirib ketdi. Oradan chorak soatcha o'tgach, ichkaridan uning ovozi keldi:
Ba-yu ba-yushki, bayu, ba-yu-bay...
Qiziq, yuragimda yana o'sha shirin orziqish uyg'ondi. Uning ovozi ham onamnikiga o'xshab ketadi. Do'stlarim gangir-gungur suhbatlashib o'tirishibdi. Men bo'lsam ichkaridan chiqayotgan alia sadosiga quloq solaman. «Ba-yu, bay...»
Bu qanday holat?! Bu qanday sehr? Nima o'zi bu?
Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o'z seviklisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas, ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo'shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas, ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go4dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go'dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham Ona - tabiatning eng buyuk ixtirosidir.
Bilmadim... Qabriston darvozasi oldida, bir tomonda tilovat, bir to­monda alia yangrayotgan darvoza oldida turib shularni o'yladim-u g'a- lati bo'lib ketdim.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling