Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti
-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida paxta
Download 462.89 Kb.
|
Абдуллаев Азизбек 4-78
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harajatlar turi 2017 yil 2018 yil
- Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari.
- 5-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini sotilgan jami paxtani navlar bo’yicha taqsimlanishi
- Sanoat navi Sinfi 2017 yil
- 6-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini Qo’rgontepa tumani bilan paxta yetishtirishning solishtirma iqtisodiy ko’rsatkichlari (2019 yil
- Ko’rsatkichlar O’lchov birligi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi bo’yicha
4-jadval
Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida paxta etishtirish harajatlari va ularning tarkibi
Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari. ulushining kamayishi kuzatilyapti. Umuman olganda, xo’jalikda yaqin kelajakda moddiy harajatlarning ulushini yanada oshirish zarur. Chunki, ushbu harajatlar paxta yetishtirish va uning miqdorini oshirishda o’ta muhim ahamiyatga ega. “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi a’zolari va shartnoma asosida ishlovchi xodimlarning mehnat haqi harajatlarining ulushi tadqiqot davrida 31,0 foizdan 29,4 foizga kamaygan. Paxta yetishtirishga bevosita aloqasi bo’lmagan boshqa harajatlar ulushini yildan yilga kamaytirib borishga erishish lozim. Bu borada xo’jalikdagi holat qoniqarli. Ya’ni boshqa harajatlar ulushi o’rganilayotgan vaqt mobaynida 2,4 foizdan 3,8 foizga ortgan. Lekin, ushbu harajatlar ulushining qisqarishiga harakatlarni amalga oshirish talab etiladi. Paxta yetishtirish iqtisodiy samaradorligini o’rganishda tayyorlanayotgan paxta xom-ashyosining sifatini yaxshilash holatini quyidagi 5-jadvalda “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini 2017-2019 yillarda davlatga sotgan jami paxtasining navlar buyicha taksimlanishini ko’rib chiqamiz. 5-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini sotilgan jami paxtani navlar bo’yicha taqsimlanishi
Manba: “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligi yillik hisobot va statistik ma’lumotlari. Jadval ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi 3 yilda paxta xom- ashyosini tayyorlash sifati yaxshilanib bormoqda. Jumladan, 2017 yili jami yetishtirilgan 963,0 tsentner paxta xom-ashyosining 74,5 foizi birinchi sanoat navining birinchi sinfiga, 7,2 foizi birinchi sanoat navining ikkinchi sinfiga, 4,9 foizi birinchi sanoat navining uchinchi sinfiga, 7,4 foizi ikkinchi sanoat navining birinchi sinfiga sotilgan bo’lsa, qolgan 6 foizi ikkinchi sanoat navining ikkinchi sinfiga sotilgan. 2019 yilda yetishtirilgan jami 885,0 tsentner paxta xom-ashyosining 85,4 foizi birinchi sanoat navining birinchi sinfiga, 10,2 foizi birinchi sanoat navining ikkinchi sinfiga, 4,4 foizi birinchi sanoat navining uchinchi sinfga, 7 foizi ikkinchi sanoat navining birinchi sinfiga sotilgan bo’lsa, qolgan 4 foizi ikkinchi sanoat navining ikkinchi sinfiga sotilgan. Bularning barchasi ushbu xo’jalikda yetishtirilayotgan paxta xom-ashyosi sifatidagi ijobiy o’zgarishlarni ifodalaydi. Biroq, bu yetarli emas. Xo’jalikda yetishtirilayotgan paxta xom-ashyosini 100 foiz birinchi sanoat navlariga sotilishiga erishish zarur. Chunki, paxta xom-ashyosining sifatini yaxshilash paxtaning o’rtacha davlat xarid bahosini ya’ni pul daromadini oshishini ta’minlaydi. Bu esa, o’z navbatida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga olib keladi. Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini paxta yetishtirish iqtisodiy samaradorligining mavjud holatiga yanada to’liqroq baho berish maqsadida Qo’rgontepa tumani bo’yicha paxta yetishtirayotgan fermer xo’jaliklarining o’rtacha iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan xo’jalikdagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zaro taqqoslaymiz. Bu xo’jalikni tumandagi fermer xo’jaliklari orasida so’nggi yilda paxta yetishtirish bo’yicha egallagan maqeini ifodalab beradi. Ana shu maqsadda quyidagi 6-jadval ma’lumotlarini keltiramiz. 6-jadvalda Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini Qo’rgontepa tumani bilan 2017 yilgi paxta yetishtirishning solishtirma iqtisodiy ko’rsatkichlari aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligida paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi tumanga nisbatan ustun darajada yuqoridir. 6-jadval Qo’rgontepa tumanidagi “Chimyon avangardi” fermer xo’jaligini Qo’rgontepa tumani bilan paxta yetishtirishning solishtirma iqtisodiy ko’rsatkichlari (2019 yil)
Download 462.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling