Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma
II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
Download 0.54 Mb.
|
5 adabiyot dars konspektlar
II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Abdulla Avloniy hayoti va ijodini gapirib bering. 2.Avloniyning matbuot va gazetchilik faoliyati haqida nimalar bilasiz? 3.Abdulla Avloniy «Turon» jamiyatini tuzib, unda qanday ishlarni amalga oshirdi? III. YANGI MAVZU BAYONI. VATANNI SUYMAK Vatan. Har bir kishining tug'ulub o'skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ulgan, o'sgan yerini jonidan ortuq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o'z vatanidan - uyuridan ay lr lis a, o'z yeridagi kabi rohat- rohat yashamas, maishati talx bo Tub, har vaqt dilining bir go'shasida o'z vatanining muhabbati turar. Biz turkistonlilar o'z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig'imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig' cho'llarini, eskimo'lar shi- mol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yer- larga o'z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo'lguncha, o'z yurtingda cho'pon bo'l», - demishlar. Men ayblik emas, ey vatanim, tog'larim, Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog'larim. Hijron qilodur meni judolig', Do'ndi g'ama ro'z-u shab chog'larim. Hammaga maTumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o'lan Arabistonga bog'larini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o'z vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, ya'ni bu- larni tortib kelturgan quwat o'z vatanlarining, tuproqlarining mehr-u muhabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sollallohu alayhi vasallam afandimiz: «Hubbul-vatani minal-imoni - Vatanni suymak imondandur», - demishlar. Vatan, vatan deya jonim tanimdan o'lsa ravon, Bango na g'am, qolur avlodima o'yu vatanim. G'ubora do'nsa g'amim yo'q vujud zeri vahm, Charoki, o'z vatanim xokidur go'r-u kafanim. Tug'ilib o'sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok, O'lursa aslina roje', bo'lurmi man g'amnok. VATAN Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim sening qadring bilmas - aqli pastdur. Sening tuyg'ung yuraklarga savdo solur, Sening darding boshqa dardni tortib olur. Yering, suving bizni boqub to'ydiradur, Semiz-semiz qo'ylaringni so'ydiradur. Olma-anor, anjir, uzum - mevalaring, Ot-u ho'kuz, echki, taka, tevalaring. Bizlar uchun xizmat qilur barchalari, Har birlari noz-u ne'mat parchalari. Sendan tug'ub, katta bo Tub, qaytib borub, Yana senga kiradurmiz bag'ring yorub. Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan! Javlon urub yashaydurgon xonamizsan! Seni sotmoq mumkinmidur, o'zing o'yla, Tiling bo'lsa, hasratlaring tuzik so'yla! Bizlar sotmas burun qilur erding faryod, Biz sotgan so'ng nega dersan bizlardan dod. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling