Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
“Ro‘yxatga olindi”
O’quv ishlari bo’yicha dekan 
muovini I.Sayitqulov 
2022-yil “_____” “_____” 
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 201-GURUH TALABASI
QO‘CHQARBOYEVA DILAFRUZ DILSHOD QIZINING HOZIRGI O’ZBEK
ADABIY TILI FANIDAN YOZGAN 
“UNDALMA VA UNING SEMANTIKASI“ MAVZUSIDAGI
Ilmiy rahbar: Nargiza Ahmedova  

“Himoyaga tavsiya etilsin” 
“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri 
_____________________________ 
2022-yil “_____” “_____” 
Toshkent-2022 


Kurs ishi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbеk tili va 
adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan. 
Ilmiy rahbar – auodNargiza Ahmedova
Himoya 2022-yil _______ oyining ____ kuni soat_____ da Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 
o’zbek tilshunosligi kafedrasida kurs ishlari himoyasi yig’ilishida 
o’tkaziladi. 
Manzil: ______________________________ 
Kurs ishi 2022-yil ___ oyining ___ kunida kafedraga topshirildi. 
Kurs ishi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat tili va adabiyoti 
universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida tanishish mumkin.
Manzil: ______________________________ 
Yig’ilish kotibi: ____________________ 


MUNDARIJA 
KIRISH
........................................................................................4 
Undalmaning umumiy xarakteristikasi 
...................................6 
ASOSIY QISM
I. 
Undalmaning leksik-semantik 
xususiyatlari……………………...……………….....10 
II. Undalmaning morfologik-sintaktik ifodalanishi…...14 
III. Undalmaning tarkibi ………………..……...……….18 
IV. Undalmaning gapdagi o’rni va undalma
intonatsiyasi……………………………………….…22 
XULOSA
…………………………………………………................25 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
...............
...
27 



KIRISH 
O‘zbek tilshunosligida grammatik kategoriyalarni o’rganish sohasida bir 
qancha ilmiy asarlar,maqolalar va dissertatsiyalar yozilgan bo’lsa-da, uning 
ko‘pgina sohalari hali yetarli darajada o’rganilmagan. Jumladan, o'zbek tili 
grammatikasining sintaksis qismi hozirgacha ilmiy asosda to’la ishlab 
chiqilmagan. Sintaksis bahsida hali tekshirilishi zarur bo’lgan anchagina masalalar 
mavjud. “O‘zbek tili grammatikasining gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan 
bog’lanmagan so‘zlar” deb yuritiluvchi bo’limi huddi shunday masalalar jumlasiga 
kiradi. 
Ulug’ Oktyabr sotsialistik rezolyutsiyasiga qadar o‘zbek tili grammatikasi 
ilmiy asosda o’rganilmagan. Faqat M.A.Terentev¹, V. Nalivkin², A. Alekseyev, A. 
Vishnegorskin³ kabi olimlar o‘zbek tilini o’rganuvchilar uchun amaliy qo’llanma 
sifatida lug’atlar va o’zbek tilining elementlar grammatikasini tuzganlar. Biroq bu 
qo’llanmalarda gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan so’zlar 
haqida deyarli hech nima deyilmagan, faqat ba’zi bir misollar keltirish bilangina 
chegaralaridan, holos.
1950-yilda E.I. Ubryatovaning «Исследования но синтаксису якутского 
язьжа» nomli asari nashr qilindi. Bu asarda Yakut tilida gsp bo‘laklari bilan
grammatik jihatdan bog‘lanmagan so‘zlar va ularning ayrim xususiyatlari
to’g’risida fikr yuritiladi hamda undalma haqida quyidagilarni bayon qiladi. 
_______________________________________________________ 
¹ М. А. Терентьев, Грамматика турецкая, персидская, киргизская и узбекская, 
кн. 1, СПб, 1875. ² В. Наливкин. 
Русско-сартовскнй и сартовско-русский словарь обшеупотребительннх слов с 
приложением краткой грамматики по наречиям Намаиганского уезда. Қазань, 
1884. ³ А. Алексеев, А. Вишнегорский, Самоучитель 
сартовского язмка (Чтение, письмо и грамматика сартовского язика), 
Ташкент, 1884.



1.Undalma Yakut tilida o‘zi ishtirok qilgan gap bilan grammatik jihatdan 
bog‘lanmaydi. Undalma vazifasida ko’pincha ot va olmoshlar qo’llaniladi. 
2. Undalma vazifasida qo‘llanuvchi otlardan ko’pincha atoqli otlarni, 
qarindoshlik va yoshni bildiruvchi turdosh otlarni, shuningdek, faqat undalma
vazifasida qo‘llaniluvchi maxsus so‘zlarni uchratish mumkin. 
3. Undalma Yakut tilida kichraytirish va ertalash kabi emotsionallikni 
bildirish xususiyati bilan ajralib turadi. 
4. Undalma vazifasida erkalashni bildiruvchi turli so’zlardan unumli 
qo’llaniladi. Bunday undalmalar ayniqsa, folklorda va xalq og’zaki ijodi uslubida 
yozilgan asarlarda ko‘p uchraydi.
A. H. Sulaymonovning «O‘zbek tilida atov gap, undalma va vokativ gaplar» 
degan ilmiy ishida undalma haqida quyidagi yangi fikrlar bayon qilinadi: 
1. Undalma so'zlovchining o'ziga qaratilgan gap bo'lishi, yaʼni so'zlovchi 
o'zini atab, o'z-o'ziga murojaat qilishi mumkin. 
2. Nutq biror shaxsga sirtdan turib ham qaratilishi mumkin. Bundan tashqari
hech qanday obyekt bo'lmaganda ham, nutqda undalmalar qo'llanishi mumkin. 
3. Baʼzan so'zlovchi bir shaxsning o'zini bir necha nom bilan ataydi. Bu 
holda bu nomlardan asosiy undalma bo'lib, boshqalari esa asosiy undalmaga 
nisbatan izohlovchi bo'ladilar va stilistik jihatdan so'zlovchining o'zi murojaat 
qilgan shaxsga munosabatini, ko'rsatadilar: 
Ey, muqaddas guldiyorim, gulshanim, jonim mening
Men sening bag'ringda o'sdim, yo'qdir armonim mening⁴. (Uyg‘un) 
Keltirilgan misolda uchta undalma bo'lib (gul diyorim, gulshanim, jonim), 
bu undalmalar birgalikda bir obyektni yaʼni Vatanni ifodalaydi. Bu 
____________________________________________________________ 
⁴ А. Ҳ. С у л а й м о н о в, Узбек тилида атов гап, ундалма ва вокатив гаплар, 
УзДУ асарларн, янги серия, № 66, Самарқанд, 1956. 

xil undalmalarni murakkab undalmalar deyish maqsadga muvofiqdir. Rus tili 
grammatikasida bu xil undalmalar murakkab undalmalar qatoriga kiritilgan⁵.


O‘zbek tili va umuman, turkiy tillar grammatikasiga doir nashr qilingan kitoblari 
bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan so‘zlar, uning bir turi bo‘lgan undalma, 
undalmaning vazifasi, ifodalanishi, yirik va yoyiq holda qo’llanishi kabi 
xususiyatlari haqida izohli fikrlarini bayon qilingan. Bu fikrlar undalma
grammatik va leksik-semantik xususiyatlarini to’la ochib bera olmaydi.Yuqorida 
qayd qilingan asarlar undalmani o’rganishga bag’ishlangan maxsus ilmiy asarlar 
mavjud emas, shuning uchun bularda undalma chuqur va to‘la yoritilmagan va 
ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. 
Gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan so'zlar sintaksisdagi 
yirik kategoriyalardan biridir. U o'zining maʼno xususiyati, vazifasi, hajmi, 
umuman, rang-barangligi bilan sintaksisdagi boshqa kategoriyalardan 
qolishmaydi. Bu guruh so'zlarning bir turi bo'lgan undovlar S. Usmonov 
tomonidan ishlandi. Lekin undalma, kirish so'z, ha, yo‘q so'zlari kabi grammatik 
kategoriyalar hali etarli ishlanmagan.
Undalma, kirish so'z, tasdiq va inkorni bildiruvchi ha,yo‘q, so'zlari gap 
bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmagan so'zlar kategoriyasini tashkil 
qilsa ham, ular maʼno xususiyati, vazifasi bilan bir-birlaridan farq qiladilar. 
Undalma maʼno xususiyati, sostavi, gapdagi o'rni va stilistik roli jihatidan juda 
ham xilma-xildir. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling