Marayim, saman toyni minib, hozir shaharga chop! (H. Shams).
Ism va familiya
: — Xo'sh, Temir Mardonov, bu gapga siz nima deysiz? (Yashin).
Zaxar Zaxarovich, kurortdan kelayotganga o'xshaysiz? (Oydin).
Kasb-hunar
: Hoy cho'pon, o'zing kimsan, mendek baobro' cholga nima deb tuhmat
qilayotibsan... (Ertakdan).
O‘shqirma menga, temirchi,— dedi G'ozi jahl bilan, aflotun bo'lsang ham, sekin
gapir (I. R a h i m).
Mashg'ulot:
Er, suv endi, dehqon, seniki,
Quyosh singgan zamon seniki!
(Oybek).
Sizga bag'ishlanur, o' q u v ch i m,
Ijodimning eng asl bobi
(U y g' u n).
U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifoda etiladi. Bu jihatdan
undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan
bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga undash intonatsiyasi, pauza (to‘xtash) bilan
aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi, ya’ni ega kesim bilan shaxs va son(birlik va
ko‘plik)da moslashadi, undalma esa moslashmaydi:
Karimjon ertaga keladimi
gapida (ega -3-shaxs,
birlikda) (kesim – 3-shaxs birlikda)?
Karimjon, ertaga kelasizmi
gapida (undalma –
3-shaxs, birlikda) (kesim - 2-shaxs, ko‘plikda) ayrim hollarda,
ayniqsa, she’riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning nomini bildirgan
so‘zlar ham undalma bo‘la oladi:
Quyosh, nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding. (U.Nosir).
She’riy asarlarda shoir ba’zan o‘ziga, ya’ni
so‘zlovchiga ham qarata murojaat etishi mumkin:
Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon.
Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |