Ma’ruza mavzusi: AGREGATLARNI ISHLATISHDA ENERGIYA VA YOQILG’I SARFI.
Reja:
1.Agregatlarning soatli ish unumi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
2.Statsionar, mobil va transport agregatlarining ish unumini aniqlash va ularni oshirish usullari.
3.Mavsumda bajarilishi kerak bo‘lgan texnologik jarayonlarning xajmini aniqlash usullari.
4.Mashina-traktor agregatlarning sonini aniqlash va ularni ishlatish uchun talab etiladigan yonilg‘i moylash materiallari
Mavzuning maqsadi:
|
Agregatlarning soatli ish unumi va unga ta’sir qiluvchi omillar hamda statsionar, mobil va trans-port agregatlarining ish unumini aniqlash va ularni oshirish usullarini o’rganish. Mavsumda bajarilishi kerak bo’lgan texnologik jarayonlarning xajmini aniqlash usullarini o’rganish hamda MTAlarning soni va ularni ishlatish uchun talab etiladigan yonilg’i moylash materiallari miqdorini aniqlash.
|
AGREGATLARNING ISH UNUMI
Mashina traktor agregatining vaqt birligi ichida bajargan ish xajmi ularning ish unumi deb ataladi. Qishloq xo’jaligi ishlarida ish unumiga ta’sir qiluvchi omillar.
I.Texnikaning rivojlanishi va ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalash darajasi:
1.Ishlovchilarning madaniyati va malakasi; 2. Mehnatni tashkil qilish va mehnat intizomi; 3.Raqobatning rivojlanish darajasi; 4.Mehnatga xaq to’lash va raqobatlantirish tizimi; 5.Ijara va fermerchilikni rivojlantirish.
Tibbiy iqlim sharoitlar: Mashina traktor agregatlarning ish unumi 3 xil bo’ladi. A) nazariy ish unumi; B) texnik ish unumi; V) xaqiqiy ish unumi
ISH UNUMINING O’LCHOV BIRLIGI
Soatlik, ga/soat. t/soat, t km/soat, m3 /soat km/soat. Smenalik, ga/sm. t/sm, t km/sm, m3 / km/sm
Do'stlaringiz bilan baham: |