Aholi geografiyasi
DEMOGRAFIK KO’RSATKICHLAR
Download 196 Kb.
|
2-amal (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUG’ILISH VA UNING KOEFFITSIYENTLARI
DEMOGRAFIK KO’RSATKICHLARAholi tabiiy harakatining qayd etilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishga asoslanadi. Aholining tabiiy harakati, uning takror barpo bo'lishi bevosita (tug'ilish, o'lim) va bilvosita (nikoh, ajralish) ta’sir etuvchi demografik jarayonlarni o'z ichiga oladi. Tabiiy harakat haqidagi axborot asosida mamlakat aholisining soni, tabiiy harakatining nisbiy ko'rsatkichlari hisoblanib, ular asosida aholi soni va tarkibining istiqboldagi prognozi amalga oshiriladi. Demografik jarayonlaming muntazam statistik qayd etilishi aksariyat Yevropa mamlakatlarida XVIII asr oxirlarida tashkil etilgan. Rossiyada 1702-yili Pyotr I farmoniga ko'ra, Moskva shahrida pravoslav aholisida o'lganlarga janoza o'qilishi majburiy o'tkazilgan, 1722-yildan esa cho'qintirish, janoza o'qish va nikohlash marosimlarini qayd etish kitoblari amal qila boshlagan. 1913-yildan shaharlarda o'lim sabablarini shifokorlar tomonidan majburiy qayd etish joriy qilinib, uning asosida o'lim sababi haqidagi qayd etish kitoblariga ma’lumotlar yozilgan. 1917-yili dekabrda “Fuqarolik nikohi, farzandlar, fuqarolik holatlarini qayd etish kitoblarini yuritish to'g'risida Dekret” qabul qilingan. Unga ko'ra, barcha joylarda tug'ilgan, o'lgan, nikohlanganlarni qayd etuvchi bo'linmalar tashkil etilgan. 1940-yillar boshida tabiiy harakatni qayd etish ishlari butun mamlakat hududiga tarqalib, 1948-yildan boshlab qaydlarning to'liqligi muntazam tekshirila boshlangan. Demografik jarayonlami qayd etish, birinchi navbatda, ma’lum hodisaning huquqiy oqibatlari bilan bog'liq. Shu bois, u mamlakatning barcha aholisi uchun majburiy hisoblanadi. TUG’ILISH VA UNING KOEFFITSIYENTLARITug’ilish - ma’lum avlodlarni tashkil etuvchi aholi guruhidagi bola ko’rish jarayonidir. Tug’ilish - biologik jarayon. Lekin u ijtimoiy - iqtisodiy muhit ta’sirida o’zgarib boradi. Jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy tarkibidagi o’zgarishlar tug’ilish darajasini belgilaydi. Tug’ilishning biologik asosi – insonning pushtliligi, nasl qoldirish, avlod qoldirish qobiliyatidir. Erkak bilan ayol, ya’ni nikoh juftlarining farzand ko’rishga bo’lgan biologik qobilyati – pushtlilik deb ataladi va bu tushuncha demografiyada ko’proq ayollarga nisbatan qo’llanilib, har bir ayolning farzand ko’rish davridagi (o’rtacha 15 - 49 yosh) jami homiladorligi bilan belgilanadi. Pushtlilik erkak va ayolning biologik xususiyatlariga, salomatligiga bog’liqdir. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, sog’lom ayollar farzand ko’rish davrida eng ko’pi 35 tagacha homilador (egizaklar ham bitta homiladorlik sifatida) bo’lishi mumkin ekan. Lekin har bir ayol o’rtacha 10 – 12 ta tirik farzand ko’rish, 10 – 15 marta homilador bo’lishi (o’lik tug’ilishi, bola tashlash holatlari bilan birga) mumkin. Tug’ilish - tirik tug’ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bo’lib, u insonlarning reproduktiv mayl, ya’ni farzand ko’rishga bo’lgan munosabati bilan bog’liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiy - iqtisodiy muhit bilan bog’liq holda o’zgarib turadi. Natijada, inson o’z pushtliligidan, ya’ni bola ko’rishga bo’lgan biologik imkoniyatidan to’la foydalanmaydi. O’zining bolani tarbiyalab voyaga yetkazish uchun zarur bo’lgan barcha ijtimoiy - iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, farzand ko’rishga harakat qiladi, ya’ni farzandlar tug’ilishini cheklaydi, nazorat qiladi. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling