Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan
To'rtinchi! To'rtinchi! Yigirmaga
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. So‘z birikmasi bilan ifodalangan undalmalar
To'rtinchi! To'rtinchi! Yigirmaga quloq sol. Mana, o'rtoq polkovnik (Ya sh i n).
3. Otlashgan sifatdoshlar bilan: Parchalandi u tuzilish, yuzin ochdi tekis turmush. E z i l g a n l a r! Endi yo'qdir ustingizda dahshatli musht: (Oybek) III. Olmosh yoki undov bilan ifodalangan undalmalar. Undalmaning olmosh bilan ifodalanishi haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. A. G'ulomov bu haqda shunday deydi: «Ikkinchi shaxs (birlik, ko'plik — sen, siz) olmoshlari hech qachon undalma bo'lmaydi». Turkiy tillar grammatikasida, masalan, yakut va ozarbayjon tillari grammatikasida undalmaning olmosh bilan ifodalanishi ko'rsatiladi. Shuningdek, undalmaning olmosh bilan ifodalanishi haqida rus tili grammatikasida ham har xil qarashlar bor. I. V. Ustinov, A. M. Finkel, N. M. Bajenovlar esa hozirgi rus adabiy tilida undalmalar kishilik olmoshlari bilan ifodalanmaydi degan fikrni ilgari suradilar. So'zlovchi tinglovchining maʼlum bir harakatidan xafalanib, xursand bo'lib, yoki tinglovchiga mensimaslik bilan qarab murojaat qilishi, undashi mumkin. Bunday vaqtlarda undalma olmosh bilan ifodalanib keladi. Undalmaning olmosh bilan ifodalanishi ot va otlashgan so'zlar bilan ifodalanishiga qaraganda kam uchraydi. Undalma olmoshning barcha turlari bilan ifodalanmaydi, faqat birlik va ko'plik sondagi ikkinchi shaxs kishilik olmoshlari (sen, siz) bilangina ifodalana oladi. Misollar: 1. Ey sen, dangasa! Nega sen soyada yotibsan? (Afandi latifalari). 2. Ay siz, mening kichik do‘stlarim, Vataningiz sevar shunchalar (Diyor). IV. So‘z birikmasi bilan ifodalangan undalmalar . Undalma sintaktik birikmalar va ularning har bir turi bilan ifodalana oladi. 1. Undalmaning sintaktik erkin birikmalar bilan ifodalanishi: E chamanning bulbuli, gulshanga kir, gul sayriga, Zeb borib, orolanib, husnini chandon etdi gul (S. A b d u l l a). 2. Undalmaning sintaktik turg'un birikmalar bilan ifodalanishi: Mashina traktor stansiyalarining xodimlari! Barcha qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini oshirish uchun kurashingiz! Shunday qilib, hozirgi o'zbek adabiy tilida undalmalar morfologik-sintaktik jihatdan bosh kelishikda kelgan ot, otlashgan so'zlar, olmosh, undovlar, shuningdek, so'z birikmalari bilan ifodalanadi. Bulardan ot, so'z birikmasi bilan ifodalanishi otlashgan so'zlar, olmosh yoki undov bilan ifodalanishiga qaraganda ko'p uchraydi. Masalan, Abdulla Qahhorning «Og'riq tishlar» asarida 172 ta undalma bo'lib, shundan 124 tasi ot bilan, 31 tasi so'z birikmasi bilan, 7 tasi otlashgan so'zlar bilan, 10 tasi olmosh yoki undov bilan ifodalangan. Shuningdek, Bahrom Rahmonovning «Surmaxon» asarida esa 158 ta undalma bo'lib, 95 tasi ot bilan, 54 tasi so'z birikmasi bilan, 8 tasi otlashgan so'zlar bilan, bittasi olmosh bilan ifodalangan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling