Aholi extiyojlari va turmush darajasiga ta'sir etuvchi omillar


Maishiy xizmatlarni prognozlash


Download 48.63 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi48.63 Kb.
#1515263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aholi extiyojlari va turmush darajasiga ta\'sir etuvchi omillar

3. Maishiy xizmatlarni prognozlash.
Ihlab chiqarishga bogliq bo‘lmagan eng muxim soxalardan biri axoliga maishiy xizmat ko‘rsatishdir.
Aholi xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, xizmat turlari va hajmlarining orttirish, buyurtmalarning muddatlarini qisqartirish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni ishlab chiqishda aholi talab etayotgan u yoki bu prognozlar muhim rol o‘ynaydi.
Maishiy xizmatlar uchun prognozlarni ishlab chiqish uslubiyotida aholi talabini aniqlovchi omillar doirasini aniqlash murakkab masaladir.
Тalabga ta‘sir etuvchi omillar aniq xizmat ko‘rsatish guruhlariga qarab qator sabablarga bogliq. Bu yerda, oilaning maishiy asboblar, poyabzallar va kiyim-kechaklar, shuningdek, ular tayyorlangan materiallar va boshqalar bilan ta‘minlanganligi bo‘lishi mumkin.
Maishiy xizmat ko‘rsatishni prognozlashtirishda turli usullarining qo‘llanilishi ma‘lum. Eng ko‘p tarqalganlari me‘yoriy, ekstropolyatsion, iqtisodiy matematik modellash usullaridan.
Me‘yoriy usul asosida ilmiy asoslangan me‘yorlar tizimi yotadi va u aniq bir xizmat turlariga kelajakda bo‘ladigan talabalarni aniqlashga imkon beradi.
Yanada keng tarqalgan maishiy xizmatga bo‘lgan talabni prognozlaydigan usul korrelyatsion-regression tahlil usuli bo‘lib, u o‘ta ahamiyatli qiymat omillariga ega bo‘lgan talablarni shakillantiradi.
Bir omilli modellar nisbatan sodda modellar hisoblanadi. Masalan, kimyoviy tozalash xizmatiga bo‘lgan talabning daromad turi darajasiga boglanishi:
Y=a0ka1x1
Bu yerda: u - aholi jon boshiga yillik kimyoviy tozalash hajmi; a0 a1 – tenglama parametirlari;
X1 – aholi jon boshiga yillik daromad, ming so‘mda.
Jon boshiga yillik daromdni va model parametri prognozini bilish orqali prognozlash davridagi izlanayotgan xizmat ko‘rsatish hajmini aniqlash mumkin.
Ko‘p omilli modellar yanada murakkabroqdir. Ikki omilli modelni misol keltiramiz.
Faraz qilaylik, kimyoviy tozalash xizmatiga bo‘lgan talab hajmining o‘sishini Х1 ko‘rsatkich orqali, jon boshiga kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlarining tovar ayriboshlashini (so‘mlarda) va aholining umumiy soniga nisbatan ma‘lum yoshdagi yashovchilar nisbiy vaznining (x2) o‘sish prognozini aniqlash lozim bo‘lsin.
Avvalo x1 va x2lardagi bogliqliqni aniqlash, mezonlar aosida tanlashning haqqoniyligini baholash, ko‘rib chiqilayotgan kattaliklarning o‘zaro bogliqligi darajasini aniqlagan holda prognozini olish lozim.
Chiziqli boglanishlar koeffitsiyentlari qiymatlarini e‘tiborda tutib tenglamani eng kichik kvadratlar usulida aniqlaymiz.
Natijada model quyidagi ko‘rinishga keladi.
U=6,18-0,23x1+0,64x2
So‘ngra chizikli boglanishlar va modelning adekvatligi mavjudligini ma‘lum me‘zonlar orqali aniqlaymiz. Тahlil chiziqli bo‘lmagan boglanish mavjudligini ko‘rsatadi.
Faraz qilamiz boglanish bosqichli xarakterga ega:
У еа0 х1а1х2а2
Olingan modelni yanada qulay ko‘rinishga o‘zgartirib, U=-1,045+2,073x1+2,671x2 tengligini olamiz.

Download 48.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling