Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma


FK-fanga oid kompetensiyalar


Download 0.54 Mb.
bet65/172
Sana28.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1136663
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172
Bog'liq
5 adabiyot dars konspektlar

FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)
FK2- Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki
Mashg’ulot jihozi:
2. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
3. Doska, bo’r, daftar, ruchka
Mashg’ulot jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism:
A)Salomlashish.
B) Davomatni aniqlash.
V) o`quvchilarni darsga tayyorlash


II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.«Uloqda» hikoyasida asosiy hikoyachi kim?
2.«Tomoshaga tayyorgarlik)) mavzusida suhbatlashing.
3.Hikoyachining «Turg'un chavandoz)) nomini olishga qiziqishi- ning sabablari nimada deb o'ylaysiz?
4.«Mas'uliyat)) tushunchasini qanday izohlaysiz?
5.«Uloqda)) hikoyasidan yozuvchi ko'zlagan bosh g'oya nima?
6.Jahon va o'zbek adabiyotidagi hikoyanavis yozuvchilardan kimlarni bilasiz?


III. YANGI MAVZU BAYONI.


HIKOYA HAQIDA TUSHUNCHA
Siz hayotingizda «falonchi voqeani hikoya qilib berish» qabilidagi so'zlarni ko'p eshitgansiz. Lekin biz ta'rif berib, izohlamoqchi bo'layotgan «hikoya» aytib berish yoki gapirish ma'nosida emas. Badiiy adabiyotda «hikoya» deb ataluvchi alohida adabiy janr mavjud. Uning ta'rifi quyidagicha:
Hikoya - yozuvchi tomonidan kuzatilgan, idrok etilgan ibratli voqea va hodisalarni ixcham shaklda badiiy ifoda etuvchi nasriy asar. Unda bir yoki bir necha qahramonlar ishtirok etib, hayotiy yoki xayoliy hodisalarning muhim bir jihati tasvirlab beriladi.
Hikoyaning jahon adabiyotida juda xilma-xil turlari mavjud bo Tib, bu janrga ko'plab buyuk yozuvchilar murojaat etishgan. Prosper Me- rime, Gi de Mopassan, O. Genri, A. P. Chexov, Jek London, I. Bunin, S. Sveyg, D. Djoys, A. Morua kabi adiblar hikoyachilikda katta shuh­rat topganlar.
O'zbek adabiyotida Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Shukur Xolmirzayev, O'tkir Hoshimov, Erkin A'zamov kabi yozuv­chilar hikoya janrining ustalari sifatida e'tirof topganlar.
Ayniqsa, Abdulla Qahhorning «0'g'ri», «Bemor», «Anor», «Boshsiz odam» kabi qator hikoyalari o'zbek adabiyotidagi hikoya janrining mumtoz namunalari hisoblanadi. Bularda yozuvchi ko'r- gan, kuzatgan yoki eshitgan voqealarini teran idrok etib, insonlar hayotining o'ziga xos jihatlaridan birini, turmushning alohida olingan biror lavhasini tasvirlaydi. Shu orqali kitobxonga ta'sir ko'rsatib, uni fikrlashga, o'y-mulohazaga undaydi, badiiy zavq va hayajon bag'ishlaydi, ibratli xulosalar chiqarishga da'vat etadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling