Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti
BMI uchun xo’jalikning oxirgi uch yillik ko’rsatkichlarni va ma’lumotlarni to’plash, o’rganish va umumlashtirish
Download 462.89 Kb.
|
Абдуллаев Азизбек 4-78
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.BMI uchun to’plangan ma’lumotlarni taxlil etish asosida mavzu uchun belgilangan jadvallarni to’ldirish.
- Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini ijaraga berilgan yer uchastkalarini tuproq bonitet ballari
- Manba: Qo’rgontepa tuman statistika bo’limi ma’lumotlari
- 2-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini iqtisodiy
- Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari.
- 3-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida paxta etishtirishning iqtisodiy samaradorligi
4.BMI uchun xo’jalikning oxirgi uch yillik ko’rsatkichlarni va ma’lumotlarni to’plash, o’rganish va umumlashtirish.
Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xujaligini 2014-2017 yillarda olib borilgan ishlari bilan tanishish natijasidagi faoliyatlarini kafedradan olib kelgan jadvallarimga, hamda savolnomada keltirilgan barcha ma’lumotlarni yig’ish uchun ko’rib chiqib 8 ta jadval tayyorladim, hamda fermer xo’jaligini xodimlari bilan yaqindan tanishdim. 5.BMI uchun to’plangan ma’lumotlarni taxlil etish asosida mavzu uchun belgilangan jadvallarni to’ldirish. Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xujaligining oxirgi uch yildagi faoliyatini taxlilini quyidagi manbalar orqali ko’rib chiqamiz. 1-jadvalda Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xujaligi 49 yil muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasining melorativ xolati talab darajasida bo’lib 1-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini ijaraga berilgan yer uchastkalarini tuproq bonitet ballari
Manba: Qo’rgontepa tuman statistika bo’limi ma’lumotlari yer osti suvlaridan 5-6 metr chuqurlikda joylashgan, yerlari sho’rlanmagan. Tuprog’i tipiq bo’z-tuprok xisoblanib nisbatan olinganda tuproq unumdorligi, foydali elementlar va gumus miqdori o’rtacha. Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida yer uchastkasidan foydalanish xolati ham yuqori darajada bo’lib yildan-yilga ekin ekiladi. Paxta va bug’doy xosildorligi ortib bormokda. Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jalik yerlari Guliston massivida joylashgan. Tuproqdagi chirindi miqdori o’rtacha, ekinlardan yuqori hosil olish uchun o’g’itlardan foydalanish zarur. Xo’jalik ishlab chiqarishlarining iqtisodiy samaradorligi oxirgi uch yillikda qanday bo’lganligini bilish maqsadida 2-jadval ma’lumotlari keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, oxirgi uch yilda xo’jalik ekin maydonining miqdori ya’ni 2017 yilda 60 gektar, 2019 yilda ham 60 gektarligi kuzatilyapti. 2-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini iqtisodiy samaradorligi
Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari. Paxta maydonlari 30,5 gektardan 31,3 gektarga yoki 102,6 foizgacha ortgan bo’lsa, bug’doy maydonlari 29,5 gektardan 28,7 gektargacha kamayganligini ko’rish mumkin. So’nggi uch yillikda jami ishlab chiqarish harajatlari 247,0 foizga ortgan bo’lsa, ish haqi harajatlari asosan bug’doy maydonlari ortishi evaziga 281,4 foizga qadar ko’paygan. Yalpi mahsulot esa shu vaqt mobaynida 252 foizga o’sgan. Yalpi mahsulot o’sishining ishlab chiqarish harajatlarining o’sishiga nisbatan tezroq bo’lishi evaziga mahsulot yetishtirishdan olingan foydaning 276,8 foizga yoki 2,7 martadan ziyod ko’payishini ta’minlagan. Kuzatilayotgan davrda foydaning 276,8 foizga yoki 2,7 martadan ortiq ko’payishi ma’lum ma’noda “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi a’zolarining moddiy manfaatdorligi darajasini yaxshilanishiga ko’maklashgan desak yanglishmagan bo’lamiz. 2017-2019 yillar mobaynida yuqoridagilar natijasida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlaridan bo’lgan 1 gektar ekin maydoni va 1 xodim hisobiga olingan yalpi mahsulot, fermer daromadi, ish haqini ham ortganligini ko’rish mumkin. Jumladan, 1 gektar ekin maydoni hisobiga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot 252 foizga, foyda 276,8 foizga ortgan bo’lsa, 1 xodim hisobiga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot 252 foizga ko’paygan, ish haqi esa, 281,4 foizga qadar ko’paygan. “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi tadqiqot davri mobaynida ma’lum darajada yaxshilangan deyish mumkin. Buni biz samaradorlikning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lgan rentabellik darajasidan ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. Xo’jalikning rentabellik darajasi 20,3 foizdan 22,7 foizga yoki +2,4 darajaga ko’tarilgan. Lekin rentabellik darajasini yanada oshirilsagina xo’jalik jadal rivojlanishi uchun yetarlicha moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’ladi. Xo’jalik ishlab chikarishining asoslaridan biri bo’lgan paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini so’nggi yillardagi holati yuqoridagi 3-jadval ma’lumotlarida aks ettirilgan. 3-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida paxta etishtirishning iqtisodiy samaradorligi
Download 462.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling