Adsorbsiya hodisasi


Download 351.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.02.2023
Hajmi351.18 Kb.
#1236667
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dispers sistemalarnig sirt xodisalari. Adsorbsiya.

3.2. Adsorbsion muvozanat 
 
Adsorbsiya hodisasi ham xuddi suyuqlikning bug‘lanishi, 
moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu yerda bir-biriga 
qarama-qarshi ikki jarayon bо‘ladi: biri moddaning yutilishi bо‘lsa, 


ikkinchisi yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishi (ya’ni 
desorbsiya) dir. 
Har qanday qaytar jarayondagi kabi, bu yerda ham yutilish 
jarayoni avval tez boradi, sо‘ngra yutilish va ajralib chiqish 
jarayonlarining 
tezliklari 
baravarlashib, 
sistema 
adsorbsion 
muvozanat holatiga keladi (Va=Vd). Odatda, adsorbsion muvozanat 
juda tez (sekundlar va ba’zan minutlar davomida) qaror topadi. 
Masalan, pista kо‘mir sirtida CO
2
ning adsorbilanish muvozanati 20 
sekunddan keyin, O
2
yutilganida 2,5 soatdan sо‘ng qaror topadi. Agar 
adsorbsion muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, 
adsorbsiya boshqa xil jarayonlar bilan murakkablashgan deyish 
mumkin. 
Adsorbsion muvozanat ham dinamik muvozanatdir. Adsorbsion 
muvozanat holati harorat о‘zgarganda о‘zgaradi. 
Adsorbsiya jarayoni issiqlik chiqarish bilan boradi. Adsorbsiya 
vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik adsorbsiya issiqligi deyiladi. 
Adsorbsion muvozanatning siljishi ham Le-Shatelye prinsipiga 
bо‘ysunganligi uchun harorat kо‘tarilganida muvozanat modda kam 
yutiladigan tomonga qarab siljiydi. Desorbsiya jarayoni, aksincha, 
issiqlik yutilishi bilan boradi. Shu sababli, haroratni oshirish orqali 
adsorbentga yutilgan moddani kо‘proq qaytadan chiqarish mumkin. 
Agar adsorbent bilan adsorbtiv о‘rtasida kimyoviy reaksiya sodir 
bо‘lsa, (xemosorbsiya) adsorbsion muvozanat qaror topmaydi, ya’ni 
bu holda adsorbsiya qaytmas jarayon xarakteriga ega bо‘ladi. 
 

Download 351.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling