Aes. Energiya manbalari muammolari aes qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu


- Ko‘pchilikni suv masalasi qiziqtiryapti


Download 131.17 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1491436
1   2   3   4   5   6   7
- Ko‘pchilikni suv masalasi qiziqtiryapti...
- Bu tushunarli savol. Va nozik savol. Boya aytganimdek, biz qurilajak AESning ko‘p parametrlarini hali bilmaymiz. Mening taxminimcha, bizda qurilayotgan AES yiliga taxminan 38-40 million kub metr suv tortib olib, taxminan 8-10 million kub metr suvni AESdan tashqariga qaytarib chiqaradi. Suvning ko‘pi bug‘lanib ketadi. Demak, AESga yaqin joyda еtarli darajada suv manbasi bo‘lishi kerak.
Chiqayotgan suvning sifatiga kelsak, umumiy holatlarda AESdan toza suv chiqadi. Ko‘pincha AESdan chiqayotgan suv tarkibida tritiy moddasi bo‘ladi. Agarda kutilmagan hodisalar bo‘lmasa, ushbu suv tarkibidagi tritiy kabi moddalar sog‘liqqa zarar keltiradigan darajada ko‘p bo‘lmaydi.
AES mutaxassislaridan tashqari, mahalliy tashkilotlar ham chiqayotgan suv tarkibini doimiy nazorat qilib turishi lozim. Chunki tritiy moddasi filtrlanmaydi, ya’ni suvni tozalash imkoniyati yo‘q, shuning uchun suvda tritiy miqdori ko‘payib ketsa, vaqtida aholi va mahalliy hukumatga bu haqda ma’lumot berilishi kerak.
- AES qanchalik himoyalangan bo‘lmasin, u baribir xavfli degan fikrga qo‘shilasizmi?
- AES - xavfsiz elektr energiya manbai. Oxirgi bir necha o‘n yillar davomida yadro energetikasi xavfsizligi ancha takomillashgan va kuchaygan. Ushbu energiya manbasini tanqid qilayotganlarning AESlarning birinchi o‘rinda xavfli ekanligi to‘g‘risidagi fikrlariga qo‘shilmayman. AES qurilishi va ekspluatatsiyasida xavfsizlikdan ko‘ra dolzarbroq boshqa masalalar bor.
Lekin, albatta AESlar ichkarisida ham, tashqarisida ham qandaydir darajada xavf saqlanib qoladi. Shuning uchun AES mutlaqo xavfsiz degan fikr ham noto‘g‘ri. Ba’zi misollarni keltirsak: «Rosatom» tashkiloti bilan bitim tuzgan Vengriyaning Paksh AESida aprel oyida avariya bo‘ldi va AESdan tashqariga radioaktiv moddalar chiqib ketdi. Yoki sentabr oyida Chexiyaning Temelin AESida suv regulyatsiyasi avtomati «adashib» radioaktiv suvni omborga emas, birinchi konturdan tashqaridagi, lekin AES ichidagi suv omboriga chiqarib yuborgan. Afsuski, mana shunday katta-kichik avariyalar hozirgi kunda ham uchrab turadi.
Tashqi xavflarga kelsak. Masalan, bizda qurilishi ko‘zda tutilayotgan SSER 1200 energobloki samolyot zarbasiga chiday oladimi-yo‘qmi – Finlyandiyada qurilayotgan AES bo‘yicha mutaxassislar bu to‘g‘risida hozirgacha bahs yuritishmoqda.
Bundan tashqari, biz seysmologik faol hududda yashaymiz. Shu bois ehtimoliy zilzila va uning AES ichida bo‘layotgan jarayonlarga ta’sirini e’tiborga olishimiz shart.
Terrorchilar tomonidan bo‘lishi mumkin tahdidga kelsak, bu xavfning oldini olish o‘z qo‘limizda va ishonchim komilki, bizning xavfsizlik organlarimiz va armiyamiz bunday xavfning oldini olish uchun еtarli darajada kuch va salohiyatga ega.

Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling