Aes. Energiya manbalari muammolari aes qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu


- Nima uchun odamlar yadroviy (atom) sanoatga salbiy qarashadi?


Download 131.17 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1491436
1   2   3   4   5   6   7
- Nima uchun odamlar yadroviy (atom) sanoatga salbiy qarashadi?
- Odamlarning atom sanoatiga salbiy qarashiga birinchi navbatda oxirgi yillarda bo‘lib o‘tgan bir necha katta avariyalar va ularning oqibatlari sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, yadro so‘zini eshitganda ko‘pchilikning tasavvurida yadro energiyasining kuchi va tarixda bo‘lib o‘tgan ayanchli voqealar paydo bo‘ladi. Ayrimlar atom qurollari bilan atom elektr stansiyalarining ishlash prinsiplarini farqlamasdan, ularning ikkisi ham xavfli degan fikrda yuradi.
Energetika sohasidagi yangiliklarni kuzatib borayotgan mutaxassislar yaxshi biladiki, oxirgi yillarda bu sohada ko‘p narsa o‘zgardi. Misol uchun, muqobil energiya manbalarining narxi yildan-yilga pasayib, samaradorligi oshib bormokda. Aksincha, atom elektrostansiyalarining qurilish narxlari o‘sib bormoqda.
Buning ustiga, atom elektrostansiyalarini ekspluatatsiya qilish – bloklarni ta’mirlashga, avariya oqibatlarini bartaraf qilishga katta mablag‘ sarf bo‘layotgani uchun atom kelajagiga salbiy qarash kuchaymokda. Bundan tashqari, hech kim inson tomonidan amalga oshirilgan loyihaga hech qanday kutilmagan holat bo‘lmasligiga yuz foiz kafolat bera olmaydi. Mana shu omillar ayrimlarning atom energetikasiga salbiy qarashlariga sabab bo‘ladi.
- Atom elektr stansiyasi qurilishi mamlakatdagi radiatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadimi?
- Yo‘q. Atom elektr stansiyasi mamlakatdagi radiatsiya darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. AES qurilgan hududi atrofida ham, mintaqada ham radiatsiya darajasi oshmaydi. Albatta, agarda biror xato yoki favqulodda holat sodir bo‘lmasa.
- AES atrofidagi radiatsiya darajasi monitoring qilinadimi? 
- AES atrofidagi radiatsiya darajasini monitoring qilish birinchi navbatda davlatning vazifasi. Bu masalani hech qachon faqat AES egasi yoki AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning o‘ziga berib qo‘ymaslik kerak. O‘zbekistonda AES faoliyatini va umuman yadro sohasini nazorat qiluvchi organ tashkil etish kerak. «O‘zatom» yoki «O‘zbekenergo» bu sohani xolis tekshira oladimi, yo‘qmi, biror narsa deya olmayman. Chunki bitta tashkilot ham AES loyihasida ishtirok etib, ham bu loyihani tekshiruvchi sifatida qatnashishi to‘g‘ri bo‘lmaydi menimcha.
Ayrim davlatlarda AES atrofidagi radiatsiyani monitoring qilish huquqi uning atrofidagi aholi punktlariga ham berilgan. Bundan tashqari, mahalliy, nodavlat yoki ekologik tashkilotlarga AES atrofidagi radiatsiyani o‘lchash, AES faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bemalol, to‘siqsiz tanishish huquqi berilgani yaxshi. Masalan, Chexiyada AES atrofida yashaydigan fuqarolar ham davlatdan radiatsiya o‘lchash uskunasini bepul olib, elektrostansiya atrofidagi radiatsiyani o‘lchash huquqiga ega.

Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling