Savol va topshiriqlar:
1. Oʻzingiz bilan oʻzingiz bahslashishga bir urinib koʻring: avvaliga “Adabiyotshunoslik ham ilm boʻlibdimi? Xoʻsh, u oʻrganayotgan masalalar, chiqarayotgan xulosalar nimagayam kerak boʻlardi?” qabilidagi daʼvoni asoslashga harakat qiling. Boʻldimi? Endi bu daʼvoni asosli inkor qiling. 2. Adabiyot tarixi masalalariga bagʻishlangan qaysi asarlarni bilasiz? Maktabda olgan maʼlumotlaringizni eslang.
3. Adabiyotshunoslikning asosiy tarkibiy qismlari orasidagi oʻzaro bogʻliqlik, uzviy aloqani tushuntirib bering.
4. “Tanqidchi” deganda kimni tushunasiz? Tilimizdagi “tanqid qilmoq” feʼli, masalan, “birovni tanqid qilmoq” bilan “badiiy asarni tanqid qilmoq” tushunchasi orasida farq qanday?
5. “Matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kesishgan nuqtada kechadi” degan fikrni qanday tushunasiz? Terminlar lugʻatidan “paleografiya”, “arxeografiya” terminlarining maʼnosini daftaringizga yozing.
Adabiyotlar:
1. Akademik Naim Karimov. Bibliografik koʻrsatkich.- T.: Mumtoz soʻz, 2017
2. Boltaboyev H. Fitrat XX asr boshlari adabiyotshunosligi. // Sharq yulduzi.-1995.-№11.- B.175-183
3. Valixoʻjayev B. Oʻzbek adabiyotshunosligi tarixi.-T.: Oʻzbekiston,1995
4. Yoʻldoshev Q. Adabiyotshunoslik nadur? // Tafakkur.- 2000.- № 3.- B.65
5. Yoʻldoshev Q. Yangi adabiyotshunoslik nima // Yoniq soʻz.- T.: Yangi asr avlodi, 2006.- B.48- 67
6. Mirzayev T. Milliy istiqlol mafkurasi va oʻzbek adabiyotshunosligi // Oʻzbek tili va adabiyoti.-1994.-№3.-B.3-6
7. Nazarov B. va b. Oʻzbek adabiy tanqidi tarixi.- T.: Tafakkur qanoti, 2012.
8. Normatov U., Rahmat R. Nazariya va adabiy-badiiy jarayon.// Jahon adabiyoti. – 2000.- №3.- B. 151-161.
9. Rahmonov N. Oʻzbek adabiyoti tarixi. (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha).- T., 2018
Do'stlaringiz bilan baham: |