Aholi geografiyasi


Download 196 Kb.
bet1/9
Sana02.04.2023
Hajmi196 Kb.
#1321188
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-amal (1)




2-amaliy mashg`ulot


AHOLI GEOGRAFIYASI




Aholi deganda, ma’lum hududda yashayotgan kishilar guruhi tushuniladi. Aholi va uning xo’jalik faoliyati hamma davrlarda geografiya fanining qiziqtirib kelgan. Geografiya fanining tuzilishida iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning qaror topishi bilan bu
masalaga qiziqish, ayniqsa, kuchaydi. Bu bejiz emas edi. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning vazifasi ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashish qonuniyatlarini o’rganishdir. Aholi esa, har qanday jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Jamiyat hayoti uchun zarur bo’lgan barcha boyliklar insonning mehnati natijasida yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mehnat qurollari, xomashyo, yoqilg’i va boshqa qo’shimcha materiallar faqat inson qo’li, odam mehnati tufayligina harakatga keltiriladi. Inson mehnati ishlab chiqarish jarayonining eng ilg’or qismidir. Shunday qilib, aholi, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning asosiy subyektidir. U barcha moddiy boyliklarni yaratuvchi asosiy kuchdir.
Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste’moli bilan birga, aholining o’zini takror barpo qilinadi, kishilarning avlodlari tarbiyalanadi va voyaga yetkaziladi. Shuning uchun ham aholini geografik jihatdan o’rganishida quyidagilarga e’tibor berish zarur:
aholi – ishlab chiqarish subyekti, barcha moddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi.
aholi - ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulotlardan ma’lum qismining iste’molchisi.
aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo’lib, o’zi ham takror barpo qilinishi zarur.
Aholiga xos bo’lgan ana shunday xususiyatlarni o’rganmay turib, har qanday iqtisodiy geografik muammoni chuqur tahlil qilish va hal qilish qiyin hisoblanadi.



    1. AHOLI KATEGORIYALARI


Aholi kategoriyalari deganda, ma’lum aholi maskanida yashovchi va shu maskan bilan bog’liq aholi guruhining umumiy xususiyatlari tushuniladi. Bunda aholi ro’yxatidan kelib chiqib, aholi kategoriyalari quyidagicha ifodalanadi:

    • doimiy aholi – ma’lum hududda aholi ro’yxatida turuvchi, uzoq muddat davomida istiqomat qilib kelayotgan aholi;

    • vaqtincha aholi – muqim yashash holatida bo’lmagan va yuridik hujjatlarda turuvchi aholi;

    • mavjud aholi – ma’lum hududda ayni paytda yashayotgan umumiy aholi soni;

      1. Download 196 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling