Adsorbsiya hodisasi


Download 351.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana28.02.2023
Hajmi351.18 Kb.
#1236667
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dispers sistemalarnig sirt xodisalari. Adsorbsiya.

3.5. Freyndlix tenglamasi 
 
О‘zgarmas haroratda qattiq adsorbent sirtiga yutilgan gaz yoki 
erigan modda miqdori bilan adsorbent massasi orasidagi bog‘lanish 
Freyndlixning adsorbsiya tenglamasi deb ataladigan quyidagi 
emperik formula bilan ifodalanadi: 
1
n
x
kC
m

(3.8) 
bu yerda x – yutilgan moddaning miqdori (mol), m – 
adsorbentning massasi (g); S – eritmaning adsorbsion muvozanat 
vaqtidagi konsentratsiyasi; va p- tajribadan topiladigan о‘zgarmas 
qiymatlar. adsorbsiyalanuvchi modda tabiatiga bog‘liq. Agar S = 1 
va m= 1 bо‘lsa, k = x bо‘ladi. n ning qiymati 1,5 bilan 5 orasida 
bо‘ladi. 3.1-jadvalda ba’zi moddalarni faollangan kо‘mirga 
adsorblanishi uchun va n ning qiymatlari keltirilgan. 
3.2.-jadvalda qon kо‘miriga sirka kislotaning (25°C) adsor-
bilanishida Freyndlix formulasidagi konstantalarning qiymatlari 
keltirilgan. 
3.1-jadval 
Faollangan kо‘mirga adsorbilangan ba’zi moddalar uchun va 
qiymatlari 
Moddaning nomi 
k 
n 
Sirka kislota 
2,99 
1,92 
Atseton 
5,12 
1,92 
Izoamil spirt 
7,93 
3,85 
Brom 
23,12 
2,94 


3.2-jadval
Sirka kislotaning 25o C da faollangan kо‘mirda adsorblanishi 
C, mol/l hisobida 
x/m – tajriba 
bo‘yicha 
x/m – Freyndlix formulasi 
bо‘yicha 
0,018 
0,47 
0,47 
0,031 
0,62 
0,62 
0,062 
0,80 
0,80 
0,126 
1,01 
1,08 
0,268 
1,55 
1,49 
0,471 
2,04 
1,89 
0,882 
2,47 
2,47 
2,785 
3,76 
4,01 
О‘zgarmas haroratda adsorbilangan modda miqdorining
konsentratsiyaga (C) yoki bosimga (P) bog‘liqligini kо‘rsatuvchi 
grafiklar adsorbsiya izotermalari deyiladi. 
3.4-rasmda adsorbsiya izotermasining grafigi kо‘rsatilgan, 
bunda abssissalar о‘qiga eritmaning konsentratsiyasi, ordinatalar 
о‘qiga esa tajribada topilgan solishtirma adsorbsiya qо‘yilgan. 
3.4-rasm. Adsorbsiya izotermasi 
 
Eritma konsentratsiyasi past bо‘lganda adsorbsiyaning tez 
ortishi grafikdan kо‘rinib turibdi, konsentratsiya kattalashganida 


adsorbsiya kam ortadi, nihoyat, ma’lum bir konsentratsiyadan keyin, 
garchi konsentratsiya ortib borsa ham, adsorbsiya о‘zgarmay qoladi. 
Freyndlix formulasi asosida adsorbsiyani hisoblashdan avval bu 
formulaga kirgan k va n konstantalarning son qiymatlarini topish 
kerak bо‘ladi. Ularni topish uchun, kо‘pincha, grafik usulidan 
foydalaniladi, k va p ni grafik usulida topish uchun Freyndlix 
formulasini logarifmik shaklda yozamiz: 
1
x
lg
lgk
lg C
m
n


So‘ngra, absissalar о‘qiga lgC ni, ordinatalar о‘qiga esa lgx/m ni 
qо‘yib, Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan 
grafigini hosil qilamiz: lgC va 
x
lg
m
tajriba yо‘li bilan topiladi. 
Freyndlix formulasining logarifmik shakli birinchi darajali tenglama 
bо‘lganligi uchun 
x
lg
m
va lgC orasidagi bog‘lanish grafikda AC 
tо‘g‘ri chizig‘i bilan ifodalanadi (3.6-rasm). Grafikdagi OA chizigi 
lgga teng bо‘ladi; grafikdan lgk topiladi va uni antilogariflab ni 
aniqlanadi. 
Grafikdagi α burchakning tangensi 1/ ga teng bо‘ladi. Shunday 
qilib, bir necha konsentratsiyalarda x/m ni aniqlab lgC va lg x/m ning 
grafigidan va ni topa olamiz. 
3.5-rasm.Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan 
grafigi. 


Freyndlix formulasi о‘rtacha konsentratsiyalar uchungina 
tо‘g‘ri natijalar beradi, lekin kichik va katta konsentratsiyalar, 
shuningdek, katta bosim uchun tо‘g‘ri natijalar bermaydi. 

Download 351.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling