Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti


Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari


Download 462.89 Kb.
bet6/9
Sana08.06.2023
Hajmi462.89 Kb.
#1464838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Абдуллаев Азизбек 4-78

Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari.
Fermer xo’jaligini erishilgan rentabellik darajasi 2019 yili 16,5 foizga teng bo’lib, u tumanga nisbatan +13,5 darajaga yuqoridir. Undan tashqari, fermer ho’jaligining boshqa xususiy ko’rsatkichlari ham tumanga nisbatan ancha yuqoridir. Jumladan, fermer xo’jaligida paxta hosildorligi 145,4 foizga, bir gektar hisobiga olingan yalpi mahsulot 148,3 foizga va foyda hajmi 720,6 foizga yuqoridir.
2019 yilda fermer xo’jaligida 1 tsentner paxta xom-ashyosini o’rtacha tannarxi 289 040 so’mni, Qo’rgontepa tumanida esa 320 670 so’mni tashkil etadi. Bu “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida paxta xom-ashyosini yetishtirish tannarxi kuzatilayotgan yilda tumandagi o’rtacha ko’rsatkichdan 9,9 foiz (100 foiz – 90,9 foiz) ga kam bo’lganligidan dalolat beradi.
Fermer xo’jaligida 1 tsentner paxta xom-ashyosini sotish baxosi 336 780 so’mni tashkil etgan bo’lsa, Qo’rgontepa tumanida 1 tsentner paxta xom-ashyosini o’rtacha sotish bahosi 330 300 so’mni tashkil etadi.
Xulosa qilib aytilganda, Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi tumandagi ilg’or xo’jaliklardan bo’lib, u o’zining iqtisodiy jihatdan rivojlanishini ta’minlamoqda. Lekin, fermer xo’jaligini paxta yetishtirish iqtisodiy samaradorligi hali optimal daraja (30 – 40 foizga) dan ancha past bo’lib, uni ko’tarish choralarini ko’rish lozim.
“Chimyon avangardi” fermer xo’jaligining asosiy davalat buyurtmasiga yetishtiradigan mahsulotidan biri – bu bug’doydir. 2017-2019 yillarda xo’jalikda bug’doy yetishtirish iqtisodiy samaradorligini 7-jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
7-jadvalda Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida bug’doy yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaligida so’nggi uch yil mobaynida bug’doy maydonlari 29,5 gektardan 28,7 gektarga kamaygan, bug’doy hosildorligi 66,2 tsentnerdan 68,8 tsentnerga qadar yoki 103,9 foizga oshgan. Natijada, bug’doy yalpi hosili kuzatilayotgan davrda 21,7 tsentnerga yoki 101,1 foizga ko’paygan.
Xo’jalikda 2019 yilda 1 tsentner bug’doyni yetishtirish tannarxi 2017 yilga nisbatan 22 540 so’mga yoki 155,4 foizga ko’paygan. Bu tadqiqot mobaynida jami bug’doyni yetishtirish harajatlarini 157,1 foizga, shu jumladan, ish haqqi harajatlarini 146,6 foizga oshirgan. Shuningdek, 2019 yilda 1 tsentner bug’doyni davlatga sotish baholarini 2017 yilga nisbatan 33 700 so’mga yoki 161,2 foizga ortishi kuzatilyapti. Bu esa, oxirgi uch yillik mobaynida davlatga sotilgan bug’doy yalpi mahsulotini 163,0 foizga ko’payishini ta’minlagan.

Download 462.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling