II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.«Tab'i aybjo'ylik bo'lsa agar bas, Tovus oyog'idan boshqasin ko'rmas» satrlari ma'nosini tushuntirib bering.
2.«Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog'i» hikoyatini so'zlab bering. Ushbu she'riy hikoyatdan qanday fikrlar topdingiz?
III. YANGI MAVZU BAYONI.
«GULISTON» dan
Huriar o'rganmoq haqida
Bir hakim o'g'ullariga mundoq pand berur edikim: «Ey jon farzandlarim, hunar o'rganinglar, negakim, mulk va molg'a e'timodyo'qdurur. Siym va zarxatar mahallidadur - yo o'g'ri barchasini birdan olur va yo hakim oz-oz olib yo'q etar. Ammo hunar chashmayi ravon va davlati bepoyondurkim, agar hunarmand odam davlatdin tushsa, hech g'am va alami yo'qdur. Nedinkim, hunar aning zotida ulug' davlatdur va har yergakim borsa, sohibi qadr bo'lur va majlisning yuqorisida o'lturur va hunarsiz kishi gadoylik qilur va har joygakim borsa, beqadr va bee'tibor bo'lur».
Bayt:
Ota merosini gar istasang, o'rgan ota ilmin, Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o'lg'ay.
DARYO KO'RMAGAJV QUL HIKOYATI
Bir podshoh bir ajamiy g'ulom bila kemaga mindi. G'ulom hargiz daryoni ko'rmamish erdi va kemaning haybat va mehnatin bilmamish
erdi. Vahm bila ko'p yig'lab, zorlig' qilib, a'zo va andomig'a larza va beqarorlig' yetishti. Har nechakim mulotafat ko'rguzub, tadorik4in qilur erdilar, aslo orom topmas erdi. Bu jihatdin, podshohning ayshi tiyra5 bo'lur erdi. Hech chorasin topmas erdilar, ammo hamul kecha ichida bir hakim bor erdi. Podshohga dedi: «Agar ruxsat bersangiz, man bir ish etib, ani xomush qilurman». Podshoh dedi: «Agar mundoq qilsang, bizning haqimizda nihoyatsiz karam qilmish6 bo'lg'aysan». Ondin so'ng hakim buyurdi, to g'ulomni sochidan tutub, daryog'a tashladilar. Uch navbat cho'mg'ondin so'ng tortib, kemaning oldig'a yovuq7 kelturdilar. G'ulom jon havPidin ikki qo'li bilan kemadagi kishilarning qo'lig'a yopushib, zo'r bila o'zini kema ichiga olib, bir go'shada o'lturub, orom tutdi. Podshohg'a bu hoi taajjub ko'runub, so'rdikim: «Munda ne hikmat bor erdi?» Hakim dedi: «G'ulom burun- din g'arq bo'lmoq mehnatin ko'rmamish erdi, lojaram, kema ichining salomatligi qadrin bilmas erdi, emdi bildi, andoqkim, ofiyat qadrin bir musibatg'a giriftor bo'lg'on kishi bilg'usidur».
Qit'a:
Qorning to'q esa, arpa noni yaxshi ko'runmas, Gar och ersang, oy qursi kabi xo'b erur va sof. A'rof1 behisht o'lg'usidur do'zax eliga, Jannat eliga bo'lg'usi do'zax vale14 a'rof.
Do'stlaringiz bilan baham: |