Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan
UNDALMANING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI
UNDALMANING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
Hozirgi o'zbek adabiy tilida bir guruh so'zlar borki, ular gap tarkibida kelib, gap bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv, bitishuv yo‘llari orqali aloqaga kirmaydi, gapning umumiy mazmuni bilan bog’lanib, gapga va uning bo'laklariga tegishli bo'lib, so’zlovchining o'z suhbatdoshiga murojaatini, aytilayotgan fikrga munosabatini bildiradi, gap bo'laklaridagi maxsus ohang bilan ajratib aytiladi. Bunday so'z va so'z birikmalari grammatikada gap bo'laklari bilan ____________________________________________________________⁵ «Грамматика русского язика», том II, часть 2, М„ Изд-во АН СССР, 1954, стр. 134. 6 grammatik bog'lanmagan so'zlar termini bilan yuritiladi. Gap bo'laklarn bilap grammatik bog’lanmagan bo'laklar haqida fikr yuritar ekanmiz, dastavval, gap bo'laklari haqida qisqacha bo'lsa ham to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Gap qurilishida qatnashgan, maʼlum bir so'roqqa javob bo'lgan har bir mustaqil so'z gap bo'lagi bo'la oladi. Gap bo'laklarining har biri mazkur gapning boshqa bir bo'lagi bilan adoqaga kirishadi. Yordamchi so'zlar alohida o'zi gap bo'lagi bo'la olmaydi, ular gap bo'laklarining o'zaro sintaktik munosabatga kirishishlari uchun xizmat qiladi. Gap bo'lgklari bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga bo’linadi. Bosh bo'laklar ega va kesimdan iborat bo'lib, gapning asosini tashkil qiladi. Ikkinchi darajali bo'laklar to'ldiruvchi, hol va aniqlovchidan iborat bo'lib, bosh bo'laklarda ifoda qilingan asosiy fikrni to'ldiradi va harakatning o'rinini, maqsadini bildiradi. Gap bo'laklari gapning boshqa bir bo'lagi bilan o'zaro yo moslashuv, yo boshqaruv, yo bitishuv yo'li bilan aloqaga kirishadi va o'zaro zich bog'lanib, turli munosabatlarni anglatuvchi so‘z birikmalarini tashkil qiladi. Masalan: Maktab o'qituvchilari nazariy konferensinlarga aktiv qatnashmoqdalar. Bu gapda ega bilan kssim (o’qituvchilar qatnashmoqdalar), qaratqich bilan qaralmish (maktab o‘qituvchilar) moslashuv, to'ldiruvchi bilan kesim (konferensiyalarga qatnashmoqdalar) boshqaruv, sifatlovchi bilan sifatlanmish (nazariy konferensiya), hol bilan kesim (aktiv qatnashmoqdalar) bitishuv orqali aloqaga kiradi. Gap bo'laklari bilan grammatik bog'lanmagan bo'laklar esa gap bo'laklari kabi maʼlum bir so'roqqa javob bo'lmaydi, ulardek moslashuv, boshqaruv, bitishuv orqali aloqaga kirishmaydi. Demak, ganning bosh va ikkinchi darajali bo'lagi bo'la olmaydi. Gap bo'laklari bilan grammatik bog'lanmagan bo'laklar kirish bo'lak, gap boshida keluvchi tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, yo'q so'zlari va undalmadan ibaratdir. Kirish bo'lak so’zlovchining gapida aytilayotgan fikrga munosabatini bildiradi. Kirish bo'laklar aytilayotgan fikrning kimga qarashliligini, yoki avvalgi fikr bilan bog’liqligini, ikki yoki bir necha fikrning tartibi, ishonch va tasdiq, achinish, taajjub kabi maʼnolarni anglatadi. Bular gapning har qayerida keladi va og'zaki nutqda maxsus intonasiya bilan aytiladi, yozma nutqda esa tinish belgilari bilan ajratiladi. 7 Tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, yo'q so'zlari gap boshida kelib, so'zlovchining aytilayotgan gapdan anglashilgan fikrga munosabatini, yaʼni fikrning tasdiq yoki inkor ekanligini ko'rsatadi. Ha, yo'q so'zlari gap bo'laklaridan pauza bilan ajratiladi. Undalma so'zlovchi bilan tinglovchining o'zaro munosabatini bildiradi. U gap tarkibiida kelib, o'zi ishtirok etgan gapning mazmuniga tegishli bo'ladi. Undalma gap bo'laklaridan maxsus intonatsiya bilan ajratib aytiladi. Undalma, kirish bo'lak, javob bo'laklari o'zlarining umumiy xususiyati bilan bir kategoriyani tashkil qilsa ham, ammo ularning har biri o'ziga xos xususiyatlari bilan bir-birlaridan ajralib turadi. Masalan: Undalmaning kirish bo'lak va javob bo'lak bilan umumiy tomoni gap tarkibida kelib, gap bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv, bitishuv orqali aloqaga kirmasligi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo'lagi vazifasida kelmasligi bo'lsa, leksik-semantik xususiyatlarini, ifodalashni, stilistik roli, asosan ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'lishi uning o'ziga xos xususiyatlaridir. Undalma so'zlovchi bilan tinglovchining o'zaro munosabatini bildiradi. So'zlovchining tinglovchiga bo'lgan munosabati murojaat qilish, undash orqali bo'ladi. So'zlovchining bu xil munosabatini, undashini ifodalovchi so'z grammatikada undalma hisoblanadi. Undalma orqali so'zlovchining nutqi shaxslarga qaratiladi. Maʼlum bir maqsadni amalga oshirish uchun so'zlovchi tinglovchiga undaydi, unga murojaat qiladi. Murojaat qilingan, undalgan shaxsning ifodasi bo'lgan so'z undalma bo'lib keladi. So'zlovchi yoki yozuvchi lisonda mavjud bo'lgan xususiyatlarni baʼzan hayvonlar, parrandalar kabi jonli predmetlarga ko'chiradi. Shu jonli predmetlarning ifodasi bo'lgan so'zlar undalma bo'lib keladi. Masalan: Sayra, qushcham, sayra. Qushda sayrash qobiliyati bor, lekin unda ongli ravishda gapga tushunish, iltimos yoki buyruqni bajarish xususiyati yo'q. Demak, bu misolda insonga xos xususiyatlar qushga ko'chirilgan. Undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z birikmasi undalma deb ataladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratiladi. Undalma boshqa gap bo‘laklari bilan faqat mazmunan bog‘langan holda bo‘ladi. 8 O’zbek tilshunosligida undalma olimlar A.Sayfullayev, Z.Akbarovalar tomonidan monografik tadqiq qilingan. Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lana olmaydi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling