Agrokimyo kirish


Download 323.88 Kb.
bet12/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)





  1. Bir kecha-kunduzda har bir qoramol va ot tagiga 3 kg, qo’y hamda echkilarga 0,5— 1 kg, cho’chqaga 1—3 kg to’shama solish kerak bo’ladi. Respublikamiz viloyatlarida to’shama sifatiga somon, poxol, qipiq, g’o’zapoya, daraxt barglari, kesilgan qamish va boshqa o’simlik qoldiqlarini ishlatish munikin. To’shama hayvonlarning suyuq chiqindisini shimib olib, ammoniy azotini saqlab qolishga imkon yaratadi.

  2. Mol tagiga sepilgan to’shama go’ngning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini yaxshilaydi. Uni hamma molxonalarda ishlatish niaqsadga muvofiq bo’ladi. To’shama uchun asosan somon va to’rf ko’proq ishlatilsa, ulardan sifatli go’ng olish mumkin bo’ladi.


10.2. SOMONNI O’G’IT SIFATIDA ISHLATILISHI


  1. To’shama qo’llaganda, go’ng eng yuqori sifatli bo’ladi. Somon yoki torf kamchil bo’lgan hollarda yog’och qipig’i ishlatiladi. Lekin bu holda go’ng yomon sifatli bo’ladi, azotning miqdori kam va uning tarkibida sekin parchalanadigan klechatka va ligninning miqdori ko’p bo’ladi. Bunday go’ngni qishloq xo’jaligi ekinini ekishdan ancha oldin solish lozim bo’ladi; u uzoq vaqt davomida kompostlangandan keyin solinsa, yanada yaxshi bo’ladi. Somonni 10—15 sm uzunlikda qilib maydalanganini solish ma’qulroq. Maydalangan somon butun somonga nisbatan ancha ko’p miqdorda siydik va ammiakli azotni yutadi, go’ngni tashishni, uni taxlash va tuproqqa solishni ancha yengillashtiradi.

  2. Somondan o’g’it sifatida samarali foydalanish uchun uni azot, fosfor yoki suyuq go’ng bilan aralashtirib, kuzda haydab tashlash kerak bo’ladi. Somonga aralashtiriladigan azotning miqdori gektariga 40—50 kg yoki uning massasining og’irligiga nisbatan 0,5— 1,3% ni tashkil qilishi kerak. O’g’it solingandan keyin, chizel qilinadi yoki 5—7 sm chuqurlikda ko’mib, 2—3 haftadan keyin, ya’ni somon parchalana boshlangandan keyin haydab tashlanadi. Somonni kuzda haydab tashlashning foydali tomonlari shundan iboratki, chirishi natijasida tarkibidan ajralib chiqadigan o’simliklar uchun zararli bo’lgan fenol birikmalari tuproq tarkibidan yuvilib ketadi. Ilmiy tadqiqot institutlarining ma’lumotlariga qaraganda, texnik va boshqa ekinlarga gektariga aralashtirilgan somondan 5—10 t ishlatilsa, uning samaradorligi oddiy go’ngnikidan qolishmas ekan. Somonni dukkakli o’simliklar ekiladigan tuproqlarda haydab tashlash maqsadga muvofiq bo’ladi.


10.3. YASHIL O’G’ITLAR


  1. Tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitish maqsadida yashil o’simliklar haydalib, tuproqqa qo’shib yuboriladi. Bunday o’simliklar sideratlar, ularni o’stirish usuli esa sideratlash deyiladi. O’zbekistonda sideratlar sifatida javdar, no’xat, gorchitsa, bersima, аrpа, raps, shabdar, mosh, loviya, qoplania beda va xantal tavsiya etiladi. Yashil o’g’itlar boshqa organik o’g’itlarga o’xshash tuproqning xossalariga va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligiga har tomonlama ijobiy ta’sir qiladi. Ular tuproq tarkibidagi organik modda va azotni ko’paytiradi (10.3.1-jadval).

(10.3.1-jadval)

Dukkakli ekinlar tarkibidagi oziq moddalar

(ko’kligidagi massasiga nisbatan, % hisobida)




Yashil

o’g’itlar turi


N


P2O5


K2O


CaO


H2O

Ko’k

massa s/ga

Azot

kg/ga

No’xat

0,5

0,15

0,5

0,3

88

130-250

75-130

Xashaki no’xat

0,5

0,15

0,5

0,3

85

160-250

80-130

Xashakli

dukkaklilar

0,5

0,15

0,5

0,32

87

150-250

80-140

Gina

0,48

0,14

0,49

0,3

82

100-180

50-90

Qizil sebarga

0,48

0,13

0,44

0,4

80

130-260

70-140

Shabdor

0,5

0,14

0,5

0,4

82

180-350

70-140

Mosh

0,5

0,15

0,5

0,4

80

180-220

75-130




  1. Yashil o’simliklarni ishlatilish sharoitiga qarab har gektar yerga 35—45 t organik massa haydab yuborilsa, tuproqqa 150—200 kg azot tushadi. Bu o’rtacha 35—40 t go’ngga tengdir. Go’ng yetishmaganda uning o’rnini ko’kat o’g’itlar to’ldiriladi. Sideratlar tarkibidagi azot go’ng tarkibidagi azotdan ko’proq bo’lishi mumkin.

  2. O’simliklarni yashil o’g’itlar tarkibidagi azotdan foydalanish koeffitsienti (birinchi yili) go’ng tarkibidagi azotga nisbatan ikki barobar yuqoridir.

  3. Yashil o’simliklar tuproqqa aralashtirib haydab tashlangandan keyin tuproq sernam tutilsa, u tez parchalanib ta’siri oshadi. Tarkibidagi to’plangan azot tuproqda butunlay saqlanib qoladi, ya’ni yo’qolmaydi. U boshqa organik o’g’itlarga nisbatan tez parchalanadi.

  4. Yashil o’g’itlar ta’sirida tuproqning agrokimyoviy xossalari yaxshilanadi. Tuproqda chirindini ko’payishi natijasida uning biologik faolligi tezlashadi. Tuproq va tuproq usti havosi karbonat angidridga boyiydi, natijada o’simliklarning havo oziqlanishi yaxshilanadi, tuproqda o’simliklar o’zlashtira oladigan kul elementlari ko’proq to’planadi. Shuning bilan bir vaqtda tuproqdagi mikroorganizmlarni, oziq elementlarni yutish qobiliyati tezlashadi va bu elementlarni, ayniqsa azotni tuproqning pastki qatlamlariga yuvilishi keskin kamayadi.

  5. O’zbekistonda Tuproqshnoslik va agrokimyo instituti olimlari tomonidan sug’oriladigan tipik va o’tloq tuproqlarda raps va shabdor o’simliklari bilan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, tuproq unumdorligini oshirish bilan qiyin eriydigan fosfatlar o’simlik o’zlashtira oladigan holatga o’tgan va harakatchan formalari tuproqda ko’paygan.

XI bob. O’G’IT QO’LLASH TIZIMI
11.1. O’G’ITLASH TIZIMINING MAQSADI VA VAZIFALARI


  1. O’g’itlash tizimi, odatda har bir paykalga uzoq muddat davomida reja asosida o’g’it kiritish uchun ishlab chiqiladi va o’z oldiga quyidagi asosiy vazifalarni qo’yadi:

              • ekinlar hosildorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash;

              • tuproqlar unumdorligini oshirish va ularni unumdorlik jihatidan bir jinsli bo’lishiga erishish;

              • o’g’itlardan samarali foydalanish, jadal dehqonchilik yuritish va atrof-muhit muhofazasini to’g’ri yo’lga qo’yish;

              • xo’jaliklarning ixtisoslashuvi va almashlab ekish maydonlarining chorvachilik fermalaridan uzoq-yaqinligiga qarab, ularda uchta ko’rinishdagi o’g’itlash tizimidan bittasi qo’llash;

              • mahalliy-mineral o’g’itli tizim. Bunda mahalliy o’g’itlar (go’ng, kompostlar, torf, ko’kat o’g’itlar)ni mineral o’g’itlar bilan birgalikda qo’llash;

              • faqat mineral o’g’itlarni qo’llashga asoslangan tizim;

              • faqatgina mahalliy o’g’itlarni qo’Uashga asoslangan tizim.


11.2. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINING O’G’ITGA TALABINI ANIQLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI


  1. Oziq moddalarning o’zlashtirilishi o’simliklar yoshiga qarab o’zgarib boradi. Tanglik (kritik) va eng ko’p (maksimal) o’zlashtiriladigan davrlar farqlanadi. Oziqlanish muhitida ma’ium bir moddaning yetishmasligi va uni o’simliklarning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatishi oziqlanishdagi tanglik davr deb yuritiladi. Ekinlar keyinchalik mazkur element bilan mo’l-k o’1 darajada ta’minlansada, tanglik davrning asorati uzilkesil yo’qolmaydi.

  2. Tadqiqotlar asosida ekinlarda azot va fosforga nisbatan tanglik davr nihollar paydo bo’lgandan keyingi 10—15 kunlarda kuzatilishi aniqlangan. Rivojlanishning ilk davrlaridagi kaliy tanqisligida ham ekinlar hosildorligi keskin kamayadi.

  3. Azot va fosforga nisbatan tanglik davr odatda erta bahorda, mikroorganizmlar faoliyati sust bo’lganda namoyon bo’ladi. Rivojlanishning nisbatan kechroq muddatlarida o’simliklarning oziqlanishiga bo’lgan talabi kuchayadi, qaysiki, oziq moddalari eng ko’p (maksimal) o’zlashtiriladigan davr deb yuritiladi. Ko’p hollarda bu davr o’simliklar tomonidan eng ko’p quruq biomassa to’planadigan muddatga to’g’ri keladi.

  4. Ko’pchilik ekinlarda oziqlanish davri o’suv davriga nisbatan sezilarli darajada qisqa bo’lib, bunday ekinlar jumlasiga ekinbop nasha, zig’ir va aksariyat boshoqli don ekinlarini kiritish mumkin. Ayrim ekinlarda esa (qandlavlagi, kartoshka, karam va boshqa) oziqlanish jarayoni ekinning butun o’suv davrida sodir bo’ladi.

  5. Ma’lumki, o’g’itning yillik me’yorini faqat bir marta, tuproqning ma’lum qatlamlariga berish yo’li bilan ekinlarda ko’zlangan hosilni olib bolmaydi. Shu sababdan o’simliklarni to’g’ri oziqlantirish tizimida asosiy o’g’itlashni (15—30 sm) ekish oldidan o’g’itlash (5—10 sm) va qo’shimcha oziqlantirishlar bilan uyg’unlashtirib amalga oshirishga to’g’ri keladi.


11.3. OZIQ MODDALARNING HOSIL BILAN OLIB CHIQIB KETILISHI


  1. Amalda o’simliklarning oziq moddalarga bo’lgan talabi 1 t asosiy mahsulot va unga mos keladigan “yordamchi” mahsulotning shakllanishi uchun sarflanadigan xo’jalik chiqimi asosida hisoblanadi (11.3-jadval).

(11.3-jadval)

Ayrim ekinlar tomonidan hosil birligi (t) bilan tuproqdan olib ketiladigan azot, fosfor va kaliyning taxminiy miqdori, kg


Ekin turi

Asosiy

mahsulot


Asosiy mahsulot bilan chiqib

ketadigan:



Azot, fosfor va kaliyning

o’zaro nisbati



azot

fosfor

kaliy

Kuzgi

bug’doy


Don

35


12

26

3,0 : 1 : 2,2

Kuzgi javdar

Don

30

12

28

2,5 : 1 : 2,3

Bahorgi bug’doy

Don

38

12

25

3,2 : 1 : 2,1

Arpa

Don

27

11

24

2,5 : 1 : 2,2

Makkajo’xori

Don

34

12

37

2,8 : 1 : 3,0

Suli

Don

30

13

29

2,3 : 1 : 2,3

Tariq

Don

33

10

34

3,3 : 1 : 3,4

Grechixa

Don

30

15

40

2,0: 1 : 2,7

O’ris no’xat

Don

30

16

20

2,0: 1 : 1,2

Zig’ir

Tola

80

40

70

3 : 1 : 1,8

Ekinbop nasha

Poya

15

7

12

2,1 : 1 : 1,7

G’o’za

Chigitli to’la

45

15

50

3 : 1 : 3,3

Kartoshka: ertagi

Tugunak

5

1,5

7

3,30 : 1 : 4,7

Kechki




6

2

9

3 : 1 : 4,5

Qand lavlagi

ildiz meva

6

2

7,5

3,3 : 1 : 4,2

Makkajo’xori

ko’k massa

2,5

1,2

4,5

2,1 : 1 : 3,8

Karam

Karam

3,4

1,3

4,4

2,6 : 1 : 3,4

Sabzi

ildiz meva

3,2

1,2

5

2,7 : 1 : 4,2

Xashaki lavlagi

ildiz meva

2,7

1,5

4,3

1,8 : 1 : 2,9

Pomidor

Meva

3,2

1,1

4

2,9 : 1 : 3,6

Bodring

Meva

2,8

1,4

4,4

2 : 1 : 3,1

Piyoz

piyoz bosh

3,7

1,3

4

2,8 : 1 : 3,1

Mevali daraxtlar

Meva- cheva

5

3

6

1,7 : 1 : 2

Tok

Uzum

1,7

1,4

5

1,2 : 1 : 3,6

Mevali daraxtlar

choy bargi

50

7

23

7,2 : 1 : 3,3



  1. Donli ekinlar oziq moddalarini (azot : fosfor : kaliy), odatda, 2,5—3,0 : 1 : 2,2—3,0 nisbatda o’zlashtirsa, bu ko’rsatkich sabzavot ekinlarida 2,0—2,9 : 1 : 3,0—3,6 ga, kartoshka va ildizmevalilarda 3,0—3,3 : 1 : 4,2—4,7 ga, ko’k massa uchun ekiladigan ekinlarda esa 2,1—2,7 : 1 : 3,3—3,8 ga tengdir. Demak, ko’k massa ekinlari va sabzavotlar kaliyni donli ekinlarga nisbatan ko’p, kartoshka va ildizmevalilarga nisbatan ancha kam o’zlashtiradi. Shuningdek, ularning azotli o’g’itlarga bo’lgan talabi ham ancha kam.

  2. Agar o’simliklar oziq moddalari bilan yaxshi ta’minlangan bo’lsa-yu, lekin tashqi omillardan birontasi yoki bir nechtasi tanqis bo’lsa, asosiy mahsulot bilan tuproqdan oziq moddalarining mosuvo bo’lishi kuchayadi. Aksincha, barcha omillarning yetarli bo’lishi hosilning shakllanishida oziq moddalaridan tejamkorlik bilan foydalanishga imkon yaratadi.


11.4. TURLI OMILLARNI ORGANIK VA MINERAL O’G’ITLAR SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
11.4.1 Tuproq-iqlim sharoitlari


  1. Tuproq unumdorligi va suv bilan ta’minlanganligi o’g’itlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Sug’orma dehqonchilik amalga oshiriladigan sharoitlarda azotli o’g’itlarning samaradorligi ancha yuqori. Azotning samaradorligiga tuproqning harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlikdarajasi ham ta’sir ko’rsatadi. Bu moddalar tuproqda kam bo’lgan holda azotning o’zlashtirilishi keskin kamayadi.




  1. Kaliyli o’g’itlar mexanikaviy tarkibi yengil (qumli va qumloq) tuproqlarda yaxshi samara beradi. O’rta va og’ir qumoqli hamda soz tuproqlar kaliy bilan yuqori darajada ta’minlanganligi sababli ularda kaliyli o’g’itlardan olinadigan iqtisodiy samaradorlik bir muncha kuchsiz namoyon bo’ladi.




  1. O’g’itlardan foydalanishda joriy yil bilan bir qatorda o’tgan yillardagi iqlim sharoitlarini ham hisobga olish lozim. Kuz faslida yog’in-sochin kam bo’lsa, azotli o’g’itlarning samaradorligi kamayadi va aksincha, fosforli o’g’itlarning samaradorligi oshadi. O’g’itlar, ayniqsa mahalliy o’g’itlar, tuproqdagi suv sarfini 10—20 % ga kamaytiradi. O’z navbatida sug’orish ham o’g’itlar samaradorligini oshiradi.

  2. O’suv davrining ilk bosqichlaridagi past harorat o’simliklarning azot va fosfor bilan me’yorida oziqlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Haddan tashqari yuqori haroratlarda ham o’simliklarning me’yorida oziqlanish jarayoni buziladi.


11.4.2 Agrotexnik sharoitlar


  1. Tuproqni obi-tobida ishlash, ekislini eng ma’qul agrotexnik muddallarda o’tkazish, eng yaxshi o’tmishdosh ekin tanlash, almashlab ekishga qat’iy amal qilish, begona o’tlar, zararkunanda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashish-o’g’itlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko’rsatadigan omillardan hisoblanadi. Obi-tobida amalga oshirilgan ishlov tuproqda qulay suv-havo va mikrobiologik rejimlarni yiizaga keltiradi, bu o’z navbatida ekinlarning me’yorida o’sib rivojlanishiga yordam beradi.

  2. O’g’it qo’llash chuqurligi bevosita tuproqni ishlash usuli bilan bog’liqdir. O’g’itlar tuproqning nam bilan yetarli ta’minlangan qatlamiga kiritilganda, yaxshi eriydi hamda ekinlarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqni ishlash begona o’tlarni yo’qotishdagi eng muhim tadbir bo’lib, pirovardida ekinlarning oziqlanish sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Ishlov berish bilan tuproqning haydalma qatlam chuqurligi oshadi, ekinlar baquvvat tomir yoyadi, natijada o’simliklar tuproqning chuqur qatlamlaridan ham oziq moddalarini o’zlashtiradi. O’g’itlar samaradorligini belgilashda ekinlar navini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bitta nav o’ziga xos biologik individ bo’lib, tegishlicha yer usti qismi va ildiz tizimini shakllantiradi. Yangi nav va duragaylarning fiziologikagrokimyoviy pasportlarini bilmaslik oqibatida ko’p hollarda tuproqqa kiritilgan o’g’itlar qo’shimcha hosil bilan qoplanmaydi.

  3. Ekinlarga beriladigan o’g’it me’yori ekish muddati va ekish me’yori bilan uyg’unlantirilishi lozim.Unuiman oJganda,yaxshi o’g’itlangan maydonlarga ekiladigan urug’ me’yorini bir muncha kamaytirish mumkin. Ekishning maqbul muddatlaridan chetga chiqish, ko’chat qalinligini me’yoridan oshirib yuborish o’g’itlar samaradorligini pasaytiradi. Sug’oriladigan sharoitlarda sug’orish rejimiga qat’iy amal qilish o’g’itlar samaradorligini oshirish omillaridan biridir.


Download 323.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling