Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


UNDALMANING GAPDAGI O'RNI VA UNDALMADA


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

UNDALMANING GAPDAGI O'RNI VA UNDALMADA 
INTONASIYA 
Uzbek tilidagi mavjud darslik va qo'llanmalarda undalmaning gap boshida, gap 
oxirida, gap orasida kelishi haqida gapirilgan, xolos. Ammo uning qanday gaplarda 
va qanday xususiyatlarga binoan gap boshida, gap oxirida va gap orasida kelish 
sabablari haqida esa hech nima deyilmaydi. Undalmaning gapdagi o'rni masalasi 
o'zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ham etarli darajada ishlanmagan. 
Turkiy tillarda, jumladan o'zbek tilida gap bo'laklari gapda maʼlum tartibda 
joylashadi.
Masalan,- payt holi va ega gap boshida, kesim gapning oxirida, to'ldiruvchi bilan 
hol kesimdan oldin, aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. 


Bu tartibning o'zgarishi gap bo'laklarining inversiyaga uchrashiga sabab bo'ladi. 
Undalmaning gapda joylashish tartibi esa bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning 
tartibidan tubdan farq qiladi. Undalmaning gapda bosh va ikkinchi darajali 
bo'laklardek qatʼiy bir o'rni yo'q. Unda inversiya hodisasi ham ro'y bermaydi. 
Undalma gapning har yerida, yaʼni gap boshida, gap oxirida va gap orasida keladi. 
Undalmaning gapning har qayerida kelishi, asosan, uning funksiyasiga, formasiga, 
hajmiga bog'liq. 
Maʼlumki, so'zlovchi tinglovchiga o'z maqsadini, fikrini bildirish, uning etiborini 
o'z nutqiga tortish uchuk unga murojaat qiladi, undaydi. 
Agarda so’zlovchi uchun o'z maqsadini, fikrini bayop qilish muhim bo'lmay, nutq 
qaratilgan tinglovchi muhim bo’lsa, u oldin tinglovchiga murojaat qilib, so'ngra 
unga tegishli bo'lgan fikrni bayon qiladi. 
Masalan: 
I sh ch i l a r, uyg'on, uyg'on, uyg'on, 
Senga ishlashga yetishdi zamon (H. H. N i yo z i y) 
So'zlovchi uchun tinglovchi uncha muhim bo'lmay, unga tegishli bo'lgan nutq 
muhim bo'lsa, unda so'zlovchi avval o'z fikrini bayon qiladi, so'ngra esa 
suhbatdoshiga murojaat qiladi. 
Masalan: Kurashuvga qurol kerak
Qurollaning, i sh ch i l a r! (H. H. N i yo z i y). 
Shuningdek, so'zlovchi tinglovchiga tegishli bo'lgan fikrning yarmini bayon qilib, 
keyin tinglovchiga murojaat qiladi, so'ngra avvalgi fikrini davom ettiradi. Bunday 
holda undalma gap orasida keladi. 
Masalan: 
Haqingni ol, ish ch i l a r, 
Yashov davri sening. 
(H. H. Niyoziy). 
Undalma chaqiriq, shior, xitobnoma va buyruqlarda, notiqlar nutqi, maktublarda, 
shuningdek, og'zaki nutqda ko’pincha gap boshida keladi. 


Undalma so'zlovchining nutqi qaratilgan nuqtani, shuningdek murojaat, undash, 
ishonch kabi maʼno ottenkalarini bildirganda ham ko'pincha gap boshida keladi. 
Undalma undov va taʼkid yuklamalari bilan kelib, chaqirish , qistash, taʼkid, 
kuchaytirish kabi maʼno ottenkalarini anglatganda, gap boshida keladi. 
Masalan: E y d o' s t i m, sen unga ixlosing uchun ijod maydonida himmating 
oishr! (M. Shayxzoda). Rahima-yu, tez kelsangizchi, 
ayam chaqirayaptilar. 
Undalma takrorlanib, uyushib, aniqlovchilar, izohlovchilar bilan kengayib 
kelganda, so'zlovchi uchun muhim bo'lgan 
shodlik, xursandlik, iltimos kabi maʼno ottenkalarini 
bildirsa, ko'pincha gap boshida keladi. Undalma undov va taʼkid yuklamalari bilan 
kelib, chaqirnsh, qistash, taʼkid, kuchaytirish kabi maʼno ottenkalarini anglatganda, 
gap boshida keladi.
Masalan: E y d o' st i m, sen unga ixlosing uchun ijod maydonida himmating 
oshir! (M. Shayxzoda). 
Rahima-yu, tez kelsangizchi, 
ayam chaqirayaptilar. 
Undalma takrorlanib, uyushib, aniqlovchilar, izohlovchilar bilan kengayib 
kelganda, so'zlovchi uchun muhim bo'lgan shodlik, xursandlik, iltimos kabi maʼno 
ottenkalarini bildirsa, ko'pincha gap boshida keladi. 
Undalma gapning oxirida ham keladi. Bunday vaqtda so'zlovchi bilan tinglovchi 
orasidagi munosabat ilgaridan davom etib kelayotgan va ular orasidagi masofa 
ham yaqin bo’ladi. Bunday hollarda so'zlovchi uchun nutq qaratilgan shaxs — 
tinglovchi muhim bo'lmaydi va uning diqqat markazida turmaydi, balki 
tinglovchiga tegishli bo’lgan fikr muhim bo'ladi. Bunday hollarda so’zlovchi 
avvalo tinglovchiga tegishli bo'lgan fikrni bayon qiladi, so'ngra unga updaydi. 
Misollar: Brigadamizga shunday ham faxriy aʼzo edingiz, h u r m a t l i
professor! (A. M u x t o r). 
Bu ishlaringiz bir menga emas, hammaga ham maʼqul tushadi, o'g'illarim! (R. 
Fayziy). 


Undalma nafrat, g'azab, kesatish, piching kabi maʼno ottenkalarini bildirsa, gap 
oxirida keladi. 
Masalan: Yo‘qol, ko'zimdan! Hali sharmandangni chiqaraman, jodugar! 
(H. H. Niyoziy).
Xat qani, uni qayoqqa qo'yding?! Ayt deyapman, bo'lmasa, yosh joningdan 
ayrilasan, itvachcha (H. Shams ). 
Undalma so’roq yuklamalari bilan kelgan so'roq va undov gaplarda, shuningdek, 
hurmat maʼnosini bildiruvchi gaplarda ko'pincha gap oxirida keladi. 
Undalma gap boshida keluvchi tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, yo'q, xayr, xo'p 
so'zlaridan keyin keladi. 
Undalma gapning orasida ham keladi. So'zlovchi bilan tinglovchi orasidagi 
munosabat ilgaridan davom etib kelayotgan bo’lsa, u tinglovchiga tegishli bo'lgan 
fikrni antib, so’ngra unga murojaat qiladi va undan so'ng o'z fikrini yana davom 
ettiradi. Bunday hollarda undalma leksik maʼnosi kuchsizlangan so'zlardan keyin 
ifodalanadi:
Sening to'ying, d o' s t i m, hammamizni ham yangi ijodlarga etsin safarbar 
(Uyg’un). 
Abdulla Qahhorniki «Og’riq tishlar» asarida 172 ta undalma bo'lib, shundan 93 tasi 
gap boshida, 43 tasi gap oxirida, 33 tasi gap orasida kelgan. Shuningdek, Bahrom 
Rahmonovning «Surmaxon» asarida 158 ta undalma bo'lib, 49 tasi gap boshida, 75 
tasi gap oxprida, 34 tasi gap orasida kelgan. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling