Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

Intonatsiya. Undalma gapga mazmunan bog'lanadi va maxsus intonatsiya bilan 
ajratib aytiladi. Baʼzan esa undalmaning intonasiyasi kuchsizlanib, gapning 
umumiy ohangi bilan birlashb ketadi. Bu hol ko'pincha og'zaki nutqda uchraydi. 
Undalmadagi intonatsiya uning gapdagi o'rniga va kengayish darajasiga ham 
bog'liq. Undalma gapdan oldin kelib, tinglovchining diqqatini so'zlovchining 
nutqiga tortish uchun daʼvat etsa, maxsus chaqirish intonatsiyasi bilan talaffuz 
qilinadi:
Saodat, buyoqqa qara, Obiddan 
qochmay qo'yaqol . . . (G'. G' u l o m). 


Undalma chaqirish intonasiyasi bilan talaffuz qilingan vaqtda, u gapdagi boshqa 
so'zlarga nisbatan baland ohang bilan ajratilib aytiladi. Bunday intonasiya, ayniqsa, 
gap boshida va gap oxirida keladigan undalmalarga xosdir. Gap boshida kelgan 
undalmani ajratuvchi pauza odatda gap oxirida kelgan undalmani ajratuvchi 
pauzaga qaraganda davomliroq bo'ladi.
Turli shaxs, yoki predmetlarga qaratilgan, yoxud takror kelgan, shuningdek, bir 
predmetning turli xususiyatlarini ko'rsatadigan undalmalar ko'pincha chaqirish 
intonasiyasi bilan talaffuz qilinadi:
Karim, Lola, bolalarim, — qichqirdi chol yotgan joyida, — xas-xashak, chimni 
menga tashlayveringlar (Sh. Rashidov). 
XULOSA 
Undalma so’zlovchining tinglovchi bilan munosabatini, unga undashini 
so'zlovchining o'z-o'ziga undashini bildiradi. 
Undalma so'zi aslida undamoq so'zidan olingan bo'lib, o'zbek adabiy tilida turli 
maʼnolarni: keng maʼnoda nutq prosessini, tor maʼnoda esa grammatik terminni 
bildiradi. Undalma termini qardosh turkman, qozoq va ozarbayjon tillarida yuz 
tutma so'zlar, qaratma so'z, xitob terminlari bilan yuritiladi. 
Gapning bo'laklari bir-biri bilan moslashuv, boshqaruv,bitishuv orqali bog'lanadi. 
Undalma esa gap bo'laklari bilan muvofiqlashuv orqali bog'lanadi. Undalma 
gapning kesimi bilan shaxsda moslashmasa ham, u bilan sonda mos kelishi 
mumkin. Undalma gap bo'laklarining ekvivalenti bo'lib, gapning biror bo'lagiga, 
yoki butun gapga tegishli bo'ladi. 
Undalmala ham, boshqa sintaktik kategoriyalar singari, grammatik va leksik-
semantik belgilar mavjud. 
Uzbek tili materiallarni o'rganish va analiz qilish natijasida undalma leksik-
semantik jihatdan quyidagicha klassifikatsiya qilindi: 
I. Shaxslarga qaratilgan undalmalar. 
II. Jonli predmetlarga qaratilgan undalmalar. 
III. Jonsiz predmetlarga qaratilgan undalmalar. 
Bular o’zining ichki bo'linishlariga ham ega. 
1. Shaxslarga qaratilgan undalmalar: 


1. Yakka shaxsga qaratilgan undalmalar. 
2. Umumshaxsga qaratilgan undalmalar. 
1. Yakka shaxsga qaratilgan undalmalar: 
a) tinglovchiga qaratilgan yakka shaxs undalmalari; 
b) so’zlovchining o'ziga qaratilgan yakka shaxs undalmalari; 
v) tinglovchiga bevosita qaratilgan undalmalar
g) tinglovchiga bevosita qaratilgan undalmalar; 
2. Umumshaxsga qaratilgan undalmalar: 
a) umumshaxsga bevosita qaratilgan undalmalar; 
b) umumshaxsga bavosita qaratilgan undalmalar. 
Hozirgi o'zbek adabiy tilida umdalmalar keng qo'llaniladi. Uning yakka shaxsga 
qaratilgan formasi juda ko'p ishlatiladi. Masalan, Sharof Rashidovning «G'oliblar» 
povestida 305 ta undalma bo'lib, shundan 249 tasi yakka shaxsga, 54 tasi 
umumshaxsga qaratilgan undalmalardir. Asqad Muxtorning «Daryolar tutashgan 
joyda» povestida esa 149 undalmalar bo’lib, 144 tasi yakka shaxsga, 4 tasi 
umumshaxsga qaratilgan. 
Undalmalar monologik nutqdagiga qaraganda dialogik nutqda ko'p qo'llaniladi. 
Chunki kishilar bir-birlari bilan munosabatda bo'lganlarida undalmadan unumli 
foydalanadilar. Ular maʼlum bir narsadan taʼsirlanganlaridagina o'z-o'zlariga 
murojaat qiladilar. Undalmalar badiiy asarlarda qo'llanilishi jihatidan teng emas.
Masalan, shaxslarga qaratilgan undalmalar prozaik asarlarda, jonli va jonsiz 
predmetlarga qaratilgan undalmalar esa poetik asarlarda ko'p uchraydi. 
Undalma morfologik-sintaktik ifodalanishiga ko'ra atoqli, turdosh, konkret, 
abstrakt, yakka, jamlovchi, tur, to'da, kichraytish, erkalash maʼnosidagi otlar bilan, 
shuningdek, otlashgan sifatlar, sonlar, sifatdoshlar, olmosh yoki undov, sintaktik 
birikmalar bilan ifodalanadi. Undalmaning ot bilan ifodalanishi otlashgan so'zlar, 
olmosh yoki undov bilan ifodalanishiga qaraganda ko'p uchraydi. 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling