Aes. Energiya manbalari muammolari aes qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu
- O‘zbekistonda qurilishi mo‘ljallanayotgan AES qay darajada zamonaviy?
Download 131.17 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- - AESdan chiqqan radioaktiv chiqindilar qaerga ko‘miladi
- O‘zbekistonda qurilishi mo‘ljallanayotgan AES qay darajada zamonaviy?
- Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, «Rosatom» tashkiloti O‘zbekistonda «Z+» SSER – 1200 raqamli energoblokini o‘rnatmoqchi. Bu «Rosatom»ning zamonaviy qurilmalaridan biri. Umid qilamizki, bizning mutaxassislar «Rosatom» O‘zbekistonga qay darajada zamonaviy jihozlangan blokni o‘rnatmoqchi ekanligini yaxshi nazorat qilishyapti. SSER – 1200 reaktorli energobloklari Belarusda, Xitoyda, Vengriyada va Rossiyada o‘rnatilgan hamda o‘rnatilyapti. Bu reaktorning zamonaviy ekanligiga shubha yo‘q. Bizning mutaxassislarimiz «Rosatom» qurishni boshlagan yoki loyihalashtirayotgan AESlardagi va qisman o‘rnatayotgan uskunalardagi muammolarni ham albatta o‘rganib chiqishi va kompaniya bilan bu muammolar to‘g‘risida batafsil fikrlashib olishi lozim deb o‘ylayman. - AESdan chiqqan radioaktiv chiqindilar qaerga ko‘miladi? - Yevropa Ittifoqida radioaktiv chiqindilarni saqlash bo‘yicha aniq qonun-qoidalar mavjud. Yadro energiyasi olishda foydalanilgan radioaktiv chiqindilarni faqat еr ostida saqlashga ko‘rsatma berilgan. Radioaktiv chiqindilar ko‘miladigan «ombor» kamida 100 metr chuqurlikda bo‘lishi kerak. Bunday ombor qurishda еrning tarkibi muhim rol o‘ynaydi. Kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli bor joylarda radioaktiv chiqindi uchun ombor qurish ma’qul emas. Hozirgi kunda ko‘p AESlar ishlatilgan «yonilg‘i»ni vaqtincha AES ichidagi alohida «basseyn»da saqlashadi. Keyin esa radioaktiv chiqindilar uchun mo‘ljallangan quruq omborlarda saqlanadi. Chiqindilar bunday omborlarda 50-60 yilgacha saqlanishi mumkin. Keyinchalik radioaktiv materiallar alohida qurilgan еrosti omboriga ko‘miladi. Yerosti omborlari betonlangan bo‘lib, radioaktiv chiqindilar maxsus konteynerlarda ko‘miladi. Bu materiallar еr ostida atrof-muhitga zarar keltirmaydigan darajada izolyatsiya qilingan holatda bo‘ladi. Lekin bunday еrosti omborlari hamma mamlakatlarda ham mavjud emas. Ishlatilgan «yonilg‘i» reaktordan chiqqanidan keyin ham unda qanchadir miqdorda energiya saqlanib qoladi. Ba’zi mamlakatlar bugungi kunda bu «chiqindi»dan yana yangi yonilg‘i olmoqda. Lekin bu jarayonda ham radioaktiv chiqindilar chiqadi. Demak, bu yo‘lda hali izlanishlar olib boriladi menimcha. Ba’zi bir mamlakatlar esa chiqindi yonilg‘idan yangi reaktorlar turida foydalanishni sinab ko‘rmoqda (reaktorlarning 4-avlodi). Hozircha radioaktiv chiqindi muammosini butunlay hal kiladigan boshqa еchim yo‘q va bu chiqindilarni еr ostida saqlashga majburmiz. Ba’zi mamlakatlar o‘z AESidan chiqqan radioaktiv chiqindini o‘z hududida saqlamaydi va boshqa davlatlar bilan bu chiqindilarni saqlash to‘g‘risida bitim tuzishadi. Misol uchun, Vengriya, Bolgariya kabi davlatlar Rossiya bilan bitim tuzib, o‘z yadroviy chiqindilarini saqlash uchun Rossiyaga berishadi. Agarda kelajakda boshqa еchim topilmasa, radioaktiv chiqindilar shu kabi omborlarda minglab yillar saqlanishi mumkin. Download 131.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling