Aholi geografiyasi
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar
Download 196 Kb.
|
2-amal (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtincha aholi sonini hisoblash
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:№ 12. Avstraliyaning Yangi Janubiy Uells (New South Wales) shtati aholisi 2018-yil bo’yicha, 8 023 740 kishini tashkil etgan. Shtatda yil davomida 12 805 kishi tug’ilgan, vafot etganlar soni esa 10 456 kishiga teng. Mazkur hududdan 8 950 kishi ko’chib ketgan hamda 21 650 kishi ko’chib kelgan bo’lsa, Yangi Janubiy Uells shtatining aholisi 2019-yil boshida qanchaga teng bo’ladi? № 13. Xitoy aholisining soni 2011-yil 1-yanvarda 1 348 174 478 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy tug’ilganlar soni 18 175 329 kishini, vafot etganlar soni esa 9 908 712 kishini tashkil etdi. Migrant ishchilarning umumiy soni 252 780 000 kishi bo’lib, o’z provinsiyasiga nisbatan emigrant ishchilar 158 630 000 kishi, boshqa provinsiyalarga nisbatan immigrant ishchilar 94 150 000 kishiga teng bo’lgan. Mamlakatdan 3 750 800 kishi ko’chib ketgan hamda 5 642 420 kishi ko’chib kelgan. Berilgan ma’lumotlardan foydalanib, 2012-yil 1-yanvarda Xitoy doimiy aholisi qanchani tashkil etishini hisoblang. № 14. Koreya Respublikasining aholisi 2017-yil 1-yanvar bo’yicha, 50 982 212 kishini tashkil etdi. Yil davomida Koreya Respublikasida 489 192 kishi tug’ildi, o’lim ko’rsatkichi esa 491 260 kishiga yetdi. Agar mamlakat doimiy aholisining soni 2018-yil 1-yanvarda 51 164 435 kishiga yetgan bo’lsa, migratsiya hisobiga ko’payishni toping. Vaqtincha aholi sonini hisoblashVaqticha aholi - ma’lum hududda ma’lum muddatda yashab, so’ng yana emigrantga aylanuvchi aholi hisoblanadi va quyidagicha ifodalanadi; TS = MS - PS Bu yerda, TS = vaqtincha aholi soni; MS = mavjud aholi soni; PS = doimiy aholi soni. № 15. 2018-yil 1-yanvarda Koreya Respublikasidagi mavjud aholi soni 51 175 400 kishini, doimiy aholi soni esa 51 164 435 kishini tashkil qilgan bo’lsa, mamlakatdagi vaqtincha aholi sonini aniqlang. Yechish. Bunda berilgan ma’lumotlardan foydalanib, vaqtincha aholini hisoblash formulasidan amalda qo’llaniladi: mavjud aholi soni (MS) – 51 175 400 kishi; doimiy aholi soni (PS) – 51 164 435 kishi. TS = MS - PS = 52 175 400 – 51 164 435 = 10 965 kishi Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling