Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Birinchi tasnif. Bu tasnifga shamol g‘ildirak vertikal tekislikda joylashgan, aylanish 
tekisligi esa shamol yо‘nalishga parallel (shamol g‘ildirakning о‘qi oqimga parallel) bо‘lgan 
shamol dvigatellar kiradi. Bunday shamol dvigatellarga parrakli deb ataladi. 
Parrakli shamol dvigatellar shamol g‘ildirakka, tezyuruvchanligiga (10.2) qarab uchta 
guruhga bо‘linadi (10.2-rasm): 
- kо‘p kurakchali shamol dvigatellar, sekin yuruvchi, tez yurutuvchanligi Zn ≤ 2; 
- kо‘p kurakchali shamol dvigatellar, sekin yuruvchi, tez yurutuvchanligi Zn > 2, shu 
jumladan shamol tegirmonlar ham; 
- kam kurakchali shamol dvigatellar, tez yuruvchi Zn ≥ 3. 
10.2- Rasm Shamol g‘ildiraklarning sxemasi: 1 – aylanish о‘qi gorizontal, shamol 
yо‘nalishiga parallel; 2-ikki kurakchali; 3-uch kurakchali; 4-tо‘rt kurakchali; 5-kо‘p 
kurakchali 
10.2-a Rasm Aylanish о‘qi gorizontalli turli xil shamol g‘ildiralarning konstruksiyasi 
Ikkinchi tasnif. Ushbu tasnifga shamol g‘ildirakning aylanish о‘qi vertikal bо‘lgan 
shamol dvigatellar kiradi. Konstrutiv tuzilishi bо‘yicha ular ikki guruhga bо‘linadi: 
karuselli shamol dvigatellar, ishchi bо‘lmagan kurakchalar yo parda bilan yopiladi, 
yo qirra bilan shamolga rо‘para joylashadi; 
rotorli Savonius tizimidagi shamol dvigatellar. 


72 
10.3-Rasm Aylanish о‘qi vertikal, shamol yо‘nalishiga perpendikulyar shamol 
g‘ildiraklarning sxemalari:1-Savonius rotori, 2-Dare rotori, 3-tо‘g‘ri kurakchali rotor 
10.3-b Rasm Aylanish о‘qi vertikal shamol g‘ildiraklarning konstruksiyasi 
Uchinchi tasnif. Ushbu tasnifga suv tegirmon g‘ildiraklarga о‘xshab ishlaydigan, 
barabanli shamol dvigatellar kiradi. Bunday shamol dvigatellarda aylanish о‘qi gorizontal va 
shamol yо‘nalishiga perpendikulyar bо‘ladi. 


10.4- Rasm Aylanish о‘qi gorizontal, shamol yо‘nalishiga 
perpendikulyar shamol g‘ildiraklarning sxemasi: 1-Savonius rotori; 2-barabanli 


73 
10.4-a. Rasm Baraban turidagi shamol g‘ildirakning sxemasi 
Karuselli va barabanli shamol dvigatellarning asosiy kamchiliklari shamol 
g‘ildirakning ishchi yuzalarning shamol oqimida joylashish negizidan kelib chiqadi, ya’ni: 
1. G‘ildirakning ishchi kurakchalar havo oqim yо‘nalishda kо‘chadi, shuning uchun 
shamol yuklama bir vaqtda barcha kurakchalarga emas, balki navbat bilan ta’sir etadi. 
Natijada har bir kurakchaga uzlukli yuklama ta’sir etadi, shamol energiyasidan foydalanish 
koeffitsiyenti juda ham kichik bо‘ladi va 10% dan oshmaydi (eksperimental tekshirishlar 
bilan aniqlangan). 
2. Shamol g‘ildirak yuzalarning harakati shamol yо‘nalishda bо‘lganligidan katta 
aylanishlarga erisha olmaydi, chunki kurakchalarning yuzalari shamol tezligidan tez 
harakatlana olmaydi. 
3. Foydalanilayotgan havo oqimning qismi (siypab о‘tadigan yuza) g‘ildirak о‘zining 
о‘lchamga nisbatan ancha kichik, bu esa о‘rnatilgan quvvat birligiga tо‘g‘ri keladigan 
о‘zining og‘irligini oshiradi. 
Rotorli Savonius tizimli shamol dvigatelning shamol energiyasidan foydalanish 
koeffitsiyenti 18%-ga teng. 
Yuqorida keltirilgan karuselli va barabanli shamol dvigatellarning kamchiliklar 
parrakli shamol dvigatellarda bо‘lmaydi. Ushbu tasnifdagi shamol dvigatellarning asosiy 
afzalliklar - yuqori ayrodinamik tavsiflarga ega, ularni katta quvvatli qilib tyyorlash uchun 
konstruktiv imkoniyati, quvvat birligiga nisbatan og‘irligi qichik. 
Zamonaviy shamol generatorlar 3...4 m/s-dan to 25 m/s-gacha shamol tezliklarda 
ishlaydi. 
Uchta kurakchali va aylanish о‘qi gorizontal bо‘lgan shamol generatorlar dunyoda eng 
kо‘p tarqalgan. 
Elektr energiyani ishlab chiqarish ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya 
manbadan foydalanish afzalliklarga ega bо‘lgani bilan, shamol enegetika qator muhim 
kamchiliklarga ega. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling