Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti
-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida bug’doy
Download 462.89 Kb.
|
Абдуллаев Азизбек 4-78
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari.
- 8-jadval Qo’rgontepa tumanidagi «Chimyon avangardi» fermer xo’jaligini Qo’rgontepa tumani bilan bug’doy yetishtirishning solishtirma iqtisodiy ko’rsatkichlari (2019 yil)
- Ko’rsatkichlar O’lchov birligi «Chimyon avangardi» fermer xo’jaligi bo’yicha
7-jadval
Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida bug’doy etishtirishning iqtisodiy samaradorligi
Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari. “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida bug’doy yetishtirish tannarxini o’sishining uni davlatga sotish bahosini o’sishidan ustun darajada bo’lishligi 2017-2019 yillarda ushbu mahsulotni yetishtirishdan foyda olishni 179,7 foizga ko’paytirganligini ko’rishimiz mumkin. Oqibatda, “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi rahbari va a’zolarining oladigan daromadni, 1 gektar bug’doy maydoni hisobiga olingan yalpi mahsulotni 167,5 foizga va foydani 184,8 foizga oshishi ro’y bergan. Bug’doy yetishtirish rentabelligi 2017 yilda 35,2 foiz bo’lgan bo’lsa, 2019 yilda bu ko’rsatkich 40,3 foizga yetkazilgan ya’ni 2017 yilga nisbatan 2019 yilda +5,1 darajaga yuqoridir. Bu yaxshi natija, lekin, optimal daraja (60-70 foiz) dan ancha past. Shuning uchun, ushbu xo’jalikda bug’doy yetishtirish rentabelligini yanada oshirish chora – tadbirlarini ko’rish lozim. Quyida berilgan 8-jadvalda Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini Qo’rgontepa tumani bilan bug’doy yetishtirishning solishtirma iqtisodiy ko’rsatkichlari aks ettirilgan. 8-jadval Qo’rgontepa tumanidagi «Chimyon avangardi» fermer xo’jaligini Qo’rgontepa tumani bilan bug’doy yetishtirishning solishtirma iqtisodiy ko’rsatkichlari (2019 yil)
Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, kuzatilayotgan oxirgi 2019 yilda fermer xo’jaligini bug’doy yetishtirish bo’yicha iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari tuman bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichlaridan biroz yuqoridir. Jumladan, bug’doy hosildorligi xo’jalikda tumandagi o’rtacha hosildorlikdan 1,3 ts/ga yoki 101,9 foizga ko’p. 1 tsentner bug’doy tannarxi 1490 so’m yoki 2,3 foiz (100 foiz – 97,7 foiz) ga kam bo’lsa, 1 tsentner bug’doy davlatga sotish bahosi 6460 so’m yoki 7,8 foiz (107,8 foiz - 100,0 foiz) ga yuqori. 1 gektar bug’doy maydoniga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot 551,5 ming so’mga yoki 109,9 foizga, foyda esa, 569,8 ming so’mga yoki 148,1 foizga ko’pni tashkil qilmoqda. Natijada, bug’doy yetishtirish iqtisodiy samaradorlik yakunlovchi ko’rsatkichi bo’lgan rentabellik darajasini fermer xo’jaligida (40,3 foiz) tumandagi o’rtacha (27,1 foiz) ga nisbatan +13,2 darajaga yuqoriligini ko’rishimiz mumkin. Mehnat jamoasi tarkibini yaxshilash, uni samaradorligini oshirish asosida xo’jalikni barqaror rivojlanishini ta’minlash bo’yicha rahbar va mutaxassislarni fikr-muloxazalarini to’plash, taxlil etish va o’rganish. Korxonalarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo’jaligida (mavsumiy ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu jumladan yollanma ishchilar ham. Qishloq xo’jalikda mehnat resurslarining shakllanish va foydalanishning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 1.Biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar - tuproq, o’simlik, hayvonlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun xodimlar mehnati mazmunining yo’naltirilganligi. Bu qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tirik organizmlarining rivojlanishi, o’zgarishiga, ularning tabiatini noorganik elementidan organik moddalarga sintezlashuviga bog’liqdir; 2.Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi tabiiy, xususan, yerning umumdorligi va ob-havo iqlim sharoitlariga bog’liq. Chunki iqlim tez o’zgarib turganligi uchun o’simlik va hayvonotga qulay sharoit yaratish lozimdir; 3.Ko’p xodimlarning bir qancha mehnat vazifalarini bajarishi. Bunday aralashishning zarurligi ish turining ko’pligi va bajarish muddatining mavsumiyligidan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligi xodimi alohida texnologik operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tor malakali bo’lmasligi kerak. Qishloq xo’jalik xodimi ma’lum turdagi pirovard mahsulot yetishtirishga keng ixtisoslashgan bo’lishi kerak; 4.Ishlab chiqarish jarayonida yer, mollar va boshqa resurslarning mustaqil emasligi. Pirovard mahsulot natijasiga iqtisodiy javobgarligini ta’minlash uchun xodimlarga umumiy yerlarni emas, balki aniq dalalarni, butun hayvonlarni emas, balki aniq mollar bosh sonini berkitib qo’yish lozimdir; 5.Mehnat jarayonlarining o’z-o’zini boshqarishi. Biologik ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, qishloq xo’jaligida, ayniqsa œsimlikchilikda biologik jarayonda sharoitlar tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun bu yerda chetdan turib boshqarish imkoniyati ancha chegaralangan; 6.Xodimlar daromadining œsimlikchilikda va chorvachilikda pirovard iqtisodiy natijalarga bog’liqligi. Bu bog’liqlik mehnat operasiyalarini bajarish paytida xodimdan texnologik talablarga rioya qilishda o’zini qattiq nazorat qilishning bevosita sharti bo’lib hisoblanadi; 7.Xodimlar daromadining faqat ijtimoiy xo’jalikda emas, balkiy shaxsiy dehqon xo’jaligida ham qo’llanilishi. Samarali qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uning mehnat resurslari bilan me’yor bo’yicha ta’minlashishiga bog’liq. Ish kuchi bilan yetarlicha ta’minlanmasligi ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya qilinmaslikka, pirovard natijada mahsulotni yetarlicha olinmasligiga olib keladi. Mehnat resurslari bilan me’yordan yuqori darajada ta’minlanganlik esa ish kuchidan kamunum foydalanishga va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. 9-jadvalda Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligining a’zolari va ularning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan. Download 462.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling