Aes. Energiya manbalari muammolari aes qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu


- Stansiyadan necha yil davomida foydalaniladi va ekspluatatsiya muddati tugaganidan so‘ng AES nima bo‘ladi?


Download 131.17 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1491436
1   2   3   4   5   6   7
- Stansiyadan necha yil davomida foydalaniladi va ekspluatatsiya muddati tugaganidan so‘ng AES nima bo‘ladi? 
- Biz aytib o‘tgan energobloklar taxminan 60 yilgacha ishlashi mumkin. Bundan keyin ham sarmoya kiritib reaktorlar «umri»ni uzaytirsa bo‘ladi.
Lekin bu еrda bir muhim narsani aytib o‘tishimiz kerak. Energoblokni 60 yil ekspluatatsiya qilish mumkin deganimiz 60 yil ichida boshqa sarmoyasiz faqat xom ashyo evaziga elektr energiyasi olamiz degani emas. Bu davr ichida atom reaktorlari ta’mirlab turilishi kerak. Va bu ta’mirlash ishlari arzonga tushmaydi.
AESdan foydalanish davridagi xarajatlarga ozgina chuqurroq qarasak, energoblok ishini cheklaydigan va doimiy sarmoya talab qiladigan jihatlar mavjud: bosim ostida ishlaydigan idish, nasoslar, turbinalar, sovutish minoralari, xavfsizlik tizimini yangilash... 
Ikkinchi savolingizga kelsak, ekspluatatsiya muddatini doimiy uzaytirish imkoniyati yo‘q va muddati tugaganidan keyin albatta AESni likvidatsiya qilish kerak. AES likvidatsiyasi oson, tezda bitadigan va arzon ish emas. Qisqa qilib aytsak, energoblokni likvidatsiya qilishning eng qiyin joyi bu birinchi, primar bo‘limi. Chunki bu bo‘lim eng radioaktiv zaharlangan bo‘limdir. Ko‘pincha ushbu bo‘limni xavfsiz likvidatsiya qilish uchun energobloklar to‘xtatilib, o‘n yillab kutiladi. Chunki bu bo‘limdagi radiatsiya juda kuchli va hayot uchun juda xavflidir. O‘n yillar ichida radionuklidlar parchalanib, radiatsiya ancha pasayadi va bu bo‘limda ish boshlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Energobloklardan chiqqan barcha radioaktiv materiallar xuddi radioaktiv chiqindi qanday saqlansa, shunday tarzda еrosti omborlariga ko‘milishi kerak. AES o‘rni esa uzoq vaqtgacha kirish mumkin bo‘lmagan hududga aylanadi.
Atom energiyasi xalqaro tashkilotining hisob-kitobicha, bitta reaktor faoliyatini tugatib buzish uchun taxminan 500 million dollar sarflanadi.
- Mazkur AES qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi?
- Bu juda keng qamrovli savol. Bu savolga javob sifatida alohida maqola yozish mumkin.
O‘zbekistonda elektr energiyasi tanqisligi faqat mutaxassislarga emas, aholiga ham ma’lum. AES qurilishi bilan mamlakatimizdagi ko‘plab dolzarb muammolar еchiladi va yangi sohalar rivojlanishiga zamin yaratiladi. Bu loyiha aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashdan tashqari, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ulkan hissa qo‘shadi. Chunki zamonaviy ishlab chiqarish – zavod-fabrikalarning energiyaga bo‘lgan talabi kuchli va biz agarda mamlakatimizga yangi investitsiyalarni jalb qilmoqchi bo‘lsak, iqtisodiyotni rivojlantirmoqchi bo‘lsak, bizga mana shunday kuchli elektr energiya manbai zarur.

Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling