Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

7.4. Quyosh sovutgich qurilmalari 
 
Quyosh kollektorlar absorbsiyali sovutish siklning ishlashi uchun zarur bо‘lgan 
issiqlik energiyani ta’minlash imkoniyatiga ega. Quyosh energiya bilan havoni mu’tadillashda 
quyosh energiyasidan foydalanishdagi samarali potensialli sohasi deb hisoblanadi. 
Absorbsiyali havoni sovutish jarayonida sovutish zarur bо‘lgan havodan yoki suvdan issiqlik 
olish uchun suyuq agentini bug‘lantirishdan foydalaniladi (7.7-rasm). 
7.7-Rasm: Absorbsiyali sovutish siklning sxemasi: 
1-quyosh kollektor; 2-kondesator; 3-regenerator; 4-bug‘latgich; 5-nasos; 6-absorber; 7- 
sovutiladigan xonasi 
Absorbsiyali sovutish siklda ikkita ishchi moddalardan foydalaniladi: sovuq agent 
(suv) va absorbent (litiy bromidi LiBr), ular bir xil vazifasini bajaradi. 
Bug‘latgich 4 da sovuq agent bug‘lanadi va sovutiladigan honadan issiqlikni 
chiqaradi. Absorber 6 da sovuq agent absorbent bilan yutiladi. Sovuq agent va absorbent 
eritmasi nasos 5 bilan regenerator 3 ga uzatiladi. Quyosh kollektor 1 dan olinadigan issiqlik 
ta’siridan regeneratorda absorbentdagi sovuq agent bug‘lanadi. Boyitilgan absorbent qaytadan 
absorber 6 ga о‘tadi. Sovuq agentning bug‘lari kondensator 2 da kondensatsiyalanadi va 
suyuqlik holatda qaytadan bug‘latgich 4 ga о‘tadi. 


67 
Absorbsiyali sovutish siklning samarali ishlashi uchun muhim sharti: quyosh 
kollektordagi issiqlik tashuvchini to 65...95 
o
S gacha qizdirish zurur. Kollektordagi ishchi 
temperaurasi pasaishi bilan absorbsiyali sovutgichning samaradorligi kamayadi. Ikkinchi 
tomondan, kollektorning temperaturasi ortishi bilan uning FIK kamayadi. Bunday ishlash 
sharoitlar quyosh kollektorning yuqori tayyorlash sifatini talab etadi. Absorbsiyali sovutish 
tizimlarda quyosh kollektorlarni ishlatish uchun ular 80 
o
S ga yaqin temperaturaga 
loiyhalanadi. 
Quyosh energiyasidan havoni sovutish va mu’tadillash uchun ham sovutgich 
qurilmalardan keng foydalaniladi. Sovutish jarayonlari uchun quyosh energiyasidan 
foydalanishning asosiy afzalligi shundan iboratki, quyosh radiatsiyasi tushishining 
maksimumi "sovuq"dan iste’mol qilishning maksimal davriga mos keladi. Hozirgi vaqtda 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling