Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti


Xisobot yilida xo’jalikning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatida yuz bergan o’zgarishlarni amaldagi xuquqiy-me’yoriy xujjatlar asosida o’rganish va umumlashtirish


Download 462.89 Kb.
bet2/9
Sana08.06.2023
Hajmi462.89 Kb.
#1464838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Абдуллаев Азизбек 4-78

Xisobot yilida xo’jalikning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatida yuz bergan o’zgarishlarni amaldagi xuquqiy-me’yoriy xujjatlar asosida o’rganish va umumlashtirish.

Mamlakat aholisini oziq ovqat va iste’mol tovarlari bilan ta’minlash masalasi doimmo dolzarb bo’lib kelgan. Shu jumladan, qishloq xo’jaligida yetishtilayotgan maxsulotlarni ko’paytirishda fermer xo’jaligini roli axamiyatli xisoblanadi. Malakaviy bitiruv ishi oldi amaliyotini o’tayotgan Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi xam shular jumlasidan xisoblanadi.


“Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi Andijon viloyati Qo’rgontepa tumanining Oxunboboyev massivining Qashqar mahalla fuqarolari yig’inida joylashgan. Fermer xo’jaligi viloyat markazidan 100 kilometr, tuman markazidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan. Paxta tozalash zavodidan 6 kilometr va don mahsulotlarini qabul qilish korxonalari mos holda 12 kilometr uzoqlikda, fermer xo’jaligi tuman OAJ MTPsidan 5 kilometr hamda O’zqishloqxo’jalikkimyo tashkilotidan 12 kilometr, shuningdek, Pillakashlik korxonasidan 17 km, neftbazadan esa 7 km uzoqlikda joylashgan.
U Qo’rgontepa tuman hokimligi qoshidagi fermer xo’jaliklarini tashkil etish komissiyasining 2000 yil 14 fevraldagi 144/1-sonli yig’ilishining bayonnomasi hamda Jamoatchilik Kengashi tomonidan o’tkazilgan tanlovining yakuniy bosqichi to’g’risidagi xulosalari asosida tuman hokimining 1997 yil 26 dekabrdagi 169-Q sonli qarori bilan huquqiy shaxs sifatida tashkil topdi. Xo’jalik dastlab 2000 yilda 35 gektar yerga uzoq muddatli ijara huquqi asosida egalik qilgan bo’lib, 2009 yil oxirida Prezidentimizning 6.10.2008 yildagi “Fermer xo’jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastka maydonlarini miqdorini maqbullashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi farmoyishiga asosan viloyatimiz tumanlarida ham bir qator ishlar olib borildi.
Fermer xo’jaligiga yer uchastkasi 49 yil muddatga ijaraga foydalanish uchun berildi. Ushbu yerlarni sug’orishda fermer xo’jaligi Xamidillo mirob suv iste’molchilari uyushmasi orqali oqava suvlaridan sug’orib keladi.
Fermer xo’jaligi sharq tomondan Temurmalik ishonchi fermer xo’jaligi bilan, g’arb tomondan Jo’raev Raxmatilla orzusi fermer xo’jaligi bilan, janub tomonidan Sahovatli xokimbek fermer xo’jaligi bilan, shimol tomonidan esa Shaxobiddin omadi fermer xo’jaligi bilan chegaradosh hisoblanadi.
“Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi Agrobankning Qo’rgontepa tumanidagi bo’limida o’z hisob raqkamini ochgan bo’lib, bankdagi hisob raqami 20208000004031240001, MFO 00546 soliq to’lovchining INN 203145642 bilan o’z operatsiyalarini amalga oshirib kelmoqda.
Fermer xo’jaligi dehqonchilikka, xususan paxta va g’alla yo’nalishiga ixtisoslashgan. Ushbu fermer xo’jaligi 49 yil muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasining meliorativ holati talab darajasida bo’lib yer osti suvlaridan 3-5 metr chukurlikda joylashgan, yerlari sho’rlanmagan. Tuprog’i tipik bo’z tuproq hisoblanib, nisbatan olinganda tuproq unumdorligi, foydali elementlar va gumus mikdori o’rtacha.
Fermer xo’jaligi Oxunboboyev massividagi ilg’or xo’jaliklardan biri hisoblanadi.

  1. Xo’jalikning tashkiliy va boshqarish tuzilmasini hamda qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida samarali texnologiyalarni qo’llash va ulardan foydalanish bo’yicha ma’lumotlarni to’plash, o’rganish va taxlil etish asosida xulosalar chiqarish.

Biz amaliyot o’tagan Andijon viloyati Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan barcha munosabatlar hamma talablarga javob bera oladigan darajadagi shartnomalar asosida amalga oshirilar ekkan.


Jumladan Paxta tozalash zavodi bilan, don maxsulotlarini kabul kilish korxonasi bilan, fermer xo’jaligi tuman OAJ MMTPsidan hamda O’zkimyo tashkilotlari bilan birgalikda, Pillakashlik korxonasi hamda , neftbaza bilan 1 yillik shartnomalar imzolab o’z vaktida bajarib kelishmokda.
Shartnomalar har ikki tomonning erkin kelishuvi asosida tuzilishi shart. Shartnomalarni tuzishdan oldin tomonlar bozorni (marketing masalalarini) mukammal o’rganishlari, xo’jalik rahbarlari, bosh mutaxassislar, menejerlar zarur vositalarni qayerdan, qachon, qanday baholarda, qancha va qanday usullarda olish mumkinligini, shuningdek, o’z mahsulotlarini foydasi bilan sotish yo’llarini, xo’jalik rahbarlari, shuningdek, amaliyotdagi qonun va qoidalarni ham mukammal bilishlari, ular asosida ish yuritishlari kerak.
Shartnomalar uzoq, qisqa muddatga va bir marta amalga oshiriladigan munosabatlar bo’yicha tuzilishi mumkin. Masalan, qishloq xo’jalik korxonalari mahsulotlarini sotish uchun har yili shu mahsulotlarni (paxta, g’alla, chorvachilik mahsulotlari va boshq.) sotib oluvchilar bilan shartnomalar tuzadilar.
Shartnomalar har bir hamkor bilan mahsulotlar, bajariladigan ishlar va xizmatlar bo’yicha alohida-alohida tuzilishi lozim. Ularni tuzishni osonlashtirish maqsadida O’zbekistonda namunaviy shartnomalarning bir necha turi mutasaddi tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan. Chunonchi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi viloyatlardagi, tumanlardagi boshqarmalariga, tumanlarga hamda davlat xo’jaliklariga, fermer xo’jaliklariga o’z ish faoliyatlarini yuritish uchun yerni uzoq muddatga ijaraga berish; bog’ va tokzorlarni ular joylashgan yer uchastkalari bilan ijaraga berish bo’yicha namunaviy shartnomalarni davlat tilida taqdim etgan.
Namunaviy shartnomalarning aksariyati rus tilidagi sababli tadbirkorlar ko’p hollarda ularni tushunishga qiynalmoqdalar, xatoliklarga yo’l qo’ymoqdalar. Qolaversa, ular eskirgan tizim qolipida bo’lganligi bois talablarga to’la javob bermayotir. Shuning uchun tavsiya etilgan barcha namunaviy shartnomalar davlat tiliga qayta, zamon talablariga javob bera oladigan darajada o’girilishi shart. Namunaviy shartnomalarda tomonlarning vazifalari, burchlari, majburiyatlari, barcha shartlar aniq, to’g’ri, ravon yozilishi talab etiladi. Masalan, davlat talabini qondirish uchun qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olish bo’yicha tuziladigan shartnomada quyidagi masalalar aniq ko’rsatilishi lozim: shartnoma tuzuvchilarning yuridik nomlari, rahbarning ismi-sharifi; sotuvchining qanday mahsulotlarni, qaysi muddatlarda, qancha miqdorda tayyorlab berishi, oluvchining sotib olgan mahsulotlar uchun belgilangan vaqtda haq to’lashi lozimligi; sotilgan mahsulotlarning assortimenti davlat andozalari bo’yicha; mahsulot ishlab chiqaruvchining ularni sotib oluvchi tashkilot tomonidan moliyalashtirish tartibi aniq yozilgan bo’lishi; tomonlarning yuridik jihatdan kafolatlanganligi hamda bu kafolatning muhlati; sotuvchining sotiladigan mahsulotlarni oluvchiga yetkazib berish tartiblari va muddati; sotilgan mahsulotlarning baholari to’liq ko’rsatilishi; sotib olingan mahsulotlarga haq to’lash tartibi, ularni yetkazib berish shartlari; tomonlarning majburiyatlari; idishlar va mahsulotlarni joylashtirish ishlari, ularga belgi, tamg’a bosish tartibi; tuzilayotgan shartnomaning harakat muddati, tomonlarning javobgarligi; munosabatlar jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish tartibi; shartnomalarga o’zgartirish kiritish shartlari; tomonlarning o’zaro aloqalarni o’rnatish tartibi; forsmajor yoki tomonlarning maxsus, tasodifiy (yong’in, suv toshqini, urush, zilzila) holatlaridagi vazifalari, burchlari; tomonlarning yuridik maskani; mahsulot sotuvchi va sotib oluvchi haqidagi to’liq ma’lumotlar; tomonlarning muhri, rahbarlarning ismi-sharifi to’liq keltirilgan bo’lishi shart. Bu shartnoma qishloq xo’jaligi korxonalari bilan paxta zavodlari, don kombinatlari o’rtasida tuziladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, shartnomalarni tuzishda hozir ham yakkahokimlik alomatlari mavjud. Chunki erkin bozorda qayta ishlovchi ularning raqobatchilari bo’lmaganligi, bo’lganda ham juda kamligi sababli yakkahokimlik ular tomonida bo’ladi. Oqibatda qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan sotilayogan paxtaning, g’allaning bahosi erkin, kelishilgan holda o’rnatilayotgani yo’q. Bu muammolarni to’g’ri hal etish uchun mulkchilikning turli shakllariga asoslangan qayta ishlash sanoati korxonalarini tashkil etishga alohida ahamiyat berish zarur.

  1. Xo’jalikni joriy yil uchun xisobotini, yangi xo’jalik yili uchun biznes rejasini tuzishda ishtirok etish asosida talabada bu soxadagi ishlab chiqarish ko’nikmasini va tajribasini xosil qilish.

Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida yillik hisobotni tayyorlashning avvalo 2 ta ko’rinishi mavjud ekan.

  1. Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi uchun tayyorlangan yillik hisobot ya’ni fermer xujaligini hisobot yili davridagi barcha yo’nalishlarida olib borilgan ishlarning hisoboti, bunda yer fondi to’g’risidagi, qilingan xarajatlarni ekin turlari va xarajatlar tarkibi bo’yicha taqsimoti, paxtani sotish navlari bo’yicha ko’rsatkichlari, asosiy vositalarini puldagi ifodasi, Xodimlarga ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.

  2. Bu ko’rinishi tuman soliq inspeksiyasi ko’rsatish uchun tayyorlangan yillik hisobot bo’lib bunda barcha aktiv va passiv balans ko’rsatkichlari bo’yicha, ish haqi va undan olingan soliq to’lovlari to’g’risida va boshqa bir qator ko’rinishlar bo’yicha yillik hisobot tayyorlanadi.

Bu yillik hisobotlarni tayyorlashda fermer xujaligining rahbari hamda hisobchisi tomonidan tayyorlanib imzolanadi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha fermer xujaliklari iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni isteomoli va tahsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi sharoitida ulardan foydalanishni rejalashtirish tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy neomatlar istemolchilari uchun ham iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi.
Bozor sharoitida, barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab chiqaruvchi va istemolchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir fermer xujaligi qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishning mustaqil ravishda tanlaydi.
Zamonaviy sharoitlarda rejalashtirish ayrim shaxslar va mehnat jamoalarining, kichik va yirik fermer xujaliklari uchun (mustaqil) erkin bozor munosabatlarini vujudga kelishining asosi bo’lib qolmoqda. Rejalashtirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish va istemol qilish, tovar va xizmatlarga bo’lgan bozor talabi va fermer xujaliklari tomonidan ularning taklifi o’rtasida mustanosiblik saqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar istemolchilar talabini o’z to’laroq qondirishga harakat qiladilar.
Shunday qilib, ichki rejalashtirishni zamonaviy marketingning ishlab chiqarish menejmentining va umuman xo’jalik yuritishning butun iqtisodiy tizimining asosi bo’lib hisoblanadi. Bu esa fermer xujaligi da vujudga keladigan ishlab chiqarish - iqtisodiy va boshqa muammolarni yechishga kompleks tarzda yondashashni taqazo etadi.
Bozor sharoitida rejalashtirish turli iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa (iqtisodiy) funksiyalarni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning o’zaro taosir mexanizmi mavjud maqsad va ularga erishish vositalarini umumiy tizimiga birlashtirishni talab etadi.
Masalan, fermer xujaligi faoliyatining istiqboldagi iqtisodiy ko’rsatkichlarini rejalashtirishda amaldagi ilg’or meyorlar, standartlar, ilmiy shartlar va iqtisodiy maqsadlardan to’liq foydalanish zarur.
Ushbu maqsadlarni quyidagicha guruhlash va ifodalash mumkin.
1. Iqtisodiy o’sish - fermer xujaligining iloji boricha ko’proq miqdorda va yuqori sifatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga intilishi.
2. To’liq bandlik - ishga qobiliyatli va ishlashni hohlovchi barcha ishchilarni ish bilan ta’minlash.
3. Iqtisodiy erkinlik - barcha ishlovchi mutaxassislarga o’z faoliyat doirasida yuqori darajada erkinlikka erishishlariga imkon yaratish.
4. Daromadni adolatli taqsimlash - barcha xodimlar toifasini taqdirlashni yo’lga qo’yish.
5. Iqtisodiy samaradorlik, mavjud cheklangan resurslardan ulardan foydalanishga minimal xarajat sarflangan holda maksimal samara olinishini ta’minlash.
Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida tayyorlangan biznes reja yuqorida ko’rsatib o’tilgan holatlar to’liq aks ettirilgan bo’lib, asosan qishloq xo’jaligi ekinlarini texnologik xaritasi asosida tayyorlangan.



Download 462.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling