Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- S.A.Vengerovning
yevropatsentrizmdan (yev-
ropa xalqlari madaniyati, adabiyoti, tarixi va boshqa xususiyat- larini boshqa xalqlardan ustun qo‘yish) voz kechish, bir xalqni boshqasidan ustun qo‘ymaslik, madaniyat va adabiyotning yagona modelini yaratish g‘oyasi tashkil qiladi. Shu jihatdan multikulturalizm namoyandalari insoniyat sivilizatsiyasini, jumladan, jahon adabiyotini ulkan «mozaikaga» o‘xshati shadi. Ularning fikricha, qotib qolgan dogmalar, markazlash- tirish mantiqi bilan u yoki bu adabiy hodisalarga baho berib bo‘lmaydi. Badiiy adabiyotdagi multikulturalizm barcha adabiy hodisalarni teng ko‘rib, birini ikkinchidan kamsitma gan holda o‘rganadi. Rus adabiyotshunosligida multikulturalizmga xos ilk na zariy fikrlar XX asr boshida bitilgan ilmiy maqolalarda uchraydi. Rus olimi S.A.Vengerovning ta’kidlashicha(1919), haqiqiy adabiyotshunos diqqatini faqat mashhur namoyan dalargagina emas, adabiy jarayonning boshqa vakillariga ham qaratmog‘i kerak. Chunki ba’zan aynan ular u yoki bu davr ga xos xususiyatlarni yaqqolroq ifodalashga qodirdirlar (…я считаю совершенно ненаучным изучат литературу толко в eе крупных представителях. Бывает даже так, что мелкий писател, сплош да рядом ярче характеризует ту или другую эпоху, чем писател крупный) 2 . 1 Гасанова Н. К определению концепта «мультикультурализм» // https://cyberleninka.ru/ article/v/k-opredeleniyu-kontsepta-multikulturalizm 2 Академические школы в русском литературоведении. – М.: Наука, 1975. – С.179. Ba’zi ilmiy maqolalarda aynan bir masalaga turlicha qa rashni kuzatish mumkin. V.M.Jirmunskiy(1891–1971) va N.I.Konrad (1891–1970) bir makon va bir zamonda yashab ijod qilgan, qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasi rivoji ga ulkan hissa qo‘shgan taniqli olimlardir. Ularning «Alisher Navoiy va Renessans» masalasiga bag‘ishlangan maqolalari da N.I.Konrad multikulturalizm g‘oyalariga 1 , V.M.Jirmunskiy yevropatsentrizm aqidalariga 2 tayanadi. N.I.Konrad «Layli va Majnun» asaridagi epizodlarni G‘arb adabiyotidagi Tristan va Izolda, Usta va Margarita bilan qiyos- lasa, V.M.Jirmunskiy Navoiy qarashlarini Dante, Leonardo da Vinchi, Petrarka qarashlari bilan taqqoslaydi. N.I.Konrad Navoiy ijodidagi universallikka e’tibor qaratib, Navoiy bar cha xalqlar shoiri, degan xulosaga keladi. V.M.Jirmunskiy esa Navoiy «uyg‘onish davri G‘arb titanlari» bilan hamfikr ekani, ularning g‘oyalari shoir asarlarida aks etgani haqidagi fikrni ilgari suradi. Har ikkala maqolada ham Renessans umumiy maydon si fatida ko‘rsatilgan, ammo V.M.Jirmunskiy g‘arbning madani yat, ma’naviyat, ilm-fan jabhasidagi yutuqlari sharqnikidan ustunligini ko‘rsatishga harakat qiladi. N.I.Konrad esa Sharq ma’naviyati va madaniyati o‘zining qadim sarchashmalari ga ega bo‘lgani, bu borada G‘arbga ehtiyoj sezmaganini qayd qiladi. Olim multikulturalizmdagi xalqlararo tenglikka asos langan konsepsiya asosida hech bir xalq o‘zini boshqasidan ustun qo‘yishi kerak emasligi haqidagi g‘oyani qo‘llab quvvat laydi (…ни у кого нет право считат себя народом особым, 1 Конрад Н.И. Средневосточное возрождение и Алишер Навои // Иностранная литература. №2. – М., 1966. – С.212 – 220. 2 Жирмунский В.М. Алишер Навои и проблема Ренессанса в восточных лите ратурах // Ученые записки ЛГУ. Сер. филол. наук. 1961. Вып. №59. – С.86 – 97. 52 53 превосходящэм всех других, мания величия у натсии стол же ложна, вредна и просто смешна, как и мания величия у отделного человека) 1 . Xullas, milliy, hududiy, jahon adabiyoti, adabiy aloqalar, multikulturalizm va boshqalar adabiyotlararo jarayonlarning shakllari hisoblanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling