Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


Download 0.54 Mb.
bet18/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

KIYIK BILAN TOKZOR
Ovchilar ta'qibidan qochgan kiyik tokzorga yashirindi. Ovchilar payqamay o'tib ketishgach, endi xavfdan qutuldim, deb xayolladi- yu tok barglarini uzib-uzib yeyishga tutindi. Ittifoqo shu payt ortiga o'girilgan ovchi kiyikni payqab qoldi: darhol o'q uzib, jonivorni yarador qildi. O'limi yaqinlashganini sezgan kiyik afsus-nadomatda ingrandi: «Qilmish-qidirmish: tok meni qutqargandi, men esa uni nobud qilishga qasdlandim».
Alqissa, kimki o'ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog'insa, u, albatta, jazoga yo'liqqay.
Ushbu hayotiy lavha yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob qaytarishga undaydi. E'tibor qiling-a, tokzor kiyikni o'limdan asrab qoldi. Kiyik buning uchun bir umr minnatdor bo'lib, imkoni yetga- nicha tokzorni asrashi, uni har kim payhon qilmasligi uchun jon kuy- dirishi lozim edi. Ammo, u aksincha ish tutib, xavfdan qutuldim, ya'ni jonim omon qoldi, endi qornimni o'ylashim kerak, deb hozirgina uni yashirgan tok barglarini yeyishga tushadi. Shu bois ham kiyik o'sha zahotiyoq jazolanadi. Bu bilan Ezop yaxshilikka yomonlik qi- lish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish barobarida, insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytning o'zida erishaman deb, ochko'zlik qilmaslikka da'vat etadi. Bunday tushuncha Sharqda ham keng tarqalgan. Jumladan, bizning zaminimizdan yetishib chiqqan ko'plab allomalar, adib va shoirlarimizning asarlarida shunday g'oya ilgari suriladi. Chunki insoniy fazilat yoki illatlarning millati, chegarasi yo'q. Inson zoti yaralibdiki, yaxshilik, ezgulik bilan birga yomonlik, tubanlik yashab keladi. Har bir inson, awalo yaxshilik nima-yu, yomonlik nima - farqiga borishi, o'z ongi, aql-u farosati bilan anglab olishi kerak.
IV.MUSTAHKAMLASH
1.Do'stlik, sadoqat degan tushunchalarni qanday tushunasiz?
2.Alisher Navoiyning do'st qanday bo'lishi lozimligi haqidagi fikxlarini aytib bering.
3.«Kiyik va tokzor» masalida Ezop qanday insoniy fazilatlar haqida so'z yuritadi?
4.«Bo'ri bilan laylak» masalida bo'ri qanday insonlarning majoziy obrazi?



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling