Adabiyoti universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


III. Buyruq, xitob, so'rash ottenkalarini ifodalovchi gaplarda


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1137468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dilafruz Qo’chqarboyeva Undalma va uning semantikasi mavzusidagi KURS ISHI

III. Buyruq, xitob, so'rash ottenkalarini ifodalovchi gaplarda: 
Dushman, ko‘rgil Go'ro'g'lining ishini, 
Qo‘msab ketar sendaylarning boshini (F. y o' l d o sh ) . 
IV. Nafrat, g‘azab, kesatish , piching ottenkalarini anglatuvchi gaplarda: 
Men seni ura olaman, ammo sen meni ura olmaysan, sening qo'ling kaltalik qiladi, 
h a y vo n (M. G o r k i y). 
Men sizdan xafa bo'lmadim, chunki siz hali yosh bolasiz
shuni bilingki, boyvachcha, mening obro'yim siznikidan 
ko'p bo'lmasa ham, oz emas (S. A y n i y). 
V. Atash, qizg'onish , achinish ottenkalarini bildiruvchi gaplarda: 
Bu jarangli qo'shiqlarim ham 
Sidqidildan sizga, o' r t o q l a r!..( D i yo r). 
2.Sostavli undalmalar . 
So'zlovchining nutqi bir shaxs yo bir predmetga qaratilgan bo'lsa, shu shaxs yo 
predmetni bildirgan so'zlar undalma vazifasida keladi. Bu undalmalar aniqlovchi 
va izohlovchilar bilan kengayib kelsalar, sostavli undalma deyiladi. Sostavli 
undalma tarkibidagi elementlarning biri undalma bo'lib, qolganlari uning 
aniqlovchisi, izohlovchisi bo'lib keladi. Sostavli undalmalarning baʼzilari sintaktik 
birikmalardan, baʼzilari frazeologik birikmalardan tarkib topadi. 
Misollar: Sabr qiling, hurmatli kitobxon, oldin qishloq bilan tanishaylik (I. Rahim). 
Sen bilan quvnoqdir gul hayotimiz, 


Ey ozod ellarning aziz makoni! (U y g'u n). 
Sostavli undalmalar dastavval ikki gruppaga bo'linadi: 
1. Sintaktik birikma holida keladigan sostavli undalmalar.
2. Frazeologik birikma holida keladigan sostavli undalmalar. 
Sintaktik birikma holida keladigan sostavli undalmalar tarkibida elementlar birdan 
ortiq bo'lib, bu elementlarning baʼzilari semantik va grammatik jihatdan erkin 
bo'lsa, baʼzilari esa erkin bo'lmaydi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling