Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

3. Murakkab undalmalar.
Undalmalar murakkab bo'lishi ham mumkin. So'zlovchi o'z suhbatdoshiga 
murojaat qilib, uni turlicha ataydi va unga nisbatan o'zining munosabatini 
bildiradi. Natijada, so'zlovchining nutqi qaratilgan bir obyekt har xil nomlanadi. 
Bunday vaqtda undalma bir obʼektning turli xil xususiyatlarini ifodalovchi 
so'zlardan iborat bo'ladi. Bu undalmalar murakkab undalma bo'lib, ikki va undan 
ortiq yolg'iz undalmalardan tarkib topadi.
Masalan: Kel, hayotim, shavkatim, ot o'ynatib, mardona kel! (U y g' u n).
Mehnat, muhabbatning, sharaf, nomusning xalqimiz qalbida tantanasi-chun
sipqoring, a z i z l a r, d o' s t l a r, yo r o n l a r... (G'. G' u l o m). 
Bu gaplarda hayotim, shavkatim; azizlar, do'stlar, yoronlar murakkab undalmadir. 
Birinchi gapdagi murakkab undalma ikki yolg'iz undalmadan, ikkinchi gapdagi 
murakkab undalma esa uch yolg'iz undalmadan tuzilgandir. 
Murakkab undalmalar bir shaxs yoki predmetning turli xususiyatlarini bildiruvchi 
bir necha yolg'iz undalmaning o'zaro birikib kelishidan hosil bo'ladi. Bu 
undalmalar ko'pincha lirik sheʼrlarda uchraydi va nutqdagi his-hayajonni, 
emotsionallikni kuchaytiradi.
Masalan: Ol qasos, yerlarga yanchib qil uni motamsaro
Yovni enggan pahlavonning nomi ketsin xalqaro, 
Qahramonim, arslonim, mehribonim
b o' l omon (H. O l i m j o n). 
Ajratilgan undalmalar. Undalmalar ajratilgan holda ham kelishi mumkin. 
Ajratilgan undalmalar o'zidan oldin kelgan undalmani izohlab keladi.


Misollar: Dehqonboy, b o l a m, siz ham. Mavlonning maslahati bilan 
ish tuting (A. Qahhor). 
Uyushgan undalmalar. Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin. Uyushgan 
undalmalar ikki va undan ortiq undalmalardan iborat bo'lib, so'zlovchining bir 
vaqtda bir necha shaxs va obyektga undashini bildiradi. Bu undalmalar undash 
obyektining miqdoriga ko'ra murakkab undalmalardan farq qiladi, yaʼni uyushgan 
undalmalarda undash obyekti ko'p, murakkab undalmalarda esa undash obyekti 
bitta bo'ladi. 
Uyushgan undalmalar bog'lovchilar va intonatsiya yordami bilan o'zaro birikadilar. 
Bu undalmalar tarkibidagi elementlar bir-biri bilan mazmunan mustahkam birikkan 
bo'lsa, ko'pincha bog'lovchilar bilan, mustahkam birikmagan bo'lsa, intonatsiya 
orqali bog'lanadi.
Misollar: 
P a r a n ji va ch i m m a t! 
Tezroq kelgan joyingga qayt...
(H. H. N i yo z i y) 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling