Aes. Energiya manbalari muammolari aes qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu


- AES ishga tushishi bilan elektr energiyasi narxi arzonlashadimi yoki uzluksizligi ta’minlanadimi?


Download 131.17 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1491436
1   2   3   4   5   6   7
- AES ishga tushishi bilan elektr energiyasi narxi arzonlashadimi yoki uzluksizligi ta’minlanadimi?
- Aytib o‘tganimdek, biz O‘zbekistonda AES qurilishining barcha moliyaviy taraflaridan xabardor emasmiz. Agarda barcha rejalar samarali amalga oshirilsa, AES yana o‘n yildan so‘ng ishga tushadi. Bu vaqtgacha energetika sohasi joyida turmaydi va ko‘p narsa, shu jumladan elektr energiyasi narxini aniqlash tartibi ham o‘zgaradi.
Umuman olganda, AES elektr energiyasi narxini pasaytirmaydi. MDH davlatlari yoki boshqa mamlakatlardagi energiya narxlarini kuzatib ayta olamizki, elektr energiyasi narxi pasaymaydi va mening fikrimcha, o‘sib boradi.
Uzluksiz ta’minlashga kelsak, albatta AES aholini hamda sanoatni, ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashga katta yordam beradi.
Bu еrda bir narsani aytib o‘tish lozim. Yadro energetikasidan bexabar hamyurtlarimiz AES to‘xtamasdan ishlab, uzluksiz elektr energiyasi ishlab chiqarar ekan degan fikrga kelmasliklari kerak. AES reaktorlari tez-tez to‘xtatib turiladi. Sababi esa har xil, masalan, reja bo‘yicha, nazorat signalizatsiyalari yoki mayda kutilmagan hodisalar sababli to‘xtashi mumkin. Yoki yoz oylarida kuchli qurg‘oqchilik bo‘lsa, suv еtishmasligi sababli to‘xtab qolishi ham mumkin.
- AES quvvati O‘zbekistonning qancha hududini elektr bilan ta’minlay oladi? 
- Agarda mamlakatimiz iqtisodiyotining uzoq muddatli rivojlanishini ko‘zda tutib gapirsak, qurilishi rejalashtirilgan AES barcha elektr energiyasining taxminan 15-17 foizini berishi mumkin. Bu juda katta ulush. Hududlar bo‘yicha esa hisoblash qiyin. Agarda AESning bor quvvatini viloyatlarga bo‘lib berishni faraz qilsak, AES kelajakda taxminan uchta viloyatni elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlashi mumkin.
- Bugungi kunda AESga muqobil, uning o‘rnini bosa oladigan elektr stansiyasi mavjudmi? 
- AES bilan muqobil energiya manbalarini faqat energiya ishlab chiqarish kuchi orqali taqqoslash qiyin va unchalik to‘g‘ri emas. Ikkala energiya manbaining kuchli va zaif tomonlari bor.
Bir tarafdan muqobil energiya manbalari bugungi kunda juda samarali va energiya ishlab chiqarish uskunalarining narxlari tez pasaymoqdaki, ko‘p mamlakatlarning energiya tizimida muqobil energiya ulushi tezlik bilan oshib, boshqa manbalar ulushi pasayib bormoqda.
Ikkinchi tarafdan, yadro energetikasi bugungi kunda eng arzon elektr manbai bo‘lib qolmoqda va energiya uzatish barqarorligi boshqa manbalarga nisbatan ishonchli. Shuni unutmaslik kerakki, yadro energetikasining o‘zida ham katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Bugungi kunda uran emas, toriyni yonilg‘i sifatida ishlatadigan reaktorlar ishlamoqda. Yoki katta reaktorlar o‘rniga, kichkina va mobil reaktorlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Masalan, faqat 20 megavatt yoki 200 megavatt energiya beradigan kichkina avtonom reaktorlar sinalmoqda. Yaqin kelajakda shunday reaktorlar ishlab chiqarilishi mumkinki, har bir viloyatda yoki kerakli sanoat parklarida o‘zlarining avtonom «AES»ini qurib berish imkoniyatlari paydo bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Bular sinovdan o‘tkazilayotgan energiya manbalaridir.
Biz hozir energiya sohasida katta o‘zgarishlar davrida yashayapmiz. Menimcha, O‘zbekistonda muqobil energiya vositalarini yaxshi baholay olmayapmiz. Qaror va topshiriqlar еtarlicha bo‘lishiga qaramasdan, bu sohada katta o‘zgarishlar va investitsiyalar kam. Bu sohani ommaviylashtira olmayapmiz.
Ozgina kulgili bo‘lsa ham, men AES bilan muqobil energiya manbalari kurashini o‘tgan asrning 90-yillaridagi uy telefoni bilan uyali telefonlar kurashiga taqqoslamoqchiman. Esingizda bo‘lsa, uyali telefonlarni ilgari faqat o‘ziga to‘q odamlar ishlata olgan va unga qarshi bo‘lganlar bu yangi aloqa vositasini qo‘pol, katta va signali kuchsiz, asosiysi, juda qimmat deb tanqid qilishgan. Quyosh, shamol, biomodda va shunga o‘xshash tabiiy manbalardan energiya olish uslublari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Biz bu trenddan orqada qolmasligimiz kerak. Bo‘lmasa, bir kun kelib rivojlangan davlatlar «qo‘l telefoni»ni ishlatib yurganda, biz «uy telefoni»ga bog‘lanib qolishimiz mumkin.

Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling