Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet111/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.«Alla» bobidagi ona allasining barcha uchun tushunarli, ya'ni umumbashariy hodisa ekanligi haqidagi gaplarni sharhlashga ha­rakat qiling.
2.Qissaning «Iltijo» bobidagi «Esingizdami, oyi...» deb boshlanuvchi so'nggi abzasini yod oling.
3.«Qarz» bobi so'ngida qo'shnining qizchasi Nilufar bilan suhbat chog'ida nega adibning qo'lidan konfetlar tushib ketdi? Hikoyani o'qib ma'nosini tushuntirib bering.
4.«Haqqush» hikoyasida noahil aka-ukalar qanday jazoga tortildi?
5.«Gilam paypoq» hikoyasida onaning bolasiga fidoyiligi nimalarda ko'rinadi?


III. YANGI MAVZU BAYONI.


HAQQUSH
Do'stlarim «Juda siqilib ketdingiz, aylanib kelamiz», deb tog'ga sudrashdi. Alla-pallagacha o'tgan-ketgandan gaplashib o'tirdik. Qiziq, har gal bosh ustiga bosib tushgudek mag'rur qad kerib turgan tog'larni, ulkan nowot parchasidek qirrador qoyalarni ko'rganda hayot abadiy emasligini o'ylayman. Qorong'i osmonda yana ham qoraroq soyadek qilt etmay turgan bu qoyalar bizga o'xshaganlarning necha-nechasini ko'rdi ekan?.. Faqat ularning tili yo'q...
Kechasi tunagan joyimiz sovuq edi. Anchagacha uxlay olmadim. Tashqarida teraklar shitirlaydi. Qayerdadir, yaqin joyda daryo shovullaydi. Bir mahal qulog'imga dilni orziqtiruvchi mungli tovush chalindi: «Haq-qu, haq-qu...» Bir zum sukunat tushdi-da, ancha olisdan yana o'sha tovush takrorlandi: «Haq-qu, haq-qu...»
Bola edim, go'dak edim. Onam aka-ukalar haqida g'alati bir cho'pchak aytib bergan edi. Emishki, bir zamonlar ikki aka-uka yashagan ekan. Birining oti Ilhaq, ikkinchisiniki Is'hoq ekan. Ikkalasi bir-birini ko'rarga ko'zi yo'q, juda noahil ekan. Ularning ko'nglini olaman, deb ikki o'rtada onalari adoyi tamom bo'pti. Shunda qodir tabiatning qahri kelibdi-yu, ikkovining ham ko'zini ko'r qilib, qushga aylantirib qo'yibdi. Shundagina aka-uka bir-birini ko'rmasa turolmasligini, bir-biriga kerak ekanligini tushunibdi. O'shandan beri ikkalasi kechalari bo'zlab bir-birini chaqirib chiqarmish-u, topolmas emish...
Tashqarida hamon terak barglari shitirlaydi. Daryo shovullaydi. Mana shu shovullagan sukunat ichida dilni titratadigan iztirobli nido yangraydi: «Ilhaq! Is'hoq!..»
Bechora onam! O'sha iztirobli afsonani aytayotganingda inidan mo'ralagan qaldirg'och bolasidek ko'rpadan bosh chiqarib yot­gan besh bolang bir-biri bilan inoq bo'lishini shunchalik xohlagan- miding!
... Onalar farzandlari hamisha birga bo'lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling