ILM O'RGAJVMOQ VA ILM O`RGATMOQNING FAZILATI
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko'rsatgan to'g'ri yo'l, yo'llanma) singari ilm ham ko'p yog'gan yomg'irga o'xshaydi. Ba'zi yer sof, unumdor bo'lib, yomg'irni o'ziga singdiradir-da, har xil o'simliklar va ko'katlarni o'stiradir va ba'zan yer qurg'oq, qattiq bo'lib, suvni emmasdan o'zida to'playdir, undan Alloh taolo bandalarini foydalantirgaydir. Odamlar suvdan ichgaydirlar, hayvonlarini va ekinlarini sug'orgaydirlar. Ba'zi yer esa tekis bo'lib, suvni o'zida tu- tib qolmaydir, ko'katni ham ko'kartirmaydir. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkindir: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o'rganadir, teran tushunadir va undan manfaatlanadir va Alloh yuborgan hidoyatni o'zi o'rganib, o'zgalarga ham o'rgatadir. Ik- kinchi bir kishi ilm o'rganib, odamlarga o'rgatadir. Ammo o'zi amal qilmaydir. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o'zi ham o'rganmaydir, o'zgalarga ham o'rgatmaydir. Bulardan birinchisi mo'min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir».
QARINDOSHLARIGA MEHR-OQIBATLI ODAMNING RIZQI ULUG4 BO'LMOG'I HAQIDA
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki rizqim ulug', umrim uzoq bo'lsin desa, qarindosh-urug'lariga mehr-oqibatli bo'lsin!» deganlarini eshitgan- men», - deydilar.
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki rizqim ulug', umrim uzun bo'lsin desa, qarindosh- urug'lariga mehr-oqibatli bo'lsin!» - deganlar».
BARCHA ISHDA XUSHMUOMALALIK DARKORLIGI HAQIDA
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari - Oysha raziyallohu anho Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytib bergan ekanlar: «Bir to'da yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirib: «As-somu alaykum!» (ya'ni, «Sizga o'lim!») - dedi. Men ularning gapini anglab: «Va alaykumu-s-somu va-l-la'na!» (ya'ni, «Sizga ham o'lim va la'nat!») - dedim. Janob Rasululloh: «Yo
Oysha, shoshmay turgMl! Alloh taolo barcha ishda xushmuomalalikni yoqtirg'aydir», - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, ularning nima deganini eshitmay (anglamay) qoldingiz!» - dedim. Janob Rasululloh: «Sizlarga ham, dedim-ku, axir!» - dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |