Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


Download 0.54 Mb.
bet149/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.«Hunar o'rganmoq haqida» hikoyatida hunarli va hunarsiz qanday taqqoslab ko'rsatiladi?
2.Sa'diy asarlarini o'zbek o'quvchilari qayoqdan biladilar? Shoir ijodining o'zbek adabiyotiga ta'siri haqida nima deya olasiz?


III. YANGI MAVZU BAYONI.
Abdulla Avloniy
(1878-1934)
A ziz bolalar, milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1878- yil 12- iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida hunarmand-to'quvchi oilasida tug'ildi. U yetti yoshida O'qchi mahallasidagi boshlang'ich maktabga o'qishga bordi, uni 1890- yili tugatgach, shu mahalladagi madrasa- da tahsil oldi. Keyinroq tahsilni Shayxontohurdagi madrasada davom ettirdi. Qish kunlarida o'qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan mash- g'ul bo'ldi. Yosh Abdullada she'r yozishga ishtiyoq o'n besh-o'n olti yoshlarida paydo bo'ldi.
Abdulla Avloniyning ilk she'riy mashqlari 1894- yilda bitilgan. U 1905- yildan boshlab o'z mashqlari bilan matbuot sahifalarida qatna- sha boshladi. Abdulla Avloniy biroz muddat 1905-1908- yillarda ga- zetchilik bilan shug'ullandi. 1906- yilda chiqa boshlagan «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo'ldi. 1907- yil 4- dekabrda Avloniy muhar- rirligida bu gazetaning birinchi soni bosmadan chiqdi. Ma'rifatparvar shoir uni o'z uyida - hozirgi Mirobod tumanida tayyor lab, chop etdi. Bu juda mashaqqatli ish edi. O'zingizga ma'lum, o'sha vaqtda gaze- talar hozirgidek avtomat dastgohlarda emas, qo'lda bosilardi, sahifalar kompyuterda terilmas, balki yog'ochdan ishlangan qoTbola harflar yordamida shakllantirilardi. Gazetaning har bir soni ana shunday zah- mat bilan tayyorlanar edi. Abdulla Avloniy ma'rifat yoTida har qan­day mehnat va mashaqqatni yengib o'tgan bobolarimizdan biri edi. Keyinchalik «Shuhrat», 1908- yildan nashr etila boshlagan «Osiyo» gazetasi ham yopilgach, Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida mak- tabdorlik bilan shug'ullana boshladi. Abdulla Avloniy ochgan maktab o'z davrining yangi usuldagi ilg'or maktablaridan biri edi.
Abdulla Avloniy o'z hayoti davomida ham ijodiy, ham amaliy ish bilan shug'ullandi. 1909- yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini ochdi va mahalliy xalq bolalarining o'qib, bilim olishiga ko'maklashish maq- sadida pul yig'ib, maktablarga tarqatdi. 1913- yilda «Turon» jamiyatini ochdi. Uning vazifasi aholi o'rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg'otish, xalq uchun spektakllar qo'yib berish va ular orqali ommaga ma'naviy oziq berish; klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish; o'quvchilarga moddiy yordam ko'rsatish va hokazolardan iborat edi.
A. Avloniy jamiyat qoshida «Turon» nomli teatrni ham tashkil etdi. O'zining e'tiroficha, o'ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o'zbekchaga tarjima qildi, 3 ta yangi pyesa yozdi va ularni sahnalash- tirdi.
Abdulla Avloniy xalqni ma'rifatga undashning o'zi kifoya emas- ligini yaxshi bilgan, shuning uchun ham u yuqorida eslatib o'tga- nimizdek, yangi uslub maktabini ochib, bu maktabda o'zi bolalarni o'qitadi. Shu maktab uchun «Birinchi muallim» (1909- y.), «Ikkinchi muallim» (1912- y.), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913- y.), «Maktab gulistoni» (1916- y.), shuningdek, olti qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she'rlar» (1909-1916- yy.) singari darsliklar, alifbo va o'qish kitoblarini yozdi.
Ushbu kitoblar bolalar yoshi va saviyasiga mosligi, o'quvchilarni tezroq savodxon qilishga yo'naltirilganligi bilan zamonasining bosh­qa ta'limiy kitoblaridan ajralib turadi. Keyinchalik ushbu kitoblar Toshkentdagi barcha yangi usul maktablari uchun qayta-qayta nashr qilindi. Bundan tashqari u o'tgan asrning 30- yillarida 7- sinf o'qish xrestomatiyasmi tuzib nashr ettirdi. Unda o'z davridagi ko'plab o'zbek adiblari hamda rus, jahon adabiyotining qator vakillari haqida biografik maTumotlar keltirilgan, ularning mashhur asarlaridan namunalar beril- gan edi.
A. Avloniy 1919-1920- yillarda diplomatik vazifalarda ishla- di. So'ng umrining oxirigacha O'rta Osiyo Davlat universitetida dars berdi.
Abdulla Avloniy 1927- yilda «Mehnat qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. 1930- yili «0'zbekiston xalq maorifi zarbdori» unvoni berildi.
Abdulla Avloniy 1934- yil 25- avgustda vafot etdi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling